Bahorim o'rnini qopladi hazon,
Menman o'sha yolg'onchi sevgisi arzon,
Hayot haqiqatin angladim shu on,
Garovga boy berdim qadrsiz baxtim,
Quvonchim qaytarmas tillodan taxtim. "U bir sodda..."
U bir sodda, u bir ma'suma,
Qalbi aslo bilmas yolg'onni,
U hali yosh kichikdur juda,
Yaxshi deydi har bir insonni.
U samimiy, u bir beg'ubor,
Hayrat ila boqar dunyoga,
U bir g'uncha, u misli bahor,
U rost bo'ldi yolg'on dunyoga
U bir go'zal, u bir chiroyli,
Dunyodagi u mitti malak,
U boshqacha go'yo sehrli,
Qo'llar uni zamin-u falak.
"Yurak"
Armonlar shahriga aylandi yurak,
Chin baxtga yetolmay qiynaldi yurak,
Do'stlaringiz bilan baham: |