Tazkirachilik tarixiga bir nazar



Download 51 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi51 Kb.
#677292
Bog'liq
S.Sotvoldiyeva. MAQOLA


Tazkirachilik tarixiga bir nazar.
Qo’qon DPI 1-bosqich magistranti
Sadoqatxon Sotvoldiyeva

O’zbek xalqi boy madaniy-ma’rifiy merosi va ko’plab buyuk ajdodlariga ega. Ushbu ulkan meros haqida boxabar bo’lish , ular yaratgan nodir asarlar sarchashmasidan bahra olish imkoniyatini, bizga aynan, tazkiralar hadya etadi.


Tazkira oʻrta asr forsiy va turkiy tillardagi adabiyotshunoslik janrlaridan biri hisoblanadi. Ushbu atamani ikki ma’noda ishlatamiz. Keng maʼnoda tarix, tasavvuf, sanʼat sohasidagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi asar bo`lsa, tor maʼnoda shoirlar hayoti va ijodi haqida maʼlumot, asarlaridan namunalar keltirib tuzilgan toʻplam. Tazkiralarda bir necha asrda yashagan yoki muayyan davr shoirlarining hayoti va ijodi haqida turli tarzda maʼlumotlar beriladi. Shoirlarni qamrab olish jihatidan tarixiy zamonaviy va zamonaviy tazkiralarga boʻlinadi. . Tarixiy zamonaviy tazkiralarda bir necha asr davomida yashab ijod etgan shoirlar haqida bo’lib, bunday tipdagi tazkiralarga Avfiyning "Lubob ul- albob", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarlarini kiritish mumkin. Zamonaviy tazkiralarda esa tuzuvchining zamondoshlari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bu tipdagi tazkiralarga misol qilib, Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", Mutribiyning "Tazkirat ush-shuaro" asarlarini kiritish mumkin. Shu o’rinda bir narsani alohida ta’kidlash kerakki, nafaqat shoir va yozuvchilar haqida ma’lumot qidirgan inson , balki, hayotda hidoyat qidirgan ham uni Navoiydan izlasa shak-shubxasiz topqusidir. [1,3]
Tazkiralarda shoirlar har xil uslubda: "abjad" tizimida, sulola va arab alifbosi asosida, geografik uslubda, tazkira tuzuvchi tomonidan shaxsan koʻrganlik, ijodiy muloqotda boʻlgan-boʻlmaganlik asosida joylashtiriladi. Shoirlar haqidagi maʼlumotlar alohida kichik maqola fiqradan iborat boʻladi. Unda shoirning ismi, taxallusi, qayerdanligi, ijodi, sheʼrlaridan namunalar, tabiatidagi oʻziga xos xususiyati, qay darajada shuhrat topganligi va boshqa sheʼriy yoki nasriy tarzda bayon etiladi.[2,20] . Tazkiralarda baʼzan 2 tilda maʼlumot berish hollari ham uchraydi. Jumladan, Fazliy Namangoniyning "Majmuai shoiron" asartida ushbu xususiyatni kuzatish mumkin. Tazkira tuzuvchisining adabiy-estetik uslublari qaysi adabiy yoʻnalishiga mansubligi jihatidan farqlanadi. Sharq adabiyotshunosligida bizgacha yetib kelgan dastlabki tazkirani Abu Mansur as-Saolibiy, oʻzbek adabiyotida Alisher Navoiy yaratganlar.
Hazrat Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan turkiy tazkirachilik maktabi XX asr boshlariga qadar nafaqat Turkiston yoki Markaziy Osiyoda, balki Eron, Hindiston, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Turkiyada muvaffaqiyat bilan davom etgan. Oʻtgan 500 yildan ortiqroq vaqt davomida yaratilgan tazkiralarda “Majolis un-nafois”ning izlarini ilgʻash qiyin emas. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”asarining taʼsiri haqida professor Mustafo Eson shunday yozadi: “Hazrat Alisher Navoiy boshqa koʻplab tazkiralarga namuna boʻlarlik asar yaratgani bilan ahamiyatlidir…” Butun XVI asr tazkiralarida Navoiy anʼanalari davom etdi, XVII asrdan mumtoz tazkiralarga qaytildi va endi Navoiy yana bir sogʻinch bilan eslanib, qoʻmsala boshlandi.
Aynan Alisher Navoiy ta’siri orqali yuzaga kelgan asarlar sirasiga “Muzakkiri ahbob ” asarini ham kiritish mumkin. Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob" asari tazkira janriga mansub. Unda Samarqand va Buxoroda yashab ijod qilgan 250dan ortiq ijodkor haqida ma’lumot beriladi. Asarda Navoiyning "Majolis un-nafois"i an’analari davom ettirilgan. Nisoriyning e’tiroficha, tazkirani yaratishdan maqsad "... Amir Alisherning "Majolis un-nafois"idan keyin yuzaga kelgan barcha fozillarning dongdor nomlarini bir bitik qaydiga kiritib va ularning yoqimli nafaslari isini toliblarning jon dimog‘iga etkazish" bo‘lgan.Tazkira "Maqola" qismi, 4 bob va xotimadan iborat. Maqola CHingiziy va CHig‘atoy sultonlariga bag‘ishlanadi. Birinchi bob muallif uchrashmagan va bu olamdan o‘tgan
ulug‘lar borasida hikoya qiladi. Ikkinchi bob Nisoriy uchrashgan va dunyodan ketganlar haqida. Uchinchi bob tazkiranavis uchrashgan va hozirda hayot zotlar haqida. To‘rtinchi bob muallif uchrashmagan va hozir yashayotgan tabarruk kishilar haqida. Xotima qismini esa u bobosi, otasi, amakisi, aka-ukalari kabi yaqin qarindoshlari zikriga bag‘ishlaydi. Asardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Bobur, Majlisiy, Husomiy, Najmiddin Kavkabiy, Xoja kabi buyuk allomalarimiz faoliyatlari borasida keng tafsilotlar olishimiz mumkin. Undagi ma’lumotlarning aniq va noyobligi tazkira qimmatini belgilaydi. Bu davrda Nisoriydan keyin ham bir qancha tazkiralar yaratildi. Jumladan, Sultonmuhammad Mutribiyning 1604-
1605 yillarda tuzilgan "Tazkirat ush-shuaro"sida 320 dan ziyod ijodkor haqida ma’lumot beriladi. Keltirilgan namuna-asarlarning vaznlari aniqlanadi. Har bir bob kichik muqaddima-debocha bilan boshlanadi. U 1627 yilda "Nusxayi zeboyi Jahongir" tazkirasini ham tuzadi. Unda 300 dan ortiq muhojir movarounnahrlik ijodkorlar zikr etilgan.[3,8]
Ko’rinib turganidek, tazkiralar nafaqat, ma’lum ijodkor va uning asari haqida , balki, biz bilmagan, hali fanga ma’lum bo’lmagan ijodkorlar , shuningdek bizga tanish ijodkorlarning notanish asarlari haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi manbadir. Jumladan, Po’latjon Domla Qayyumiy qalamiga mansub “Tazkirayi Qayyumiy” asarida ijodkorlar yashash joyi nuqtai nazaridan guruhlarga ajratilgan. Ushbu asar bilan tanishish jarayonida “shunday ijodkor ham bo’lgan ekanda…” degan taajjublanishlar girdobida qolish hech gap emas. Tazkiralarning eng katta afzalligi ham ana shu . Ma’lum ijodkorning hech bo’lmaganda bir g’azali topilib, u keng ommaga ma’lum qilinsa, bir tomondan adabiyotimiz boyitiladi, ikkinchi tomondan o’sha ijodkorning ruhi shod bo’ladi.
Tazkiralar sinchkovlik bilan o’rganilsa hali ko’plab qilinishi kerak bo’lgan ilmiy ishlar, ochilishini kutib yotgan jumboqlar borligiga ishonch xosil qilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



1.Isajon Sulton. Alisher Navoiy. Toshkent. “Adabiyot” nashriyoti. 2021. 3-bet.
2.D.Valixo’jayev . O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent. “O’zbekiston” nashriyoti. 1993-yil. 20-bet.
3. I.Adizova. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O’quv qo’llanma. Toshkent. “Fan” nashriyoti. 2009. 8-bet.
Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish