Hali yaraladi bizga qo'shiqlar.
"Tabrik"
(Dadajon tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin.Baxtimizga doim sog' bo'ling. Yuz bilan yuzlashib yurish nasib etsin)
Tug'ilgan kuningiz bilan dadajon,
Yonimizda turing bo'lib sog'-omon,
Dilda tilaklarim bisyordur sizga,
Uzoq umr ko'ring kiringda yuzga.
Ishingizga rivoj bersin Allohim,
Har neki balodan sizsiz panohim,
Yuzingizni yorug' qilar qizingiz,
Aslo ikki qilmay aytgan so'zingiz.
Oila ustuni barakasi siz,
Yonimizda bo'ling shod yuramiz biz,
Eng baxtli oila bo'lib dunyoda,
O'rnak bo'lamiz biz kuy-u navoda.
Qizlaringiz ortidan eshitib rahmat,
Eng baxtli dada bo'lasiz albat,
Yaqin-u yiroq tanishlar oldida,
Do'stlaringiz bilan baham: |