22-MA’RUZA
Neft, gaz va neft mahsulotlarni saqlash idishlari turlari.
REJA:
22.1. Tomchi ko‘rinishidagi rezervuarlar.
Sharsimon rezervuar.
22.2. Rezervuarlardan foydalanish
22.3. Gazgolderlarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
22.1.Tomchi ko‘rinishidagi rezervuarlar
Yuqori bosimli (0,2 MN/m2) bug‘lar bilan xarakterlanadigan neft
mahsulotlarini saqlash uchun tomchi ko‘rinishidagi rezervuarlarni qo‘llash mumkin.
Bu turdagi rezervuarning tomchi ko‘rinishidagi formasi
barcha halqasimon va
meridional kesimlariga bir xil kuchlanish berilishini ta’minlaydi. Biroq bu
rezervuarlarni tayyorlash ancha murakkab, shuning uchun ular ko‘p qo‘llanilmaydi.
20.1-rasm. Tomchi ko‘rinishdagi rezervuar.
1-rezervuar korpusi; 2-himoyalovchi qurilmalar; 3-rezervuar tayanchi;
4-xizmat ko‘rsatish narvoni.
Sharsimon rezervuarlar
Sharsimon rezervuarlar sezilarli bosimlar (1MN/m2 gacha) va yuqori vakuum
(500 mm. suv.ust. gacha) bosimini saqlay oladi. Amaliy jihatdan ularning diametri
chegaralanmagan. Masalan: Yaponiyada diametri 33 m. li sharsimon rezervuar
qurilgan va 3 MN/m2 bosimda ishlashi uchun hisoblangan.
Neftni qayta ishlash
zavodlarida bu rezervuarlarda metan, etan, propan –butan
aralashmasi va boshqa
turdagi gazlar saqlanadi. Rezervuarlarning sferik formasidan neftni tuzsizlantirish
qurilmasida elektrodegidrator tayyorlash uchun foydalaniladi. Bir xil ishlatish
ko‘rsatkichlariga ko‘ra sharsimon rezervuarlarga sarflanadigan
metall miqdori
silindrsimon rezervuarlarga nisbatan kamroq. Mahalliy siqilish va tayanchlardagi
kuchlanish konsentratsiyasini
hisobga olmay, rezervuar qobig‘ining qalinligi S ni
quyidagi formula bilan topamiz:
С
PD
S
э
р
.
.
4
; (20.1)
bu yerda: P
-suyuqlik gidrostatik ustuni va muhitning summaviy bosimi;
D
- rezervuarning ichki diametri;
.
.
э
р
- ruxsat etilgan kuchlanish;
С
- korroziyaga qo‘shimcha.
Sharsimon rezervuarlarning asosiy elementi yaproqlar bo‘lib hisoblanadi. Ular
issiq shtamplash, sovuq shtamplash, keyingi vaqtlarda sovuq prokatlash usuli bilan
tayyorlanadi.
20.2-rasm. Sharsimon rezervuar
1-listlardan tayyorlangan korpus; 2-himoyalovchi qurilmalar;
3-rezervuar tayanchi; 4-xizmat ko‘rsatish maydoniga olib boruvchi narvon.
Payvand choklar bir to‘g‘ri chiziqda yotmaydi.
Payvandlashda birinchi
navbatda meridional choklar, keyin esa xalqasimon choklar payvandlanadi.
Payvandlangan choklarning sifati montaj jarayonida va tayyorlab bo‘lingandan
keyin tekshiriladi.