22.2.Rezervuarlardan foydalanish
Rezervuarlar saqlanadigan suyuqlikni qabul qiluvchi va chiqaruvchi qurilmalar
bilan ta’minlanishi lozim va ularni istalgan vaqtda almashtirish imkoniyati bzlishi
lozim. Rezervuarda nominal bosim ta’minlanishi va foydalanishda rejim buzilishini
oldini olish kerak. Rezervuarda ta’mirlash paytida odamlarning kirishi va chiqishi
uchun lyuklar va lazlar o‘rnatilishi kerak. Har bir rezervuar foydalanuvchi uchun
qulay bo‘lishini hisobga olgan holda metall konstruksiyalar (zina va maydoncha)
bilan jihozlanadi. Qabul qiluvchi patrubka (shtutserlar) vertikal rezervuarlarning
pastki belbog‘iga yoki sharsimon va tomchi ko‘rinishidagi rezervuralarning pastki
qismiga o‘rnatiladi. Avariya holatlarida qabul qiluvchi
quvurlar orqali mahsulot
yo‘qotilishini oldini olish uchun qabul qiluvchi patrubkalarning rezervuardagi ichki
qismi himoyalovchi berkituvchi qurilma bilan jihozlanadi. Ta’mirlash ishlariga
mo‘ljallangan 1 yoki 2 ta lyuk rezervuarning pastki belbog‘iga o‘rnatiladi. Bundan
tashqari tomda ta’mirlashdan oldin rezervuarni shamollatish, hamda rezervuarning
ichki qismiga tushib-chiqish uchun lyuk o‘rnatiladi.
Rezervuar tomidagi yana bir lyuk nazorat o‘lchov ishlari uchun mo‘ljallangan.
Bu lyuk «o‘lchovchi» deb nomlanadi va avtomatik o‘lchov asboblaridan alohida,
mustaqil ravishda o‘rnatiladi. Bu lyuk tez ochiladigan qopqoq bilan jihozlanadi.
Rezervuarlarning asosiy qurilmalari «nafas oluvchi» klapanlar hisoblanadi. Ular neft
mahsulotlarining minimal darajada yo‘qotilishi sharoitlarida «katta» va «kichik
nafas olish» ni ta’minlaydi. Rezervuarning «nafas oluvchi» klapani ishdan chiqqan
paytda buzilishlar oldini olish uchun saqlovchi klapan o‘rnatiladi.
Saqlovchi klapanlar gidravlik zatvor usuli bo‘yicha ishlaydi. Bunda zatvor
bosim yoki vakuum ta’sirida ochiladi va gaz faza atmosferaga chiqariladi. Ishchi
bosim o‘rnatilgach, suyuqlik yana zatvorni berkitadi. Gazlar atmosferaga (ortiqcha
bosimda) chiqarilishi yoki havoning (vakuum sharoitida) rezervuarga kiritilishi
tishsimon qalpoqcha orqali amalga oshiriladi.
Zatvor suyuqligi muzlamaydigan,
qovushqoqligi kichik va bug‘lanmaydigan bo‘lishi lozim. Bunday suyuqliklar
sifatida solyar moylari, dizel yokilg‘isi, glitserinning suvli eritmasi ishlatiladi.
Rezervuardan foydalanish jarayonida zatvordagi suyuqlikning sathi tekshirib turish
uchun jo‘mrakli sath o‘lchagich ishlatiladi. Barcha to‘siq, shtutser va to‘rlar toza
holda saqlanishi kerak.
Saqlovchi klapan «nafas oluvchi» klapandan farqli ravishda yuqori bosim va
chuqur vakuumda (5-10% yuqori) ochilishiga moslashtirilgan. «Nafas oluvchi» va
saqlovchi klapanlardan foydalanish mobaynida yong‘in xavfi vujudga kelishi
mumkin. Bunday holatlar oldini olish uchun yong‘inga qarshi qurilma- yong‘in
to‘siqlari ishlatiladi. Ularda rezervuarni atmosfera bilan bog‘lab turadigan uzunchoq
kanalli qurilma mavjud. Bu to‘siqlarining yong‘inni o‘chirish
qobiliyati shu
kanallarning kesimi va uzunligiga bog‘liq holda aniqlanadi. Kanallar lentali,
nasadkali va panjarali bo‘lishi mumkin. Qovurg‘alangan metall qalpoq gazlarni
sovitishga xizmat qiladi. Plastikali kassetalar tekshirish,
tozalash va muzlashdan
saqlash uchun xizmat qiladi. Rezervuarga ulangan har bir neft va tayyor mahsulot
quvurlarida yong‘inga qarshi maqsadlarda undan 100-500 m uzoqlikda zadvijkalar
o‘rnatiladi. Yashindan va statik elektr razryadidan himoyalanish uchun rezervuar
yerga ulanadi. Yuqori qovushqoqli mahsulotlarni saqlashda ularni qabul qilish va
uzatishda yengillik bo‘lishi uchun ular qizdiriladi. Bunday hollarda rezervuar tagligi
bo‘ylab yoki tarqatuvchi patrubkaga isituvchi zmeyevik yoki quvurli isitgich
o‘rnatiladi. Isitish suv bug‘i, qaynoq suv yoki boshqa
issiqlik tashuvchi orqali
amalga oshiriladi. Mahsulotlarning bug‘lanishini kamaytirish uchun rezervuarlar
nur qaytaruvchi (oq va alyuminiyli) bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Rezervuarning hajmi
kattalashgan sari, undan foydalanish va nazorat qilishga qo‘yilgan talablar ham ortib
boradi. Rezervuarlardan foydalanish jarayonida undagi barcha payvand choklar,
shtutserlar, «nafas oluvchi» va saqlovchi klapanlar hamda boshqa qurilmalar har
kuni ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Qishda bo‘sh rezervuarlarni
issiq suv bilan
qizdirmasdan neft mahsulotlarini quyish mumkin emas. Aks holda, korpusning
germetikligi buziladi va boshqa qurilmalar tez ishdan chiqadi. Rezervuarlar davriy
ravishda tozalab turiladi. Tozalash uslubi cho‘kindi tabiati va miqdoriga bog‘liq.
Ko‘proq qo‘llaniladigan usul bu rezervuarni suv bilan yuvishdir. Bundan tashqari
bug‘ bilan yuvish, majburiy yoki erkin shamollatish, qayta yuvish usullari mavjud.
Rezervuarlarni oltingugurtli neft mahsulotini saqlash uchun tozalashda
birikmalarning o‘zidan-o‘zi yonishini oldini olish uchun uzluksiz ravishda kamroq
miqdorda suv bug‘i berilib turiladi. Rezervuarning ichki iflos qismlarini qo‘l bilan,
gidrodinamik
usul bilan, kimyoviy va asosiy yuvuvchi vositalarni qo‘llash bilan
tozalash mumkin. Rezervuarlar yong‘inni o‘chiruvchi vositalar bilan ta’minlangan
bo‘lishi kerak: qum, belkurak, chelak, o‘t o‘chirgich, ko‘pikli suv, o‘t o‘chirish
shlanglar va brandspaytlar.
Do'stlaringiz bilan baham: