IMK raisi:
f.m.f.f.d.
A.Xolmurodov
“Kelishildi”
O„quv–uslubiy boshqarma boshlig„i:
g.g.f.d. P.Qurbonov
3
MUNDARIJA
1.
Ma‟ruza matni......................................................4
2.
Mustaqil ta‟lim mashg„ulotlari............................83
3.
Gelossariy............................................................84
4.
Amaliy mashg„ulotlar..........................................86
5. Fan dasturi...........................................................99
6. Ishchi fan dasturi.................................................110
7. Baholash mezonlari.............................................119
4
MARUZALAR MATNI
5
“NASAFIYLARNING PEDAGOGIK QARASHLARI” FANINING
PREDMETI VA MAQSADI
Reja:
1.
Fanning maqsadi, predmeti va vazifalari
2.
Pedagogika fanlar tizimida tutgan o„rni
3.
Fanning metodologikasoslari
4.
Boshqa fanlar bilan aloqasi
Ulug„ ajdodlarimiz Nasafiy allomalardan qolgan pedagogik qadriyatlar yosh
avlod tarbiyasida muhim dasturilamallardan biridir. Yoshlar ta‟lim-tarbiyasi
yo„lida Nasaf allomalarining boy ma‟naviy-ma‟rifiy meroslarini o„rganish
quyidagi yangi imkoniyatlar uchun keng yo„l ochdi:
- pedagogik g„oyalarning rivojlanishida tarixiy izchillikni amalga oshirish;
-
kadrlarning ma‟naviy-g„oyaviy mafkurasini shakllantirishda Nasaf
allomalarining ma‟naviy merosiga suyanish;
- ta‟lim -tarbiya sohasidagi Nasafiy allomalarning asarlaridan, ulardagi
qadriyatlar, milliy urf-odat va an‟analardan foydalanish.
Bular bo„lajak o„qituvchining pedagogik bilim va mahoratini oshirish imkonini
yaratadi. Har bir o„qituvchi, murabbiy, tarbiyachi, turli kasb egalari va ziyolilarda
6
insonshunoslik va tarbiya-ta‟limshunoslik borasida boy bilim, hayotiy malakalarni
hosil qiladi. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari fani”ning vazifalari:
- shaxs taraqqiyotidagi ta‟lim-tarbiyaning ijtimoiy, ma‟naviy, ma‟rifiy
rivojlanishi haqida ma‟lumot berish;
- Nasaf va Kesh allomalari merosidagi ta‟lim va tarbiya masalalarini,
texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yuksak g„oya va tajribalarni ijodiy
rivojlantirishni o„rganish;
- bo„lajak o„qituvchilarni o„quv-tarbiya yo„li jarayonida Nasafiy buyuk
allomalarning asarlaridagi pedagogik g„oyalarini o„rganish.
Tarbiya jarayoni Nasafiy allomalar yaratgan asarlarni, ularning ijodini
o„rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani talabalarda kasbiy-pedagogik
tayyorgarlikni shakllantirishda, yosh avlodga ta‟lim-tarbiya berishda eng asosiy
vazifalardan biri bo„lgan buyuk allomalarning qarashlarini o„rganish va keng
jamoatchilikka targ„ib qilishdan iboratdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining maqsadi bugungi Mustaqil
O„zbekiston amaliyotida qo„llanayotgan talim-tarbiya usullari, boy madaniy
merosimizga asoslangan holda har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash
jarayonini takomillashtirishdan iboratdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining asosiy vazifasi talabalarda
nasaflik allomalarning komil inson tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari va
ularning ma‟naviy-axloqiy tarbiya rivojidagi roli hamda ahamiyati borasidagi
tasavvurlarini hosil qilish, Vatanimizning kelajagi bo„lgan yosh avlodning
ma‟naviy olamini boyitish, har sohada barkamol qilib tarbiyalash uchun
ajdodlarimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan ma‟naviy boyliklar:
yozma manbalar, urf-odat va an‟analar to„g„risidagi bilimlardan bahramand qilish,
ularda xalqimizga hurmat, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik
tuyg„ularini uyg„otish va shakllantirishdan iborat.
Fanning tayanch (to„ldiruvchi) axborot manbai sifatida:
- nasaflik allomalarning ilmiy-pedagogik qarashlarida komil inson tarbiyasiga
doir pedagogik qarashlardan keng foydalanish;
- Nasaf va Kesh allomalarining ilmiy-pedagogik qarashlarida komil inson
tarbiyasining mazmuni, vazifalari, barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini
ochib berish;
7
- nasaflik allomalarning ilmiy va metodologik qarashlarida komil inson
tarbiyasiga doir pedagogik qarashlarning tasnifi va ulardan yuksak ma‟naviyatli
shaxslarni tarbiyalash hamda pedagogik faoliyatni amalga oshirishda foydalana
olish ko„nikmasini shakllantirishdan iborat.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani fan sifatida bir qancha asoslarga
ega. Bulardan eng ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, gigiyenik,
mafkuraviy, huquqiy-meyoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar
hisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining ijtimoiy asosi pedagogik
mutaxassislar tayyorlash hamda yoshlar va har bir shaxs kamolotini shakllantirish
borasida jamiyat va davlatning ta‟lim-tarbiya sohasidagi vazifalariga hamohangdir.
Ushbu vazifalarni o„z o„rnida va to„g„ri ado etishdagi tashkiliy ishlar hamda
usullarini belgilashda zarur yumushlardan biri bo„lib xizmat qiladi. U shaxsning,
jamiyatning ma‟naviy rivojlanishidagi va davlat taraqqiyotidagi asosiy omillardan
hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining falsafiy asosi yoshlar ta‟lim-
tarbiyasi ishining maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarining samarali yo„lga
qo„yilishi, ijtimoiy taraqqiyot, ya‟ni jamiyat hayoti rivojlanishi bilan mushtarak
holda bo„lishini taqozo qiladi. Ya‟ni har qanday milliy yo„nalishdagi ta‟lim-tarbiya
ishi, jumladan bizning mamlakatimizdagi yoshlar ta‟lim-tarbiyasi dialektika
qonuniyatlariga to„la mos bo„lgandagina, ko„zlangan maqsadga erishish samarali
bo„ladi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining metodologik asosi ta‟lim-
tarbiyani amalga oshirishda tarixiy tarbiya uslublari bilan zamonaviy pedagogik
texnologiya metodlari uzviylik asosida amalga oshirilishini belgilaydi.
Insonlarning ma‟naviy olami hamda ta‟lim-tarbiyaning turli tarixiy davrlarda
turlicha asoslarga ega bo„lganligi bu yo„nalishda o„ziga xos metodlarni keltirib
chiqargan. Hozirgi olam va uning xususiyatlari haqida xolis ma‟lumotlar olish,
haqqoniy bilimlarni tarixiy ildizlar bilan asosli
bog„lay olish metodikasi ushbu
fanning metodologik asosi hisoblanadi. Metodologik asosning ilmiy jihatdan
to„g„ri bo„lishi pedagogik texnologiyalar uchun zaruriy shartdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining didaktik asosi uning ta‟lim-
tarbiya qoidalari va tamoyillariga muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar
ta‟lim-tarbiya vazifalarining nazariy va amaliy jihatdan to„g„ri bajarilishidan
iboratdir. Pedagogik texnologiyalarning didaktik jihatdan to„g„ri bo„lishi ularning
yuqori
samaradorligining
zaruriy
sharti
hisoblanadi.
Buning
uchun
ajdodlarimizning o„qitish usullaridan zamonaviy didaktikaning ilmiy xulosalari
bilan bog„liq holda ijodiy foydalanish talab qilinadi.
8
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining pedagogik asosi tarixiy
pedagogika bilan zamonaviy pedagogika fanining o„zaro bog„langan ilmiy-nazariy
xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda fanning umumiy tarkibiy tuzilmasi, mazmuni,
shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonninng tashkil qilinishi, olib borilishi,
uning diagnostikasi, monitoringi, o„quv-mavzu rejalari va shu kabilarning tarixiy
manbalarga asoslangan bo„lsa-da, ilmiy jihatdan to„g„ri bo„lishi ta‟minlanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining psixologik asosi psixologiya
fanining ilmiy xulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. Ulardan ta‟lim-tarbiya
jarayonida to„g„ri foydalanish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu
sababli psixologiya qonunlarini to„liq hisobga olinishi talab etiladi.
Ta‟limning har bir bosqichida tegishli yosh psixologiyasi xususiyatlariga
moslashtirilgan pedagogik texnologiyalar qo„llaniladi. Har bir bosqichda tegishli
darajadagi bilim va tarbiya beriladi. Bu masalalarni o„rganish bilan tabiiyki,
pedagogik psixologiya fani shug„ullanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining fiziologik asosi o„quvchilarning
turli yoshdagi fiziologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bunda o„g„il va
qiz bolalar fiziologiyasidagi farqlar alohida hisobga olinishi lozim. Pedagogik
texnologiya jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog„lom avlodni voyaga
yetkazishninng zaruriy sharti hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining gigiyenik asosi ta‟lim-
tarbiya jarayonida salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Bunda
turli zararli va ortiqcha ta‟sirlarni bartaraf qilish, o„quv sharoiti: yoritilganlik,
harorat, havoning tozaligi, o„quvchining va o„qituvchining ish o„rni, jihozlar,
o„quv nagruzkalarining meyorlari, didaktik vositalarning qulayligi sifati va shu
kabilar tibbiyot, fiziologiya, ekologiya talablariga mos keladigan hamda
insonparvarlik va xalqparvarlik g„oyalariga muvofiq bo„lgan ilmiy asoslarda
belgilab boriladi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining mafkuraviy asosi uning
o„qitilishini milliy istiqlol g„oyasi va mafkurasi tamoyillariga asoslangan holda
amalga oshirishni taqozo qiladi. Ma‟lumki, barkamol insonni shakllantirish
mafkuraviy jihatdan to„g„ri tarbiyalangan, fidoiy, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan boshqalarga ibrat bo„ladigan, bilimli, ma‟rifatli, ijtimoiy faol, milliy va
umuminsoniy odob-axloq qoidalariga doimo bo„ysunadigan insonni voyaga
yetkazishdan iborat. Shu bilan birga, bu o„rinda dunyoviy hamda diniy tarbiya
ishlari to„g„ri yo„lga qo„yilishi ahamiyatlidir.
9
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining huquqiy-meyoriy asosi ta‟lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonuniy va meyoriy
hujjatlar bilan belgilanadi. Bular O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta‟lim
standartlari, o„quv rejalari va dasturlari, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
ta‟lim-tarbiya sohasiga tegishli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
buyruqlari, ular asosida tayyorlanib, o„rnatilgan tartiblar asosida tasdiqlangan
nizomlar, ustavlar va boshqa meyoriy hujjatlar hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining
Do'stlaringiz bilan baham: |