Neftgaz geologiyasi va geokimyosi



Download 1,27 Mb.
bet8/34
Sana04.04.2023
Hajmi1,27 Mb.
#924774
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
31 bet yangi

I-Davr. Nefg va gaz sanoati paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab, birinchi jahon urushigacha bulgan davr (1864-1913-yillar). Bu davrda sanoat xam, unga xizmat qiladigai fanlar xam deyarli rivojlanmagan holatda edi. Konlarni izlash va qidirish, ularni aniqlash va o‘rganish, hamda ishga tushirish ishlari ham hech qanday ilmiy asoslarga tayanma gan holda olib borilgan edi. Aksariyat, xollarda konlar tasodifan topilar, quduqlar maʼlum chuqurlikkacha qazilib neft olinar, ko‘pincha qatlam to‘da ochilmas, ishlatish usullari ham takomillashmagan edi. Konlardan olinadigai neft miqdori, ularning ishlatish muddati uyum zaxiralarga bogʻliqligi aniqlana boshlandi. Masalan, 1888 Yili geolog A.M. Konshin neft zahiralarini hajmiy usulda hisoblashni taklif qildi va hududidagi konlarning zaxiralarini birinchi marotaba Kubanda aniqladi. 1905 yilda I.N.Strijov Grozniy rayondagi konlarning zahiralarini xisoblash bilan shugʻullandi. 1910-1912-yillarda esa geolog olim I.M.Gubkin Moykop viloyati konlari xususidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Oʻshanda I.M.Gubkin birinchilardan bo‘lib, “yengsimon” uyumlarnish hosil bo‘lish jarayonini tushuntirib berdi. U neftgaz geologiyasi faniga katta hissa qushgan mashhur olim hisoblanadi.
1898-1909-yillar orasida va undan keyin Farg‘ona vodiysidagi Sho‘rsuv va Chimyon maydonlarida neftgaz konlarining mavjudligi aniqlandi. Kon hududlari ko‘plab ishbilarmonlarga sotildi. Dastlab konlar hududidan neft favvoralari olinadi, lekin ulardagi favvoralarning barqarorligi uzoqqa bormaydi. Sotib olingan joylarning ko‘p qismi qazilganda ulardan hech narsa chiqmaydi. Ammo bu xolat respublikamiz xududida neft sanoati paydo boʻlishining boshlanishi edi. Keyinchalik Farg‘ona vodiysidan ko‘plab neft va gaz konlari topiladi va ishga tushirildi.
11-Davr. I913-1950-yillar. Bu davr mobaynida malumki butun dunyoda 2 ta jahon urushlari insoniyat tarixida chuqur iz qoldirganligi, neft va gaz sanoati. unish tarmoqlari, shuningdek soha fanlariga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatmay iloji yoʻq edi. Maʼlumki har bir bunday hodisalar insoniyat tasarrufidan texnika, texnologiya, fan va ilm taraqqiyotiga uz taʼsirini ko‘rsatadi.
Ushbu davrda neft va gaz chiqarish katta odimlar bilan rivojlandi, unga taluqli nazariy va amaliy fanlar, jumladan neftgaz geologiyasi va geokimyosi fani ham dunyoga keldi, shakllandi va rivojlandi. Nef va gazdan halq xo‘jaligida foydalanish, uning yer bag‘rida mavjudligini va uni qayerlardan izlash lozimligini yer bag‘rida qanday shroitlarda hosil boʻlganligini bilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Neft va gaz to‘plamlari yer kurrasi qatlamlari orasida qanday joylashadi, ular qanday sharoitlarda va qanday qilib paydo bo‘ladi, ularning joylashish qonuniyatlari qanday? Bular neft va gaz geologiyasi fani oldidagi muhim muammolardan biridir. Demak, neft, gaz va gazkondensat konlarini izlash va qidirishda quyidagi asosiy nazariy masalalarii hal qilish lozim: 1) neft va gazning hosil boʻlishi; 2) ularning hosil boʻlish sharoitlari; 3) neft va gaz to‘plamlarining qatlamlarda joylashish, saqlanish va buzilish qonuniyatlari o‘rganish.
1930-50 yillarda Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Uzbekistan, Ukraina va boshqa davlatlar hududlarida neft va gaz bilan shugʻullanuvchi ilmiy dargoxlar tuzilib, ular neftgaz geologiyasi faniga katta hissa qoʻshdilar. Bu davrda neft va gaz zahiralarini hisoblash ishiga kirishildi. Neft va gaz qidirish ishlari ilmiy asoslarda olib borila boshlandi. Bu davrda akademik I. M. Gubkinning ilmiy ishlari va tashkilotchilik qobiliyatlari yaqqol namoyon boʻldi. U rahbarligida neft va gaz sohasi olimlarining anjumanlari tashkil qilindi, butun jahon neftchilari kongressida Uzbekistan Respublikasi olimlari ham qatnashdilar.
A. A. Bakirov, I. A. Yeremenko va yana ko‘plab olimlar neft va gazning asosan organik moddalardan hosil bulish konsepsiyasini ishlab chiqdilar va uni asoslab berdilar. Shu bilan birga neft va gazning noorganik yoʻl bilan hosil boʻlishi toʻgʻrisida ham gʻoyalar paydo boʻldi.
III Davr. 1950-yildan hozirgacha bo‘lgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu vaqtda neft ishlab chiqarish dunyo miqyosida 520 milliondan 3559,8 million tonnaga (1996-yil) ortdi. Dunyo miqyosida neft chiqaruvchi mamlakatlar soni ham 80 dan oshdi. Neft va gaz dunyo yoqilgʻi energetikasi balansining 61% ni tashkil qildi.
Neft-gaz geologiyasi fani va bu sohalarga taluqli fanlar ham jadal surʼatda rivojlandi. Chukur (3000-5000 m)va o‘ta chuqur (>5000 m) quduqlarni qaziydigan burg‘ilash qurilmalarini ishlab chiqarilishi, quduqlardan olingan geologik maʼlumotlarni kompyuterda hisoblanishi va taxlil qilinishi, dengiz suvlari ostidagi konlarni qidiruv ishlarini olib borish neft va mahsulotlari salmogʻi yanada oshirdi.
Bu davrda neftgaz geologiyasi va geokimyosi faniga xissa qo‘shgan olimlar qatori ham kengaya boshladi. Yuqorida zikr etilgan olimlardan tashqari yana E. A. Bakirov, N. B. Vassoyevich, A. A. Karsev, V. S. Melik-Pashayev, M. A. Jdanov, M. M. Ivanova, V. A. Sokolov, I. Obrod, I. G. Permyakov, A. A. Tromichuk, A. Tabasaranskiy, G. T. Yudin va boshqa koʻplab olimlarning qo‘shgan hissalarini alohida qayd qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Chet el olimlaridan A. I. Levorsennin! xizmatlarining alohida taʼkidlab o‘tish joizdir. Bu sohaning rivojlanishiga Uzbekistan xududida ishlagan va ijod qilgan olimlar va sanoat hodimlari A. M. Gabrilyan, L. Jukovskiy, A. M. Xutorov, L. Shteynberg, K. Sotiaridi va boshqalarning xizmatlarini benihoyat kattadir. Ulardan tashqari shu soxa rivojiga respublikamiz olimlarining xam salmogʻli hissalari bor. Biz quyida ulardan baʼzilarini takidlab oʻtamiz: A.A.Abidov, F.C. Abdullayev, A.X.Agzamov, O.M.Akramxoʻjayev, B.Sh.Akramov, P.K.Azimov, A.G.Boboyev, T.L.Bobojonov, Sh.N.Doʻstmuxammedov, Z.S.Ibroximov, A.Gʻ.Ibragimov, E.K.Irmatov, A.N.Kudryakov, E. Mamadjanov, A.V.Mavlonov, A.Rashidov, O.A.Rijkov, Sh.Gʻ.Saidxujayev, M.Saydaliyev, S.T.Tolipov,
I.X.Xolismatov, A. R. Xujayev va boshqalardir.
Hozirgi kunda Uzbekistan Respublikasi neft va gaz mustaqilligiga erishgan holda shu sanoatning rivojiga katta hissa qushib, respublikamizning bu sohadagi nufuzini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmokdalar.

  1. Oʻzbekistonda neft sanoatini rivojlanishining qisqacha tarixi.

qadimgi grek faylasufi va tarixchisi Plutarx Aleksandr Makedonskiyning Oʻrta Osiyo orqali Xindistonga xarbiy yurishida eramizdan avvalgi (329-327 yil, «Oq suv» (Amudaryo) daryosining oqimi bo‘ylab koʻpgina joylarida hamda Moylisoyda (Fargʻona vodiysi) moysimon suyuqlik yer yuzasiga sizib chiqib yotibdi deb yozgan.
1870-1872-yillarda faqat Fargʻona vodiysida 200 ga yaqini neft manbalari aniqlangan. 1883-1884-yillarda Qamishboshida (Fargʻona vohasi) qo‘l bilan 19-36 metrgacha 4 quduq qazilgan va ulardan sutkasiga 10 tonnadan neft olishgan. 1904-yilda Chimyonda 278 metrlik qidirish qudugʻi qazildi va birinchi marta sanoat miqyosida neft olindi. O‘sha Yili Turkistonda birinchi marta neft koni sanoati tashkil etildi. 1904-yil neft Uzbskistonda neft sanoati tashkil bo‘lgan sana hisoblanadi. Oʻsha davrda chet el kapi­tali Fargʻona vodiysiga kirib kelgan edi. «Tovarishsetvo bratkev Nobel» neft kompaniyasi Fargʻona vodiysidagi neft konlarini nazorat qilardi.
1906 Yili “Turkestanskoye selskoye xozyaystvo” jurnali Fargʻona vohasidagi quyidagi neft qazib oluvchi korxonalarni: Aksionernoye obshestvo “Chimion”, neft i zavo­dskoye promishlennoye tovarishetvo “Rishton”, Turkistan- skoye neftepromishlennoye tovarishetvo “Kamishbashi”, neftepromishlennoye tovarshestvo “Bitum”, Moskovskaya firma “Vladimir Alekssev”larni qayd etgan.
1908-yildan Melnikovada (Konibodom shahridan 18 km) tovarishetvo "CANTO" (Sredneazatadskoe nefte­promishlennoye tovariestvo) faoliyat kursata boshladi.
1920 yilda V. I. Lenin Turkiston frontidagi Frutsga «neftni ahvoli qanday, zahirasi qancha, ishlab chiqarish ko‘lami va uni qanday qilib ko‘paytirish mumkin» deb so‘ragan edi. (TAT. 5 -tom, 201-bet) Frunze Moskvaga yuborgan javobida «Hamma neft konlari butun, ozgina bu­zilgan Bazi texnik uskunalar sotishmaydi va shu sababli SANTO Farg‘ona va Chimyon konlari ishlatmayapti».
1921-yil Chimyon konidan 2528 tonna, 1922 Yili 3312 tonna neft olingan.
1923 Yil 1-oktyabrda “Turkiston trest” tashkiloti tuzilgan
Surxondaryo vohasida 1933-yilda N.P.Tuayev taklifiga binoan, izlash qudugʻi Xaudag maydoniga quyiladi va 6-fevral 1934 yilda 168m chuqurlikdagi gipsli ohaktosh qatlamidan sutkasiga 100 tonna favvora neft olinadi. Oʻsha yili yana toʻrt quduq qazilgan edi, ammo quduqlar neft-suv chiqarishidan tashqariga tushgani uchun suv beradi. Keyingi tashlgan toʻrtta quduqlardan sutkasiga 75-100 tonna, dekabr oyida qazilgan olti quduqdan 650 tonna neft olindi.
1935-yili Uchqizil maydonida qazilgan (№ 1) qudukdan sutkasiga 10000 m3 suv aralash neft olindi. Neft suyuqlikni 10% tashkil etgan. N.P.Tuayev 1937-yilda boshlab Kokayti maydonida tadqiqot ishlarini olib bordi va 1939-yili Buxoro yarusidan birinchi marta neft olindi. 1940-yilda Kokayti kon (sanoati) tashkil etildi. 1942-yili Polvontosh va Lalmikor, 1944-yili Janubiy Olamushuq konlari ochildi va qisqa muddatda ishga tushirildi. Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi kengaytirildi.
. 1941-yili Oʻzbekistonda 196 ming tonna neft qazib
olingan boʻlsa, 1945-yilga kelib 478 ming tonnaga yetdi. Bundan keyingi rivojlanishi Buxoro-Xiva neftgazli viloyatiga koʻchdi
Oʻzbekistonda 1990-yili 2 mln. tonnaga yaqin neft va kondensat olingan bulsa, mustaqillik sharofati bilan hozirgi kunda 7 mln tonnadan koʻproq olinmokda. Oʻzbekiston toʻliq neft mustaqilligiga erishdi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda uchta neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda.

  1. Respublikamizdagi neft va gaz sohasi rivojlanishiga hissa qo‘shgan mutaxassis va olimlar.

Oʻzbekiston fani taraqqiyoti toʻgʻrisida gap ketar ekan uning jonkuyar fidoiysi mashhur olim va jamoa arbobi dunyo miqyosida tanilgan yirik mutaxassis Habib Muhammedovich Abdullayevni eslab oʻtmay boʻlmaydi. Respublikamiz neft va gaz sohasiga ham ushbu olimni qoʻshgan hissasi tengsiz, u hozirgi geologiya va geofizika ilmiy tekshirish instituti, neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ilmiy tekshirish institutlarining tashkilotchilaridan biri hisoblanar edi. Respublikamizdagi mashhur neftchi olimlar Akromxoʻjayev Obid Murodovich, Boboyev Arshavir Grigoryevich, Davlatov Sharif Davlatovich, oladigan olim sifatida respublikamizning neft va gazga boy o‘lka ekanligini bilgan, shu sababli ko‘plab mutaxassislarini shu sohaga yo‘naltirgan fanimiz fidoyilardan biri edi. Neft va gaz sohasining hozirgi kuni ravnaqi shubhasiz akedemik Habib Abdullayevning nomi bilan bogʻliq.
Respublikamiz geologiya, gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi fanlari ravnaqiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri shubhasiz Gʻani Orifxonovich Mavlonovdir. Geologiya fani dargʻalaridan biri, kup yillar geologiya va seysmologiya institutlarining boshqargan tashkilotchi va jonkuyar olim Gʻani Mavlonov respublikani mugaxassislar bilan taʼmirlashda katta ishlar qilgan va kupgina neft va gaz sohasi aspirantlari o‘sha kishi rahnamoligida voyaga yetgan edi. Bevosita neft va gaz geologiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim akad. Akromxujayev Obid Murodovich, hozirgi IGIRNSHM institutining tashkilotchisi xamda uni ko‘p yillar mobaynida boshqargap va rivojlantirgan yirik mutaxasisdir. Neft va gaznipg hosil bo‘lishi nazariyasiga ulkan ijodiy hissa qoʻshgan hamda o‘lkamizdagi ko‘plab konlarning ochilishiga bevosita va bilvosita rahbarlik qilgan olim sifatida Obid Murodovichning hissalari kattadir. U kishi Fanlar Akademiyasida yer ilmi boʻlimi boshligi sifatida neft va gaz geologiyasi fani rivojiga katta hissa qoʻshgan mutaxasis. Toshkent politexnika instituti (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) dagi neft va gaz geologiyasi kafedrasini boshqargan mutaxasis sifatida ham yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qoʻshgan murabbiydir. Oʻzlari bevosita rahbarlik qilgap IGIRNIGM ilmiy tekshirish institutida Z.S.Ibrohimov, O.J.Mamajonov, A.K.Karimov, A.N.Kudryakov, I.Gabrilyap, M.S.Saydaliyeva va koʻplab mutaxassislarning yirik neftchi olimlar boʻlib, yetishib chiqishlariga rahnamolik qilgap olimlardan edilar.
Arshavir Grigoryevich Boboyev - yirik neftchi olim, mohir pedogog va koʻplab shogirdlar yetishtirib chiqargan
neftchi geolog murabbiy. IGIRNIGM da boʻlib boshqargan, politexnika ipstitutida talabalarga maʼruzalar oʻqigan, ishlab chiqarishdagi mutaxassislarga maslahatchi bulgan yirik geolog olim respublikamiz neft va gaz geologiyasi faniga katta hissa qushgan insonlardan biridir.
Akrom Rustamovich Xoʻjayevning Uzbekistan neft va gaz soxasining rivojida alohida oʻrni bor. Akrom Rusta­movich kun yillar davomida Respublika rahbariyatida yuqori lavozimda ishlagan chog‘ida u neftchi va gazchilarga xaqiqiy otalik qildi. Oʻzi esa bir texnik geolog daraja- sida fan doktori-professor darajasiga erishib, ko‘plab kitoblar nashr qildirdi. Oʻzining mehnatsevarligi, izlanishi hamda yuksak g‘oyalari bilan Akrom Rustamovich barchaga ayniqsa yoshlarga ibrat boʻladigan hayot yo‘lini bosib o‘tdi. Akrom Rustamovich sanoat va ishlab chiqarish bilan qanchalik band bo‘lmasin oʻzining ijodiy kamoli ustida tinmay ijod qildi, doimiy izlanishda bo‘ldi va natijada ilmning oliy choʻqqilarigacha erishdi. Uning Respublika geologiya sohasiga ayniqsa neft va gaz geologiyasiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.
Uning rahnamoligi va ishtirokida 1973 yilda chop etilgan 2 tomlik, «Uzbekistan neft va gaz konlari» monografiyasi alohida qayd qilmoq darkor. Mutaxasislar tayorlash uchog‘i bo‘lgan neft va gaz fakultetining xam tashkilotchisi Akrom Rustamovich Xoʻjayevdir.
O.A.Rijkov, Z.S.Ibrohimov, P.K Azimov, M.S.Sayaliyeva, Sh.D.Davlatov, A.Gʻ.Ibrohimov, Z.Mashrabov, K Ergashev, A.Rashidov, A.A.Obidov - mana bu eng to‘liq bo‘lmagan neft va gaz geologiyasi fani uchun fidokor bo‘lgan va uning rivojiga ulkan hissalar qoʻshgan va qo‘shayotgan tizimlar haqida qisqacha maʼlumotdir.
Respublikamiz neft va gaz geologiyasi sohasi mutaxasislari hozirgi kunda eng ilgʻor fan va texnika yutuqlari asosida kelajak avlodga taʼlim bermoqdalar.
Ular orasida ko‘p yillik mohir murabbiy va mutaxasislar qatorida Z.S.Ibragimov, P.KAzimov, A.V.Man­atov, B.Sh.Akramov, I.X.Xolismatov, T.S.Raubxodjayeva,
Sh.I.Yuldashev, A.S.Sodiqov Va boshqalarning xizmatlarini sharaflash joizdir.

    1. Neft, gaz, kondensatlar va ularning xossalari

Neft va gaz geologiyasi fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri uyumning ichki tuzilishini, shuniigdek qatlamning neft, gaz, kondensat va suvga to‘yinganligini; o‘rganishdir.
Neft, gaz va kondensatlar uglevodorod aralashmalaridan iborat boʻlib, tarkibi asosan uglerod va vodorod birikmalaridan tarkib toptan.
Tabiiy sharoyitda uglevodorodlar o‘zining fizik holati bo‘yicha SN4 dan S4N10 gacha gazlar, S5N12 dan CH gacha suyuqliklar, S|7NZ dan S56N174 gacha qattiq jinslardan iboratdir. Qattiq holatdagi uglevodorod jinslarining parafin, serezin kabi moddalar tashkil qiladi.

      1. Neftning tarkibi va xossalari

Neft kimyoviy va izoton tarkibini oʻrganish yer karida uning kimyoviy jarayonlar tasirida oʻzgarishini tushunish uchun ahamiyatlidir.
Neftni tekshirish davomida quyidagilar aniqlanadi:

  • neftlarning kimyoviy element tarkibi;

  • guruxni tarkibi yaʼni neftlarning turli sinflar yoki gurux, birikmalari; individual alohida birikmalarning kimyoviy tarkibi va neftlarning izoton tarkibini majmuasidan iboratdir.

Uglevodorodlarning qaysi qatordan ko‘p yoki ozligiga qarab ularni tasnifi tuzilgan. Quyida neftning uglevodorod tarkibiga qarab guruxlar tasnifi berilgan. Bu tasnifga asosan, neftlar oltita sinfga ajratiladi:
I) metanli(Me); 2) naftenli- metanli; 3) naftenli (Na); 4) metanli- naftenli-aromatik; 5) aromatik- naftenli; 6) aromatik (Ag).
Oltinchi sinfdagi neftlar tabiatda deyarli uchramaydi.
Neft shamol taʼsirida sekin-asta tarkibidagi yengil bug‘lanadigan uglevodorod birikmalarini yoʻqotadi. Natijada ularning oʻrnini smola va asfalten moddalari egallaydi va ularning mikdori ortadi. Burgʻilash jarayonida Smola moddalarining zichlashishi, oksidlanishi va qattiq massaga aylanishi mumkin. Bunda oʻzgarishlar natijasida maltalar hosil boʻladi.
Malta - quyuq yopishqoq, kislorod va oltingugurtga boy modda, qora neftga o‘xshaydi, zichligi birga yaqin baʼzida undan ham ortiq. Keyinchalik o‘zgarishi natijasida u asfaltga aylanadi.
Parafinli neftlardan ozokerit minerali hosil bo‘ladi. U tashqi koʻrinishidan asal arini mumiga o ‘xshaydi, shuning uchuy ko‘pincha tog‘ mumi yoki mineral mumi deyiladi.
Ozokerit - asosan qaztiq, qisman suyuq va gaz xolatidagi parafin qatoridagi (SiN211+2) uglevodorodlar aralashmasidan iborat.
Uni quruq haydash natijasida quyidagi mikdorda ( % ) mahsulot olish mumkin:
benzin -3,67 - 4,32;
kerosin -5,67 - 23,63;
parafin -56,84 - 82,33;
smola - 2;
gaz va koks - 6.
Ozokerit kimyoviy tarkibi jixatidan parafinli neft tarkibiga yaqin: uglerod 84,0-86,0%, vodorod 13,7 - 15,3% tashkil kiladi.
Agarda ozokeritni tarkibida asfalten moddalari bo‘lsa, unda kislorodni miqdori 4-5%ga yetadi. Ozokerit tarkibidagi suyuqdik va gazlar mikdoriga qarab qattiq moʻrtdan to moysimongacha boʻlishi mumkin. Uni zichligi 0,90-0,94g/sm3 gacha o‘zgaradi. Ozokerit suvda erimaydi, ammo xar xil smola, benzin, neft, xloroformda yaxshi eriydi. Eritmasi yashil rangli (flurotsensiya nurlantirilganda yaltirab koʻrinadi) beradi. Ozokerit yaxshi dioelektrik xusuyeiyatiga ega, tez yonadi va yorqin tutunli alanga beradi.
Ozokeritdan ishlab chiqarishda qimmatbaho serezin mahsulot olinadi. Serezin ozokerit yoki neftdan olingan qattiq, uglevodoroddir. Uni formulasi S37N7. U yomon kristallanadi, odatda amorf yoki mayda kristall holida boʻladi. Oʻzbekistonda ozokerit koni Farg‘ona vodiysida Sho‘rsu maydonida eosen qatlamlarida ochilgan. Dunyoda eng kattasi Borislav konidir. Bundan tashqari Fargʻona vodiysida Mo‘ylisoyda, Baykal ko‘li atrofida, Shimoliy Kavkazda (Maykon rayonida), Gruziyada Lexidarida, AQSHning Yuta va Texas shtatlarida, Meksikada Chixuaxuada, Vengriyada Penora maydonida, Ruminiyaning Stavniki va Sitrizipi konlari atrofida ochilgan.
Kimyoviy tarkibi jixatdan ozokeritga yaqin va unga o‘xshash minerallar toshkoʻmir konlarida uchraydi. Bularga moysimon, yarim suyuqlik holatidagi xrizmatit minerali misol boʻla oladi. U Saksoniya ko‘mir konlarida topilgan. Angliya va Vengriyadagi ko‘mir konlarida Uriyetit minerali topilgan. Tabiatda aniq kristal tuzilishga ega boʻlgan mineralogik birikma ko‘rinishida parafin uchraydi, uni gatchetitlar deyiladi. Gatchetitlar Polsha, Vengriya, Angliya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda uchraydi.
Neft va yopishqok, bitumlar gguruxiga naftoidlar xam kiradi.
Naftoidlar deb otqindi (mamatik) tog‘ jinslarida uchraydigan neftsimon tomchi suyuqliklarga aytiladi. Genetik jixatdan organik moddali Lokal termik jarayonda qayta xaydalganda hosil boʻladi. Naftoidlar keng tarqagan boʻlishiga qaramay amaliy ahamiyatga ega boʻlmagan kam miqdorda uchraydi. Ular Gruziyada, Bonariyada, Skandinaviya yarim orollarida, Janubiy va Shimoliy Amerikada va boshqa joylarda mavjud.
Parafinli uglevodorodlar yoki alkanlarining
umumiy ifodasi 2n+2. Bular to‘yingan uglevodorodlar xam deyiladi. Alkanlar normal tuzilishga (misol uchun SN3 - SN2 -SN2 - SN3) va izo tuzilishga (masalan: SN3-SN-SN3)

ega buladilar.
Oddiy aʼzolari o‘z molekulasida birdan - beshgacha uglerod atomidan tashkil topgan uglevodorodlar normal haroratda gaz hisoblanadi. Uglevodorodlarning beshdan - oʻn beshgacha atomdan tashkil topganlari suyuq va undan yuqorilari qattik holatda bo‘ladilar.
Parafin - metan - alkan - toʻyingan uglevodorodlar vakili.
Parafinli uglevodorodlar reaksiyaga juda kam kirishishi bilan ajralib turadi, kimyoviy jihatdan turgʻin.
Naftenli (polimetillen) uglevodorodlar yoki piklanlar.
Umumiy ifodasi HnN2n uglerod atomi o‘z sikliga uchta yoki koʻproq metal guruxdarini biriktirib olishi mumkin. Neftlarda uglevodorodlarning (1a), (1b) tuzilmalari keng tarqalgan. Bulardan metanli tuzilgan zanjirlar va alkanli zanjirlarni biriktirishi mumkin.
CH2
H2C C2H
H2C C2H
Uglevodorodlar oʻzlarining kimyoviy hususiyatlari buyicha naftenli uglevodorod alkanlarga yaqin. Naftenli uglevodorodlarning muhim hususiyatlaridan biri ularning xossalarini izomerlanish hususiyatiga egaligidir. Katalik va termik jarayonlar taʼsirida olti aʼzoli sikllar tizimi besh aʼzoliga oson oʻtadi. Masalan: siklogeksan va benzol metil siklonentanga o‘tishi shular jumlasidandir.
Aromatik uglevodorodlar (arenlar). Ularning oddiylarini umumiy ifodasi CnH2n-2 va oʻzining tarkibi benzol aramatik yadrosi deb ataluvchilardan tarkib topgan. Bu birikmalar ancha mustahkam. Shunishdek ular yuqori kimyoviy faollikka ega, albatta metanli va naftenlilarga nisbatan, shuningdek ular ancha yengil ajralishi mumkin.
Arenlar yuqori erish qobiliyatiga ega bo‘lib, cheklanmagan miqdorda bir - biriga va boshqa erituvchilarga eriydilar.
Aytilgan uglevodorod birikmalari neftning asosiy massasini tashkil etadi. Holbuki ulardan tashqari smola va asfalten, kislorod va oltingugurt ham uchraydi. Ayrim hollarda smola va asfalten 10 - 20% ga yetadi. Neftning qoraligi uning zichligi va qovushqoqligi kattaligi, shuningdek unda yengil fraksiyalarning kamliginni tavsiflaydi.
Nefgninig oksidlanish jarayoni tabiatda ancha kech tarqalgan. Neftning oksidlanishi toʻyingan qatlamning yuzaga chiqqanida kislorod bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi natijasida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari neft uyumiga erigan kislorod va sulfatdan tashkil topgan infiltratsion suvlarning singishi natijasida, shuningdek suv-neft tutash yuzasi chegaralarida sulfit va oksidlangan uglevodorodlarni tiklash mikro organizmlar natijasida sodir bo‘ladi Neftning fizik-kimyoviy xossalari boshqa jarayonlar taʼsirida parchalanishi, siriqishi, oltingugurtlanishida xam uzgarishi mumkin. Shunday qilib. neftning turliligi uning ikkilamchi o‘zgarishi bilan uzviy bogʻliqdir.
Ayrim tadqiqotchilarning aytishicha neftning qayta tuzilishida oksidlanish jarayoni asosiy ahamiyatga ega. Boshqa bir gurux, tadqiqotchi - olimlarning fikricha aksincha, giklanit (qaytarilish) jarayoni asosiy ahamiyatga egadir. Biroq G. A. Amosov, N. V. Vassoyevich, A. A. Karpevlar o‘tkazgan tadqiqotlar neftning fizik-kimyoviy xossalarini o‘zgarishiga tabiatda oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining (maʼlum bir geologik va geokimyoviy sharoitlar bilan bog‘liq) taʼsiri juda katta ekanligini koʻrsatadi.
Neftning fizik - kimyoviy xossalari haqida gapirar ekanmiz, shuni aytish lozimki, bu hodisalar faqat ikkilamchi hodisalar bilan bog‘liq emas.
I. M. Gubkin neft xossalarini turliligini birlamchi sabablar bilan tushuntiradi, organik moddalar tarkibida neftni hosil boʻlishidagi geokimyoviy sharoyitdan va neftgaz hosil qiluvchi jinslarning litologik xususiyatlariga ham bogʻliq.
Asfalt-mum aralashmalari baʼzan neft tarkibining 40% ini tashkil qilishi mumkin. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha bu moddalar yuqori molekulyar organik birikmalardan iborat bo‘lib, tarkibida uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt va azotdan tashkil topgan. Bu aralashmalar kuproq neytral mumlardan tashkil tongan bo‘lib, oddiy holatda suyuq yoki yarim suyuq holatda bo‘ladi. Rangi to‘q sariqdan-jigarranggacha oʻzgarib, zichligi 1000- 1070 kg/m ni tashkil qiladi. Rangi to‘q bulishi asosan neytral mumlarning koʻpligidan dalolat berib turadi. Neytra qmumlar juda yaxshi adsorbsiyalanadi va natijada asfalten holatiga keladi.
Parafinlarga uglevodorodlarning C18H38 dan S35H72 gacha boʻlgan qismi kiradi- Ularning erish haroragi 27-71 °C gashkil yetadi. Parafinlar neft harakatlanayotgan vaqtda, termodinamik sharoitlar oʻzgarishi natijasida, mayda plastiksimon kristall holdagi tasmachalar hosil qiladi. Bu tasmachalar oʻzaro birlashib har xil tugunchalar hosil qilishi mumkin. Bu jarayonlar natijasida parafin moddalari neftdan ajralib chiqa boshlaydi. Ayniqsa ajralib chiqish jarayoni neft qudug‘i ichida yoki yig‘uvchi quvurlar ichida kuchayadi va natijada quvurlarning ichki yuzasiga parafin moddalari yopishib qolib neft harakatini qiyinlashtiradi. Oqibat natijada, umuman suyuqlikni xarakatini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Parafinlar neft tarkibida 1,5-2,0 % boʻlsa, quvurlar ichida ajralib chiqishi boshlanadi, ayniqsa bu jarayon neft haroratining pasayishi va undan erigan gazlarni ajralib chiqishi bilan keskin tezlashadi.
Neft tarkibidagi serezinlarga uglevodorodlar qatoridagi eng og‘ir birikmalar, yaʼni C36H74 dan yuqoridagilari kiradi. Serezinlarning erish haroragi 65-88 °C ni tashkil etadi. Neftga nisbatan serezinlarning zichligi va qovushqoqligi ancha kattadir. Serezinlarning kristallanish jarayoni juda kichik ignasimop kristall zanjirlardan boshlanadi. Ammo bu ignasimon kristallar bir-biri bilan oʻzaro birlashmaganligi tufayli, qotib qoluvchi moddalar xosil qilmaydi va neft harakatiga sezilarli taʼsir ko‘rsatmaydi.
Neftning tarkibida qatlam holatida albatta qandaydir miqdorda erigan gaz boʻladi. Neft xarakatga kelgandan keyin va ayniqsa, quduq ichiga kirgandan keyin erigan gaz ajralib chiqa boshlaydi..
Neftlarni tarkibidagi parafin miqdoriga qarab quyidagicha ajratish mumkin:

  1. kam parafinli, bunda parafin miqdori 1,5 % gacha bo ‘lishi mumkin;

  2. parafinli, bunda parafin miqdori 1,5-6,0 % gacha bo‘lishi mumkin;

  3. ko‘p parafinli, bunda parafin miqdori 6,0 % dan yuqori bo‘lishi mumkin.

Neftlarni tarkibida oltingugurt miqdoriga qarab quyidagicha ajratish mumkin:
kam oltingugurtli, bunda oltingugurt miqdori 0,5 % gacha bo‘lishi mumkin;
oltingugurtli, bunda oltingugurt miqdori 0,5-2,0 % gacha bo‘lishi mumkin;
ko‘p oltingugurtli, bunda oltingugurt miqdori 2,0 % dan yuqori bo‘lishi mumkin.
Agarda neft tarkibidagi oltingugurt mikdori 0,5% dan yuqori boʻlsa, u holda bunday neftlar tarkibidagi oltingugurt sanoat ahamiyatiga ega boʻladi.
Neftlarni tarkibida mum miqdoriga qarab quyidagicha ajratish mumkin:

  1. kam mumli, bunda mumning miqdori 5 % gacha bo‘lishi mumkin;

  2. mumli, bunda mum miqdori 5-15 % gacha bo‘lishi mumkin;

  3. ko‘p mumli, bunda mumning miqdori 15% dan yuqori bo‘lishi mumkin.

Yuqori mumli neftlar tarkibidagi noyob metallar (vannadiy, titan, nikel va boshqalar), ayrim hollarda sanoat ahamiyatiga ham ega boʻlishi mumkin.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish