Kimyoviy tarkibi. Viruslarning kimyoviy tarkibi. Viruslarning kimyoviy tarkibida bir xil shakldagi nuklein kislotalargina bo`ladi. Masalan DNK yoki RNK. Hamma viruslar DNK hamda RNK guruhlariga bo`linadi. O`simlik virusida RNK, hasharot virusida DNK, hayvonlar virusida esa RNK yoki DNK bo`ladi. Viruslar oqsili bir qancha qator joylashgan bir xil shakladagi molekuladan tashkil topgan. Oqsil va nuklein kislotalardan tashqari yog` va uglevodlar ham uchraydi. Virus zarrasida hamisha oqsil pardasi bilan qoplangan bitta nuklein kislota molekulasi bo`ladi.
Ba`zi viruslar nukleoproteidlarning kristallari ko`rinishida olingan. Ularni biologic xossalarini yo`qotmaydigan qilib eritish, yana cho`kmaga tushirish va yana qaytadan kristallash mumkin.
Kristall ko`rinishidagi virusni dastlab U. Stenli 1935 yilda ochgan. Bu virus tamaki mozaika virusi edi.
Viruslarning tuzilishi. Viruslarning tuzilishi tamaki mozaikasining virusi bo`lgan bakteriofaglar misolida batafsil o`rganilgan. Tamaki mozaikasining virusi zarralar shaklida bo`lib, har bir zarrasi tayoqcha shaklidagi ichi kovak silindrdan iborat. Silindrning devoir oqsil molekulalaridan tuzilgan. Ichkarisida shu oqsil pardaning ostida spiralga o`xshab buralgan RNK tortmasi joylashgan. Virus zarralari tamaki barglari hujayralariga joylashib, ko`pincha olti qirrali kristallar, loviya va kartoshkada esa egiluvchan tayoqchalar shaklida to`planadi. Bu kristallar yorug`lik mikroskopida ko`rinadi.
Viruslar oddiy va murakkab tuzilishga ega. Oddiy viruslar spiral, kubik yoki egiluvchan tayoqchalar ko`rinishida bo`lib, nukleokapsid deyiladi. Murakkab viruslarning nukleokapsidi atrofida lipid va glikoprotein parda bo`lib, adsorbsiya vazifasini bajaradi.
Virusolog V. L. Rijkov viruslarni kimyoviy tarkibi va biologic xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi sinflarga bo`ladi: bakteriofag, RNK li o`simlik va hayvon virusi, oqsil kapsulaga ega bo`lgan hasharotlar virusi; lipid pardali o`simlik va hayvon virusi.
Ko`pcxilik botaniklar uvoqlilar bo`limini prokariotlar ya`ni dastlabki yadrolilarga qo`shib o`rganadilar. Buning asosiy sababi shundaki, uvoqlilar hujayrasida takomillashgan yadro bo`lmaydi, ko`payishi oddiy bo`linish yo`li bilan boradi, bo`lingan hujayralar uvoqlanadi. Shuning uchun ham uvoqlilar deyilaldi.
Bular prokariotlarning eng kata bo`limi bo`lib, oz ichiga 3000 turni birlashtiradi.
Uvoqlilarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, miksobakteriyalar, miksoplazmalar va spiroxetlar kiradi. Bular mikroskopik organizmlar bo`lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ko`pcxilik vakillari geterotrof, ba`zi turlari avtottrofdir. Moddani shimib olish yo`li bilan oziqlanadi. Bularga aeroblar (sof molekulyar kislorod hisobiga hayot kechiruvcxilar) va anaerob (kislorodsiz)lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |