Neftgaz geologiyasi va geokimyosi



Download 1,27 Mb.
bet7/34
Sana04.04.2023
Hajmi1,27 Mb.
#924774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
31 bet yangi

O‘zbekiston




























1.247

7.570

Dunyo buyicha

19.8

44.78

93.5

220.0

294,0

520.0

1 154

2267

3082

3225

3455,0

Gaz mahsulotlaridan olinayotgan mahsulotlar oyna va po‘latning, jun va ipakning, yogʻoch va donning o‘rnini bosmoqda. 1 tonna sintetik kauchuk olish uchun 2 tonna etil spirti yoki 9 tonna don, yoki 22 tonna kartoshka, yoki 30 tonna qand lavlagi kerak buladi. Ushbu mahsulotlarni 5 tonna suyultirilgan gazdan ham olish mumkin, uning tannarxi esa boshqa mahsulotdan olinganga nisbatan ancha farq, qiladi. Bunday qulaylik boshqa moddalar olishda ham kuzatiladi. Chunonchi, ammiak olishda 1000m3 gaz ishlatilganda 76 rubl metanol olishda 95 rubl, atsitelen olishda 20 rubl foyda keltirishi mumkin. Gaz kondensatlaridan ham xalq, xo‘jaligi uchun ko‘plab foydali mahsulotlar: (benzol, toluol, ksilol), och rangli yoqilgʻilar (benzin, ligroin), sintetik kauchuk uchun mahsulot (izobutan, izopropan) olinadi.



    1. Neft va gaz fanlari va sanoagining
      rivojlanish tarixi


Neft so‘zi yunonlarning nafta so‘zidan olingan b‘lib, sizib chiquvchi maʼnosini bildiradi.
Neft va yonuvch 1 gazlar insoniyatga juda qadimdan maʼlum. Arxeologik maʼlumotlar neft va gazni Frot daryosi qirgʻokdaridan (yangi eradan avvalgi 6-4 ming yillar avval) qazib olinganligini va ishlatilganligini tasdiqlaganlar. Maxsulot turli maqsadlarda va shu jumladan davolash uchun ham qo‘llanilgan. Qadimgi Misrliklar asfaltdan mumiyolash maqsadlarida ham foydalanganlar. Oʻsha vaqt tarixchilarining xabar berishicha neft aksariyat o‘lik dengiz qirgʻoqlaridan olingan. Neft “yunon olovi” deb nomlangan, hamda Iskandar Zulqarnayn tomonidan fors flotini kuydirish uchun ishlatilgan maxsus aralashma tarkibiga kirgan.
O‘rta asrlarda Yaqin Sharqda neftdan ko‘chalarni yoritish maqsadlarida foydalanilgan. XIX asr boshlarida Rossiyada va asr urtalarida Amerikada neftni qizdirish natijasida uning bir qismi ajralgan va uni kerosin deb atashib, undan yoritish maqsadlarida foydalanilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Ignatiy Lukasevich degan kishi kerosin bilan yoritiladigan chiroq, (lampa) ixtiro qiladi va u butun olamga tarqaladi.
XIX asrning oʻrtalariga qadar neft juda kam miqdorda va aksariyat juda sayoz hamda qoʻlda qazilgan quduqlardan olinar edi.
Neftning ajoyib yoqilgʻi, hamda moylovchi modda ekanligi insoniyatga qadimdan maʼlum boʻlganligi sababli sivilizatsiyaning rivojlanib borishi jarayonida unga bo‘lgan ehtiyoj tobora ko‘payib boraveradi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib neft burgʻilash quduqlari yordamida olina boshladi va uni chiqarish miqdori keskin ortadi, shu davr- dan boshlab neft sanoati vujudga keladi. Xitoyda eramizdan 200-yil avval bambuk yordamida quduqlar qazilganligi maʼlum, lekin bu ishlar neft chiqarishni kupaytirishga xizmat kilmagan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1859-yilda ishbilarmon Dreyk tomonidan neft uchun birinchi burgʻilash qudugʻi qaziladi va shu vaqtdan boshlab amerikaning neft sanoati tarixi boshlanadi. Rossiyada esa XIX asrnish ikkinchi yarmida quduqlar qazilgan boʻlsada, 1864 yilga kelib Kubandagi qazilgan Semenov qudugʻi Rossiya neft sanoatining bosh- lanishi deb tan olingan. Shunday qilib ko‘rsatib oʻtilgan sanalar yer shari neft sanoatining boshlanishi deb tan olinganligidan iboratdir.
Burgʻilash quduqlari orqali neft olishga o‘tilgandan so‘ng tabiiyki uning miqdori xam ko‘payib bor­di. Oʻsha davrlarda neftni qayta ishlash natijasida undan mahsulotlar ajratib olish xam ixtiro qilindi. Bunday ishlarning bajarilishi neftgaz va uning mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi. Bu ishlarni yo‘lga qo‘yishda buyuk ximik D.I. Mendeleyvning roli beqiyosdir.
Dastlabki vaqtda neft asosan kerosin olish uchun foydalanilgan. Neft chiqarish va uning mahsulotlarini ishlatish oson va qulayligi, neft sanoatini boshqa sanoatlarga nisbatan tez rivojlanishiga olib keldi.
Neft va gaz sanoatining rivojlanishi unga bogʻliq bo‘lgan fanlarning rivojlanishi bilan uzviy ravishda davom etadi va shunday bo‘lib qolishi tabiiy.
Biz neftgaz geologiyasi va geokimyosi fanining ri­vojlanishi bosqichlarini shartli ravishda quyidagi davrlarga bo‘ldik:

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish