Mavzu: Bitum va Qatron materiallari, Polimer materiallar va buyumlar
Reja:
1.Bitum va qatron asosidagi materiallar texnologiyasi
2. Polimer materiallar va buyumlar
3. Polimer materiallar: texnologiyasi, turlari, ishlab chiqarilishi va qo'llanilishi
Bitumlar tabiiy bitum, neft bitumlari va asfaltli jinslar turlari bo’ladi. Tabiiy bitumlar neftni er qatlamlarida filtrlanishi natijasida hosil bo’ladi, tozaligi bilan neft bitumlaridan farqlanadi, ammo oz miqdorda uchraydi. Neft bitumlari neftni organik sintez qilish natijasida olinadi.
Qatronlar toshko’mir (qo’ng’ir ko’mir), yog’och va sh.k. dan koks va pista ko’mir olish jarayonida hosil bo’ladi.
Bitum va qatronlar termoplastlar bo’lib, suvda erimaydi, lekin organik erituvchilarda osongina eriydi, atmosfera muxiti ta’sirida «eskiradi», ya’ni bog’lovchilik xossalari kamayadi. Ular suv o’tkazmaydi, kislota, ishqor, tuz eritmalariga, gazlarga chidamli va yog’och, tosh, metall va boshqa materiallarga puxta yopishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |