Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti biologiyaning kontseptual asoslari



Download 5,47 Mb.
bet11/101
Sana07.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#535429
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
Bog'liq
malikova fani

Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizm hayotida jiddiy ahamiyat kasb etadi. Ular asosiy energiya manbai, yangi hujayra va to‘qimalar hosil bo‘lishi uchun plastik material hisoblanadi. Uglevodlar organizmga non, sabzavot va mevalar bilan kiradi.
Murakkab uglevodlar – polisaxaridlar (kraxmal) holida singadi. Ovqat hazm qilish yo‘lida polisaxaridlar disaxaridlarga, disaxaridlar esa monosaxaridlarga (glyukozaga) parchalanadi. Glyukoza qonga so‘rilib, jigar va mushaklarda undan hayvon kraxmali – glikogen hosil bo‘ladi. Qondagi glyukoza miqdori muayyan darajadadir (o‘rta hisobda 0,1%). Bunday holat organizmda muhim rol o‘ynaydi. Qonda qand miqdori ortib (giperglikemiya) yoki kamayib (gipoglikemiya) ketganda organizmning faoliyati buziladi. Ayniqsa, markaziy nerv tizimi faoliyatida glyukozaning o‘rni beqiyos. Shu bois qonda qand ko‘payganda (0,15-0,18%) u siydik bilan chiqa boshlaydi. Bunday holat glyukozuriya deb ataladi. Jigardagi glikogen, asosan, zaxira uglevod bo‘lib, qonda qand miqdori kamayganda glyukozaga parchalanadi va glyukoza qonga o‘tadi. Organizmga qand ko‘p kirganda ortiqcha qand jigarda to‘planadi. Mushaklardagi glikogen organizm uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi, u uzluksiz parchalanib turadi. Bunda organizm uchun kerakli energiya ajraladi. Glikogen parchalanishi natijasida karbonat angidrid va suv paydo bo‘ladi. Katta yoshli kisxilar bir kunda 500 g uglevod iste’mol qilishi kerak. Jismoniy ish vaqtida ko‘proq uglevod talab qilinadi (700-1000 e) . Ovqat bilan uglevodlar oz kirsa, organizmdagi oqsil va yog‘lardan uglevodlar hosil bo‘ladi. Shu bois organizm ulardan mahrum bo‘lmaydi.
Yog‘lar almashinuvi. Yog‘lar ham organizm uchun energiya manbai hisoblanadi. Bir gramm yog‘ oksidlanib parchalanganda 9,3 katta kaloriya energiya ajraladi. Bu oqsil va uglevodlar parchalanishida ajralgan energiyadan ikki baravar ortiqdir. Yog‘lar hujayralar tarkibiga ham kiradi. Organizmga kirgan yog‘lar hazm yo‘lida glitserin va yog‘ kislotalarga parchalanib, limfaga so‘riladi. Bu vaqtda glitserin va yog‘ kislotalar ichak sxilliq pardasi hujayralaridan o‘tayotganda bir-biriga birikib, yog‘ paydo qiladi. Bu yog‘ organizm ehtiyojlarini qondirib, ortiqchasi teri osti kletchatkasida, charvida, buyrak atrofida va boshqa ichki organlarda zaxira bo‘lib to‘planadi. Zaxira yog‘ energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, teri osti kletchatkasidagi yog‘ qatlami organizmdan issiqlik chiqarmaydi. Organlar atrofidagi yog‘ esa ularni shikastlanishdan saqlaydi. Yog‘ gavda og‘irligining 20% ini tashkil etadi. Moddalar almashinuvi buzilganda zaxira yog‘ miqdori gavda og‘irligining 50% ini tashkil etishi mumkin. Organizmga yog‘ kirmaganda oqsillar va uglevodlardan zaxira yog‘ hosil bo‘ladi. Katta yoshdagi odam organizmiga bir kunda 100 g yog‘ kirishi kerak. Jismoniy ish ko‘proq (115-165 e) yog‘ kirishini talab qiladi.
Yog‘lardan tashqari, organizmning faoliyati uchun yog‘simon moddalar yoki lipoidlar ham katta ahamiyatga ega. Ular nerv to‘qimasi tarkibiga kirib, markaziy nerv tizimi faoliyatida ishtirok etadi. Lipoidlar fosfatidlar va sterinlar deb atalgan ikki guruhga bo‘linadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish