Bob 1. TABIIY YONUVCHI (QAZILMALAR)
KAUSTOBIOLITLAR
1.1. Kaustobiolitlar va ularning yuldoshlari
Tabiiy yonuvchi qazilmalar qatoriga neft hosil qiluvchi hamma moddalar, yonuvchi uglevodorod gazlar va boshqalar kiradi.
Neft va yonuvchi gaz ham, qumtosh, ohaktosh, osh tuzi, gil singari cho‘kindi tog‘ jinslari qatoriga kiradi. Biz faqat yer qobigʻini tashkil qilgan jinslarni tog‘ jinslari deyishga o‘rganganmiz. Aslida tog’ jinslari gaz holatida uchrashi mumkinligini ham nazarda tutishimiz lozim. Neft va gazning ajoyib xususiyati uning yonishidir. Shunday xususiyatga ega bulgan qattiq tog‘ jinslari ham bor. Ular torf, toshko‘mir,qoʻngʻirko‘mir va yonuvchi slaneslardir.
Organik moddalarga boy togʻ jinslari va minerallar-geologik-geokimyoviy omillar taʼsirida o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini qayta o‘zgargan mahsulotlari yig‘ilib, kaustobiolit deb nomlangan butun bir oilani tashkil etadi. quyida 1-rasmda togʻ jinslari bilan kausto-
1- rasm. Tog jinslari o‘rtasidagi kaustobiolitlarning bog‘liqlik holati (I.O.Brod va N.L.Yeromepkolar bo‘yicha).
Kaustobiolit termini nemis olimi G.Pogonye tomonidan fanga kiritilgan bulib, keyinchalik uni IM.Gubkin qo‘llab quvvatlagan.
Kaustobiolit – so‘zi grekchadan olingan bulib, «kaustos» - yoqilgʻi, “litos” - tosh, “bios” - hayot, yaʼni organik qoldiqdan hosil boʻlgan yonuvchi tosh degan maʼnoni bildiradi.
Kaustobiolitlar, ko‘mir (ko‘mirli kaustobiolitlar) va neft (neftli kaustobiolitlar) qatorlariga bo‘linadi, so‘ngilari esa neft deb xam ataladi.
A.A.Karsev (1954) neft bilan to‘lik, bogʻliq, boʻlgan bitumlarni neftli bitumlar deb atashni taklif qildi. Qolgan hamma tabiiy organik qoldiqdarni, shuningdek neft bilan bog‘liqlarini, fizik - kimyoviy tuzilishidan qattiy nazar neft qatoridagi kaustobiolitlar deb atadi ( 1 -jadval).
Tirik organizm qoldiqlarining ichida joylashishi va qayta o‘zgarishidan kaustobiolitlar hosil buladi.
Yonuvchi kaustobiolitlarning hammasi ikki katta: neft va ko‘mir qatoriga bo‘linadi.
Neft tarkibidagi uglerod miqdori-83-87%, vodorod-12-14% va kislorod - 0,1-1,5% gacha bo‘lsa, u holda ko ‘mir qatordagi kaustobiolitlarning o‘zgarish diapazoni juda katta bo‘ladi. Qatlam sharoitida neft va gaz holatida harakatdagi moddalar bo‘lsa, ko‘mir qattiq-togʻ jinsining o‘zidir. A.E.Bakirovning taʼkidlashicha, neft va gaz geologlari kaustobiolitlarning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi nuqtayi nazaridan o‘rganadilar.
Kaustobiolitlar tarkibiga koʻra quyidagi qatorlarga ajratiladi:
1) Bitumli kaustobiolitlar yoki neftli bitumlar; 2) Ko‘mirli kaustobiolitlar yoki gumuslar; 3)Liptobioliglar.
Kaustobiolitlarning neft qatoriga neftlarning xamma turi, yonuvchi uglevodorod gazlar, malga, asfalt, asfaltit, ozokerit, shuningdek neytral organik suyuqlikda eriydigan organik moddalar kiradi. Ko‘mir qatoriga har xil torflar, qo‘ngʻir ko‘mir, toshko‘mir, antratsit kabi .yonuvchi qazilmalar kiradi.
1-jadval.
Kaustobiolitlar va ularning qatorlari V.N.Muratov tomonidan tuzilgan
Moddalar
|
Massa buyicha element tarkibi, %
|
S
|
N
|
N
|
s
|
o
|
S/N
|
Tirik organizmlar
|
Yuqori o‘simliklar
|
49,7
|
6,1
|
—
|
—
|
42,2
|
8,4
|
Past
O‘simliklar
|
50,08
|
7,32
|
8,29
|
1,22
|
33,09
|
6,9
|
|
I
|
Ko‘mir qatori kaustobiolitlari
|
To‘rf
|
57,48
|
6,14
|
1,55
|
0,2
|
34,63
|
9,4
|
Qo‘ngʻir ko‘mir
|
71,64
|
5,33
|
1,57
|
0,38
|
21,67
|
13,4
|
Tosh koʻmir
|
83,71
|
5,12
|
1,68
|
0,52
|
8,97
|
16,3
|
Antratsit
|
94,37
|
2,19
|
0,6
|
0,25
|
2,59
|
45,0
|
|
Neft qatori kaustobiolitlar
|
Sapropel
|
59,07
|
7,84
|
3,61
|
2,63
|
26,85
|
7,5
|
Neft
|
85,4
|
12,81
|
0,22
|
1,16
|
0,41
|
6,6
|
Liptobiolitlar qatoriga kelib chiqishi o‘simliklar bilan bogʻliq qazilma smolalar, mumlar, sterin, sporoninlar kiradi. Bu guruhga yantar va boshqa mineral vakillari ham mansub. G.Patonye kaustobiolitlarni uch qatorga: 1) sapropelitlar; 2) gumuslar va 3) liptobiolitlarga boʻlishni taklif qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |