Ularning hujayra tuzilishini electron mikroskopda kuzatish mumkin. Bunda hujayra pardasi uch qavatdan iboratligi ko`rinadi. Uning tarkibida ko`p qavatli muramin kislota, aminokislotalar, lipidlar, glyukozamin va boshqa birikmalar borligi aniqlangan. Ko`pcxilik bakterialarning hujayra devoir har xil qalinlikdagi sxilliqli parda kapsula bilan o`raglan.
Bakteriya hujayra pardasi ostida sitoplazmatik membrane bo`lib, modda almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Sitoplazmada riboosomalar ham uchraydi, ularning tarkibida RNK bo`ladi. Bakteriya hujayrasida DNK iplari ham uchraydi, ular qobiqsiz bo`lib, nukleid hosil qiladi. Nukleidlar bakteriya hujayrasining markazida bo`ladi va hujayra bo`lingan vaqtda ular ham bo`linadi.
Shakllari Ular hujayralariga qarab quyidagi shakllarga bo`linadi:
Tayoqchasimon yoki batsillalar(yo`g`onligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha);
Kokklar yoki sharsimon bakteriyalar;
Vergul shaklidagi bakteriyalar yoki vibrion;
Buralgan bakteriyalar spirillalar; va h.k.
Harakati; Ko`pincha xivchinlari yordamida harakatlanadi; xivchini bitt abo`lsa, monopolyar yoki monotrix, ikkita bo`lib, uchi va orqa tomonidan bittadan joylashsa bipolayar va amfitrix bo`lib, to`da bo`lib joylashganlari monopolyar politrix yoki lofotrix deb ataladi. Xivchinlar tanasining hamma tomonini o`ragan bo`lsa, peritrix deb ataladi.
Sxilimshiq parda bilan o`raglan bakteriyalarning hujayra sirtida 200-400 va undan ham ko`p 0.3-4 mkm uzunlikdagi juda ingichka tukchalar bo`lib, ular fimbri deyiladi. Fimrilarning tarkibi xivchinlarning kimyoviy tarkibiga o`xshash bo`lib, flagelin oqsilidan iborat. Fimbrilar hujayra harakatida ishtirok etmaydi. D.G. Zvyaginsevning fikricha, fimbrilar tuproqdagi yoki boshqa substratdagimikroorganizmlarga yopishib olish uchun xizmat qiladi.
Sporalar hosil qilishi. Batsillus bakteriyalarning bir qancha turlari rivojlanishining ma`lum davrida yumaloq yoki oval shaklli sporalar hosil qiladi. Bu sporalar hujayra ichida hosil bo`lsa endogen, hujayra tashqarisida hosil bo`lganiga ekzogen spora deyiladi. Ba`zan hujayraning butun yuzasida bitta spora hosil bo`ladi, bunday spora mikrotsist deb ataladi. Sporalar noqulay sharoitga chidamli bo`ladi. Ba`zan sporalar suvda bir necha soat qaynatilganda ham, 150 C issiqlikda ham va juda past temperaturada 20-30 yil davomida tuproqda bo`lganda ham xalok bo`lmaydi.
Oziqlanishi Aksariyat bakteriyalar saprotrof (grekcha – sapros – chirindi, trof - oziqlanish) bo`lib, o`lik organic moddalar hisobiga yashaydi. Saprotrof bakteriyalar oqsil moddalar hosil qilish uchun anorganik moddalardan foydalanadi. Ular neft, kerosin, toshko`mir, torf va shu kabi birikmalarni buzib, ulardan oziq sifatida foydalanadi. Bundan tashqari tabiatda moddalar almashinish jarayonida faol qatnashib, C, Fe, S, N, P va boshqa kimyoviy birikmalarni parchalaydi.
Azotli organic moddalarning bakteriyalar tomonidan parchalanishi cherish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |