Ajrata olmayman kunduzim-tunim,
Tor bo'lib qoladi men uchun ochun.
Zulmat hammayoqda otmaydi tonglar,
Esmaydi hattoki mayin bir shamol,
Sayrashni unutib qo'yadi qushlar,
Bir joyga yig'olmam tarqoqdir hayol.
Iforin qizg'onar xushbo'y atirgul,
Oxirin topolmam yurgan yo'limni,
Bo'shliqqa aylanar yuragim butkul,
Eng yaqin do'stim ham tutmas qo'limni.
Yopilar men uchun barcha eshiklar,
Hatto yaqinlarim bo'lar begona,
Yangramas bir navo, kuy-u qo'shiqlar,
Bir kunda bo'larman men bir devona.
Sizsiz o'tsa agar mening bir kunim,
Bu men uchun bo'lar eng katta jazo,
Bu kun bo'lar mening eng yomon tushim,
Shu tushni ko'rmay deb uxlamam aslo.
Do'stlaringiz bilan baham: |