O’zbek xalqining o’tmishda yaratgan boy madaniy merosi
O’zbek xalqi azal-azaldan bitmas ,qimmatbaho madaniy merosga ega millatlardan biri hisoblanadi.O’zbekiston boy madaniy merosi,ma’naviy qadriyatlari, fan va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlari bilan insoniyat tamadduniga salmoqli hissa qo’shgan.Bu ulkan meros mamlakatimizdagi yuzlab muzeylar,ilmiy-tadqiqot institutlari,galereyalar va arxivlarda asrab-avaylab kelinmoqda.
-Buyuk Ipak yo’li markazida joylashgan O’zbekiston boy madaniy merosga ega mamlakat,-deydi Krista Pikkat.
Madaniy meros bu-o’tmish moddiy-madaniy boyliklari. Ajdodlardan avlodlarga qolgan xalq og’zaki ijodi, yozma adabiyoti,san’ati,me’morlik va hokazo namunalari.Adabiy-madaniy meros uni yaratgan xalq bilan izchil va mustahkam bog’langan bo’ladi;shu xalqning qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha yaratgan va saqlanib kelgan adabiy-ma’naviy yodnomalari,moddiy-ma’naviy obidalarini o’z ichiga oladi.Misol uchun,12 jildli O’zbekiston milliy ensklopediyasining nashr etilishi adabiy-madaniy merosni o’rganishda muhim tadbir bo’ldi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda boy madaniy merosni asrash va o’rganish,xalqimizning insoniyat sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini jahonga keng targ’ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |