"Ketmayman deb..."
Ketmayman deb so'z bering menga,
Chidolmam gar qiynasa firoq,
Ketmang endi mendan olisga,
Bo'lmasin hech masofa yiroq.
Ketmayman deb so'z bering menga,
Siz hamisha bo'ling yonimda,
Men aylanay siz suygan gulga,
Baxt yashasin har bir onimda.
Ketmayman deb so'z bering menga,
Bermang menga ortiqcha azob,
Sizning quvonch joylansin dilga,
Boshimizda porlasin oftob.
Ketmayman deb so'z bering menga,
Oila-ku har nedan ustun,
Bir umr suyanib yashay sizga,
Hech so'nmasin sevgidan uchqun.
Ketmayman deb so'z bering menga,
Dunyoda yo'q bizdek oshiqlar,
Sadoqat bor yurakda axdga,
Do'stlaringiz bilan baham: |