Toparmikan bir kun halovat,
Javobsizdir dilda so'roqlar,
Yorim nahot qildi xiyonat.
Endi ayting kimga ishonay,
Bu dunyoda bormi haqiqat,
Yurak yutib kimga suyanay,
Yorim nahot qildi xiyonat.
Nahot uning sevgisi arzon,
Nega buncha aldandim oson,
Aytgan har bir so'zlari yolg'on,
Yorim bugun qildi xiyonat.
O'zgadadir fikri-hayoli,
Bo'lgandimku unga vafoli,
Oydek go'zal balki jamoli,
Yorim nechun qildi xiyonat.
Endi bo'lar masofa yiroq,
Dilni endi qiynaydi firoq,
Qaytmayman men ishoning biroq,
Yorim nechun qildi xiyonat.
Chalkashdiku endi yo'llarim,
Hech mazmunsiz o'tar yillarim,
Do'stlaringiz bilan baham: |