Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy haqida fikrlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy haqida fikrlar
. Aziziddin Nasafiy “Komil 
inson” asarining yigirmanchi risola, birinchi faslidagi “Aql va ilm inson uchun 
ixtisoslashganligi bayoni”da Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy fikrlaridan 
foydalangan. Alisher Navoiy o„zining "Lison ut-tayr", “Nasoyim ul-muhabbat” 
dostonlarida Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy nomini ehtirom bilan tilga 
olgan. “Avvalg„i tabaqadandur. Oti Asqar ibn Husayn. Xuroson mashoyixining 
ajillasidindur. Futuvvatu zuhdu tavakkulda Abu Hotam Attor Basriy va Hotam 


25 
Asamm Balxiy bila suhbat tutubdur. Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd 
Busriyning ustodi va piridur. Abu Turob q.s. uch yuz rikvador bila bodiyag„a kirdi. 
Abu Abdulloh Jallo va Abu Ubayd Busriy ikavaning bila qoldilar, o„zga barcha 
qayttilar. Ul debdurkim, “Qachonki, sizlardan biringizga ketma-ket ne‟matlar 
yetsa, o„z holiga yig„lasin.” Shubhasiz, u solihlar yo„lidan emas, o„zga yo„ldan 
yuribdi. Va Abu Turob q.s. badiyada nomozg„a turg„anda, samum yeli ani 
kuydurdi, ikki yuz qirq beshda, ul yilki, Zunnun q.s. dunyodin o„tdi.”_ Abu Turob 
an-Naxshabiy an-Nasafiy Xuroson mashoyixlari orasida mashhur bo„lgan. Qirq 
marta hajni ado etgan. Ma‟ruza va suhbatlarida kishilarni nafsni tiyib yurishga, 
sabr-qanoatli bo„lishga, shariat, tariqat va ma‟rifat yo„lidan borishga chaqirgan. 
Zamondoshlari uni "Ma‟no shohining mardoni", "Taqvo osmonining oyi", 
"Haqiqat ilmining orifi", "Qutbi zamon" deb ta‟riflashgan. Abu Turob an-
Naxshabiy an-Nasafiy haqida el orasida o„nlab naqllar yoyilgan va hozirgacha 
aytib kelinadi. Shulardan yigirmaga yaqini Muhammad Siddiq Rushdiyning 
"Avliyolar sultoni, turonlik avliyolar" kitobida (Toshkent, 1995) keltirilgan. 
Alisher Navoiy uning 261 hijriy (mil. 875) yilda olamdan o„tganligini qayd etadi. 
Basra dashtida vafot etganligi rivoyat qilinadi. Qabri Qarshi shahrida. 
As-Sullamiy «Tabaqot as-sufiyya», Tojuddin as-Subkiy «Tabaqot ash-shofoi‟yya 
al-kubro» nomli asarlarida Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy Xurosonning eng 
buyuk mashoyixlaridan biri bo„lganligini, u o„z ilmi, futuvvati, zohidlik va 
xudojo„yligi bilan alohida ajralib turganligini ta‟kidlaydi. Tojuddin as-Subkiyning 
ta‟riflashicha, Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy beshak o„z davrining ulug„ 
shayxi bo„lib, ilm va dinni o„zida to„la mujassam qilgan zot bo„lgan. 
Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning ilm-fanga qo„shgan hissasi. U Abu 
Hotam al-Attor al-Basriy, Hotam al-Asami al-Balxiy kabi olimlar bilan muloqotda 
bo„lib hamkorlik qilgan. U turli olimlardan ko„plab hadislar yozib olgan, Imom 
ash-Shofi‟iy asarlarini chuqur o„rgangan. U Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr, 
Nuayn ibn Hamod, Ahmad ibn Nasr an-Naysoburiy kabi olimlardan hadislar 
rivoyat qilgan. O„z navbatida Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiydan Ahmad ibn 
al-Jalo‟, Abu Bakr ibn Osim, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal va boshqalar 


26 
hadislar rivoyat qilganlar. Abu Abdulloh ibn al-Jalo‟ shunday degan: “Men 
hayotimda olti yuz shayxni uchratganman, lekin ularning orasidan to„rttasiga 
o„xshaganini sira ko„rgan emasman. Ulardan eng birinchisi, shubhasiz, Abu Turob 
an-Naxshabiy an-Nasafiydir. Qolgan uchovlari Abdullohning otasi Yahya al-Jalo‟, 
Abu Ubayd al-Iusriy va Zunnun al-Misriydir roziya ollohu anhum”.
Ali binni Husayn dedi: “Abu Turobga dedim (u sahroga ketayotgan edi): oziq-
ovqatdan olib qol”. U esa dedi: “Sahroda ko„proq yaxshi hamroh kerak”. 
Isnodlari bilan muborak hadis vorid bo„lgan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
dedilar: “Orangizdagi dardmandlarni taom va sharobga (ichkilik suv yoki 
boshqalar) majburlamang, chunki ularni Robbilari yedirib ichtiradi”. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish