TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
"NASOS BILAN TA'MINLANGAN QUVURLAR TIZIMINING GIDRAVLIK HISOBI"
Toshkent-2012
UDK 624.1/8:532.075.8
Ushbu uslubiy ko'rsatmada markazdan qochirma nasos yordamida quvurlar tizimi orqali rezervuarlarga kerakli miqdorda suv yetkazib berilishi gidravlik yo'li bilan hisoblangan.
Hisob-kitoblar asosida nasos va quvurlar tizimida oqayotgan suv uchun p'ezometrik damning o'zgarib borish chizig'i ko'rsatilgan.
Uslubiy ko'rsatma «Gidravlika» fani bo'yicha mexanika fakultetida ta'lim olayotgan talabalar hamda 5340400 “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” (temir yo’l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari) yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
Tuzuvchilar: A.N. Rizayev - t.f.d. prof.
P.X.Ubaydullayev - t.f.n., dots.
A.R. Babayev - assist.
Taqrizchilar: A.A. Barxanadjan - Toshkent avtomobil yollar instituti
«Ximmotologiya» kafedrasi dotsenti
U. Baxramov - Toshkent temir yo'l muhandislari instituti «Suv ta'minoti va kanalizatsiya» kafedrasi dotsenti
Uslubiy ko'rsatma institutning ilmiy-tahririy kengashida nashrga tavsiya etilgan.
"Nasos bilan ta'minlangan quvurlar tizimining gidravlik hisobi"
Chizma - hisoblash ishi uchun vazifa
Talaba_____________ guruh_______ ixtisoslik_____________
Suyuqlikni II va III idishlarga yetkazib berish uchun I idishdan nasos orqali suv tortib olinadi. Idishdan to nasosgacha bo'lgan (AB) quvur suv tortgich quvuri deyiladi. Nasosdan tarqaluvchi (DM) va (DN) quvurgacha bo'lgan (SD) quvur dam quvuri deyiladi.
1-shaklda ko'rsatilgan nasos bilan quvurlar tizimini birgalikda hisoblang, agar berilganlar quyidagicha bo'lsa:
1. Quvurlarning uzunliklari lAB=32m, lCD=265m, lDN=854m, lDM=741m.
2. Idish I va II ga quvurlardan keladigan suyuqlik sarflari QII=0.021m3/sek, QIII=0.025m3/sek, Q=1.1(QII+QIII).
3. Idishdagi suyuqliklar sathiga ta'sir etayotgan bosimlar P1=742 mm simob ustuni, PII=0.112MPa, PIII=0.135MPa.
4. Taqqoslash tekisligidan idishlardagi suyuqliklar sathigacha bo'lgan masofalar ZI=5.5m; ZII=23.8m; ZIII=27.4m.
5. Quvurlarda harakat qilayotgan suyuqlik harorati t=10°C (suv).
6. Quvurlar tayyorlangan xom ashyosi - cho'yan.
Bajariladigan ish tartibi
1. Quvurlar tizimini gidravlik hisoblash va ular uchun quvurlar tizimining tavsifini qurish.
2. Nasos ishlaydigan parametr nuqtalarini aniqlash.
3. Nasosni suv so'rib (tortib) olish joizlik balandligi va o'q belgisini aniqlash.
4. Quvurlar tizimi bilan nasosning ishlash tartibi tahlili va ular uchun optimal ishlash tartibini topish.
1-rasm. Nasos va quvurlar tizimi chizmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |