Mustaqil ta‟lim
Abul Aziz an-Naxshabiy Abu Muhammad Abdulaziz ibn Muhammad al-
Ustug„dodiziyning ilmiy asarlari, tarjima va sharhlaridan foydalanish. Abul Muin
Nasafiy ta‟limoti va uning pedagogik tahlili.
Nazorat savollari
1. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning hayoti va faoliyati haqida so„zlang.
2. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy haqida allomalar fikrlari tahlili.
3. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning ilm-fanga qo„shgan hissasi nimalar?
ABUL MUIN NASAFIYINING ILMIY-PEDAGOGIK, MA‟NAVIY
MEROSI
HAMDA
UNING
BARKAMOL
AVLOD
TA‟LIM-
TARBIYASIDAGI O„RNI
Reja:
1. Abul Muin an-Nasafiy asarlarida ma‟naviy-axloqiy sifatlar,
2.Abul Muin an-Nasafiyning faoliyatida ustoz-shogird an‟analari
28
3. Abul Muin an-Nasafiyning asarlarida ma‟naviy-axloqiy tarbiya shakl, metod va
vositalari.
4.Abul Muin an-Nasafiy ta‟limotining aspektlari
Ulug„ ajdodimiz Abu Muin Nasafiy XI asrda yashagan, islom madaniyati
rivojiga ulkan hissa qo„shgan allomalardan biridir. Ushbu ulug„ zot 1027 yili Nasaf
yaqinidagi Ibsan (hozirgi Qovchin) qishlog„ida tug„ilgan va uzoq muddat Buxoro
hamda Samarqand shaharlarida ilmu ijod bilan shug„ullangan, 1114 yili 87 yoshida
Samarqandda vafot etgan. Abu Muin Nasafiy yozgan o„nlab kitoblarning
aksariyati kalom ilmi masalalariga bag„ishlangan. Ana shu nodir kitoblarning
o„nlab qo„lyozma nusxalari dunyoning ko„plab kutubxonalarida saqlanmoqda.
Buyuk bobomizning ilmiy asarlari bugungi kun uchun ham g„oyat ahamiyatlidir.
Shu ma‟noda davlatimiz rahbari 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo
viloyatiga tashrifi asnosida bu ulug„ zotning Qarshi tumani, Qovchin qishlog„idagi
muqaddas qadamjosini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur
sharoitlar yaratish, ushbu maskanda kutubxona tashkil etish va alloma asarlarini
tarjima qilib xalqimizga yetkazish bo„yicha amaliy tavsiyalar bergani ayni muddao
bo„ldi. Bu haqda so„z borganda, albatta, 2017 yil 15 iyunda bo„lib o„tgan “Ijtimoiy
barqarorlikni ta‟minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi”
mavzusidagi videoselektor yig„ilishida O„zbekiston Prezidenti ma‟naviy meros
masalasiga alohida to„xtalib, “Keyingi vaqtda men joylarda bo„lib, hududlarimiz
hayoti bilan yanada yaqindan tanishar ekanman, shunday bir fikrga ishonch hosil
qilayapmanki, biz hali yurtimizni, uning o„ziga xos tarixi, madaniyati, ulug„ olimu
ulamolarini, bebaho ma‟naviy merosimizni to„liq o„rganganimiz yo„q, – deya qayd
etganini esga olish lozim. – Misol uchun, Qashqadaryo zaminida buyuk alloma,
moturidiya ta‟limotining yirik vakili Abu Muin Nasafiy bobomiz yashab o„tganlar.
U kishi uzoq muddat Buxoro va Samarqandda tahsil olib, kalom ilmi, ya‟ni islomiy
e‟tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob yozganlar. Ana shu kitoblarida
bundan ming yil oldin din masalasida adashganlarga to„g„ri yo„l ko„rsatganlar”, –
deb ta‟kidlagandi mamlakatimiz rahbari.
29
O„shanda Nasafiy bobomiz (to„liq ism-shariflari Abul Mu‟iyn Maymun ibn
Muhammad ibn Mo„tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-
Makhuliy) ziyoratgohida muazzam majmua barpo etish, bu ulug„ zotning
kitoblarini tarjima qilish va nashrdan chiqarishning muhim ahamiyatga ega ekani
haqida ham so„z bordi. Mamlakatimizning barcha hududlarida dinimiz ravnaqi
yo„lida beqiyos xizmat qilgan buyuk aziz avliyolar, alloma zotlar xotirasiga barpo
etilgan yodgorlik majmualari, ilmiy markazlar faoliyat ko„rsatayotganiga e‟tibor
qaratildi.
Prezidentimizning “Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi
maktabini tashkil etsak, o„ylaymanki, bu juda foydali bo„ladi. Kelgusida chuqur
bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng
muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog„lom
e‟tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo„lib xizmat qiladi”, – deya
bildirgan qimmatli takliflari asosida bu yerda ana shu ilmiy maktab o„z faoliyatini
boshladi. Binobarin, aqoid ilmida bitilgan jamiki manbalar, sharh va hoshiyalarda
Imom Abu Muin Nasafiy nomi tilga olingani hamda uning “Tabsirat al-adillati fi
ilm al-kalom” (“Kalom ilmida dalillar tilga kirganda”) asaridan iqtibos keltirilgani
yoki unda bayon qilingan hukm e‟tirof etilganini ko„rish mumkin. _
Abul Muin Nasafiyning ilmiy merosi. Abu Mansur Moturidiy maktabining
atoqli namoyandalaridan biri, ulug„ Abul Mu‟iyn Maymun ibn Muhammad ibn
Mo„tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy milodiy
1027 yili Nasaf, ya‟ni Qarshida tug„ilgan. Abdulkarim Sam‟oniy Abul Muin
Nasafiy ismiga “Ibsoniy”ni ham qo„shib aytadi va Ibson qishlog„i Qarshi shahridan
bir farsah (taxminan 5-6 chaqirim) uzoqlikda joylashganini ta‟kidlaydi. Abul Muin
Nasafiy shu qishloqda tug„ilgan. Uning katta bobosi Makhul Nasafiy (vafoti 930
y.) Imom Moturidiyning shogirdlaridan edi. Bobosi Mo„tamid ibn Makhul Nasafiy
hanafiy olimlar orasida mashhur edi. Abul Muin boshlang„ich bilimlarni bobosi va
otasidan oladi. Keyinchalik Abul Yusr Pazdaviyga shogird bo„ladi.
30
Abul Muin Nasafiy Buxoro va Samarqandda yashab, samarali ijod qilgan.
Uning shogirdlari orasidan Alouddin Samarqandiy, Ibrohim Saffor Buxoriy kabi
olimlar yetishib chiqqan.
Abul Muin Nasafiy asarlarining ko„pi kalom ilmining turli masalalariga
bag„ishlangan. “Al-umda fi usulil fiqh”, “Bahrul kalom fi ilmil kalom”, “Tabsiratul
adilla fi ilmil kalom”, “At-tamhid li qova‟idit tavhid fi ilmil kalom”, “Al-olim val
muta‟llim”, “Izohul mahajati li kavni ahli hujjatan”, “Sharhul jome‟ul kabir lish-
Shayboniy fi furu‟” va “Mu‟taqidot” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Olimning “Bahrul kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom
bo„yicha asosiy manbalaridan biridir. U o„rta asrlarda katta shuhrat qozongan,
o„sha davrda ko„chirilgan qo„lyozma nusxalari hozir Dubay, Damashq, Bag„dod,
Qohira va Iskandariya kutubxonalarida saqlanmoqda. Olimning ushbu asari uchta
katta asari orasida (“Tabsiratul adilla”, “At-tamhid li qova‟idit tavhid”, “Bahrul
kalom”) birinchi bo„lib nashr etilgan.
Abul Muin Nasafiyning mashhur asarlaridan yana biri “Tabsiratul adilla fi
usulid din ala toriqil imom Abu Mansur Moturidiy” (“Din asoslarini imom Abu
Mansur Moturidiy tariqatiga binoan dalillar bilan sharhlash”)dir. Nomidan ham
ma‟lum, asarda moturidiya ta‟limoti dalillar bilan sharhlanadi.
Allomaning kalom ilmiga oid yana bir mo„jaz kitobi “Kitobut tamhid li
qova‟idit tavhid” asaridir. Jahon kutubxonalarida kitobning ko„plab nusxalari
saqlanadi. Yaqinda Turkiyada bu asar Istanbul kutubxonalarida saqlanayotgan
qo„lyozma asosida qayta nashr etildi.
Abul Muin Nasafiy Abbosiylar hukmronligi zaiflashib, inqirozga yuz
tutayotgan davrda yashab ijod qildi. Bu davrda ulkan imperiya bir necha mustaqil
mamlakatlarga bo„linib ketdi, siyosiy ahvol ancha keskinlashdi. Bu holat ilm
sohasiga salbiy ta‟sir qilmadi. Aksincha, yuksak madaniyat markazi bo„lgan
poytaxt Bag„dodga bellashadigan Qurtuba, Qohira, Buxoro kabi madaniyat
o„choqlari paydo bo„ldi. Shunday ilm-irfon markazlarida Abul Muin Nasafiydek
buyuk olimlar yetishib chiqdi.
31
Alloma mol-dunyoga qiziqmadi, parhezkor, faqih, muhaddis, mutakallim
bo„lib, qat‟iy dalillar bilan salaflarning fikrlarini mustahkamladi, mo„tazila,
jahmiya, rofiziya, xorijiya kabi muxolif firqalarga qarshi turib, ularning aqidasi
botilligini aniq, ishonchli hujjatlar bilan isbotlab, odamlar orasida ilmu ma‟rifat
ziyosini sochdi. Abul Muin Nasafiy milodiy 1114 yili vafot etdi. Qabri
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog„ida.
Abul Muin Nasafiy xususida so„z. Abul Mu‟iyn Maymun ibn Muhammad ibn
Mo„tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy “Islom
qonunshunosligida va kalom ilmida Hazrati Moturidiydan keyin turadigan alloma”,
– deb tavsiflangan tarixiy manbalarning birida. Olimning asarlarini o„rganish va
qiyosiy tahlil qilishning ahamiyati shunda ko„rinadiki, Abu Muin Nasafiy
davridagi turli aqidaviy g„oyalarni ko„tarib chiqqan oqimlar va aqidaviy
yo„nalishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, chalkash aqidaviy masalalarga
yechim izlash, aqidaviy oqimlarning ta‟limotlariga asosli raddiyalar bera olish
bugungi kunda ham shu sohadagi muammolarni bartaraf etishdagi to„g„ri
yondashuvni shakllantirishning muhim omilidir.
Abu Muin Nasafiyning shogirdi Abu Hafs Umar Nasafiy u kishini: “Ilmi
dengizdek hovuchlab ichiladigan zot, Sharqu G„arbning olimi”, – deb ta‟riflagan
edi_. U kishi Mo„tazila, Hanbaliya, Jahmiya, Rofiziya, Xavorijiy va boshqa firqa
vakillariga inkor etib bo„lmas hujjatlar bilan dalil keltirgan buyuk olimdir. U ilmni
odamlarga tarqatdi. Shogirdlari uni maqtab “Umarun Nasafiy” (“Nasaflik Umar”),
– deb atashdi.
Najmuddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Al-qand fiy
zikri ulamoi Samarqand” (“Samarqand ulamolari xotirasiga doir qanddek shirin
kitob”) asarida bu olim haqida shunday deyilgan: “Sharqu G„arbning olimu
ulamolari Abu Muin Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo
nurlarini ko„zlariga to„tiyo qilib surtganlar”. Kalom ilmining yirik namoyandalari
Abulhasan Ash‟ariy va Abu Mansur Moturidiy asarlaridan ta‟lim olgan Abu Muin
Nasafiy kalom ilmida yetuk alloma sifatida kalomning turli masalalariga oid 15 ga
yaqin asarlar yozgan. Ulardan quyidagilarni ko„rsatish mumkin:
32
1. “Al-Umda fi usulil-fiqh” (“Fiqh usullari tayanchi”).
2. “Tabsiratul-adilla fi ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi dalillar ko„zgusi”).
3. “At-Tamhid li qavoidit-tavhid fiy ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi tavhid
qoidalar uchun yagona kitob”).
4. “Olim va mutaallim” (“Olim va ilm o„rganuvchi”).
5. “Izoh va mahajja li kavnil-aql hujjatan” (“Aql dalilligini izoh va hujjatlar
bilan asoslash”).
6. “Manohijul-aimma fil-furu‟” (“Imomlarning huquqshunoslik bo„yicha tutgan
yo„llari”).
7. “Mu‟taqidot” (“E‟tiqodlar”). Bu asarning bir qo„lyozmasi O„zR FA
Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda
8. “Bahrul-kalom” (“Kalom dengizi”). Bu asar alloma ijodining gultoji
hisoblanadi. Asar islom falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo„yicha eng qimmatli
manbadir. Uning qo„lyozmalari Dubay, Damashq, Iskandariya kutubxonalarida
saqlanmoqda. 1886 yili Bag„dodda, 1908 yili Qohirada nashr etilgan.
Abul Muin Nasafiy moturidiya mazhabining taraqqiy etishiga eng ko„p hissa
qo„shgan olimlardan hisoblanadi. U zot tufayli Nasafga “Qubbat-ul ilm va-l-adab”
(“Ilm va adab qubbasi”) degan sharafli nom berilgan.
Abu Muin Nasafiy 1114 yili vafot etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |