Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

 
Mustaqil ta‟lim 
Aziziddin Nasafiyning “Komil inson”, “Zubdat ul-haqoyiq” asarlarining 
pedagogik talqini. Aziziddin Nasafiy hikmatlari, ilmiy asarlari, tarjima va 
sharhlaridan foydalanish. 
Nazorat savollari 
1. 
Aziziddin Nasafiyning hayoti va faoliyati to„g„risida so„zlang. 
2. Aziziddin Nasafiy asarlarida shaxs ma‟naviy-axloqiy tarbiyasi va hozirgi 
globallashuv jarayonidagi ma‟naviy uyg„unlik sifatini qiyoslang.
3. Aziziddin Nasafiyning ma‟naviy merosi va uni hozirgi davrda ustuvor yo„nalish 
sifatida tan olingan komil inson tushunchasi bilan qiyoslang.
4. Aziziddin Nasafiyning tarbiyaviy qarashlarida shaxs sifatlarining ulug„lanishi 
masalasi nimalarda namoyon? 
ZIYOUDDIN NAXSHABIY ASARLARIDA AXLOQIY TA‟LIM- 
TARBIYANING YORITILISHI 


57 
 
Reja: 
1.
Ziyouddin Naxshabiyning ijodiy faoliyati va uning ta‟lim jarayonidagi 
o„rni.
2.
2.“To„tinoma” asari va uning barkamol avlod ta‟lim-tarbiyasiga ta‟siri 
3.
“To„tinoma” asarining komil inson tarbiyasiga oid qarashlarining 
pedagogik konsepsiyasi

Taniqli shoir va adib, Naxshab (Qarshi) shahrida tug„ilgan. Yoshlik yillarida 
oilasi bilan Hindistonga ko„chib ketgan. Umrining ko„p qismi Badounda o„tgani 
uchun “Badouniy”, “Hindiy-Badouniy” nisbalari bilan ham yod etadilar. 
Ziyouddin Naxshabiy o„z ona tilidan tashqari fors, arab, sanskrit tillarini puxta 
bilgan. O„z zamonasining falsafa, axloq, tibbiyot, musiqa, aruz, tasavvuf, fiqh 
singari ilmlarini puxta o„rgangan. Turmush qiyinchiliklariga qaramasdan, hokimlar 
va sultonlarning saroy xizmatiga da‟vatlarini qabul qilmagan. Umrining oxirlarida 
tasavvuf ahliga qo„shilib, go„shanishinlikni ixtiyor etgan. 
Ziyouddin Naxshabiyning eng mashhur asarlaridan biri “To„tinoma”dir. U 
hijriy 730 yilda (milodiy 1329-1330 y.) yozib tugatilgan. Hind folklori 
namunalarnning qayta ishlangan varianti bo„lgan bu kitob asrlar davomida qo„lma-
qo„l bo„lib kelgan. Jumladan, u 1851 yilda Qozon shahrida bosma usulda nashr 
etilgan. XIX asrda ingliz va nemis tillariga tarjima qilingan. Mashhur nemis adibi 


58 
Getman Gesse “To„tinoma” asaridan g„oyatda ta‟sirlanganligini, uni 4-5 marta 
o„qiganini yozadi. Keyinchalik, mazkur asar turk va rus tillariga ham o„girilgan. 
“Gulrez”, “Juz‟iyot va kulliyot”, “Silk us-suluk”, “Sharhi surai Zabur”, 
“Nasoyih va mavoyiz”, “Ashirai mubashshira” singari asarlar ham Naxshabiy 
qalamiga mansub. Ularning aksariyati bizning davrimizgacha yetib kelgan. 
Atoqli rus olimi A. Krimskiy birinchilardan bo„lib Naxshabiy hayoti va 
faoliyatiga oid ba‟zi ma‟lumotlarni to„plagan edi. Keyinroq YE. Bertels “Islom 
qomusi” asarida Naxshabiy va uning asarlari haqida ma‟lumot berdi. 1979 yilda 
esa “To„tinoma” asarini tarjima qilib, rus tilida nashr ettirdi. 
O„zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti qo„lyozmalar 
jamg„armasida “To„tinoma” asarining turli davrlarda ko„chirilgan 9 ta nusxasi 
mavjud. Shuningdek, 159/XIX raqami ostida shoirning she‟riy asarlarini o„z ichiga 
olgan “Devoni Ziyoi Naxshabiy” saqlanmoqda. U 1850 yilda Muhammad Xusayin 
Bulg„oriy tomonidan ko„chirilgan. Jahondagi bir qator kutubxonalarda, jumladan, 
Sankt-Peterburgdagi M. YE. Saltikov-Shchedrin nomidagi davlat xalq kutubxonasi 
jamg„armasida ham adibning bir qancha asarlari borligi ma‟lum. Ziyouddin 
Naxshabiy 1350 (1356) yili vafot etgan.
Ziyouddin Naxshabiyning o„zining ixchamligi, badiiy jozibadorligi ma‟nan 
hikmatlarga boyligi bilan ajralib turuvchi “To„tinoma ”asari uzoq asrlar davomida 
zamonlar sinovidan o„tib, katta-yu kichik baravar tushunadiga bir syujet ipiga 
marjondek tizilgan o„ttizga yaqin purma‟no va purhikmat ertaklardan iborat. Asli 
ikki yorning bir-biriga vafodorligi (ba‟zan esa bevafoligi) haqida hikoya qiluvchi 
bu ertaklar chinakam katta tarbiyaviy kuchga ega. Odamlar taqdiri tabiatdagi har 
bir jonli va jonsiz mavjudotlar taqdiriga bevosita va bilvosita bog„liqligi kishini 
hushyorlikka chorlaydi. Tabiatdagi biron-bir narsa hech qachon ortiqcha yaratilgan 
emas, hamma narsaning o„z o„rni va ahamiyati oldindan belgilab qo„yilgan. Hatto 
insonlarning ko„zga ko„rinmas ma‟naviy va ruhiy xislatlari ham asli yaratilgan 
paytdagidek butun va sog„lom bo„lmasa, eng avvalo insonlarning o„ziga, 


59 
qolaversa, butun jamiyatga katta zarar keltiradi. “To„tinoma”da insonlardagi eng 
qutlug„ fazilat va fidokorlik tuyg„usi ulug„lanadi. Garchi ertak bo„lsa-da, ikki yor 
o„rtasidagi vafodorlik tuyg„usiga posbonlik qilish vazifasi aynan “bir siqim 
pat”dan iborat bo„lgan to„ti zimmasiga yuklanadi. Buning ramziy ma‟nosi shuki, 
to„ti insonning yuragi, to„ti o„tirgan qafas odamning tanasi (ya‟ni ko„kragi). Kishi 
yuragi uning ko„krak qafasida joylashgan. Binobarin, to„ti vafodorlik timsoli. 
Yuragi (vafosi)ni boy bergan sohibjamol Xujasta esa oxir-oqibatda, asar so„nggida 
o„limga mahkum bo„ladi. Ertak so„nggida shunday xulosa kelib chiqadiki, 
vafodorlik inson umriga umr qo„shadi, insonni baxtiyor qiladi, bevafolik esa 
insonni ham, insoniyatni ham halokatga duchor etadi.
“To„tinoma” tom ma‟nodagi ertak asar bo„lsa-da, uni xalq yo„lida insho etib, 
tartibga solgan roviy va kotiblar muayyan davr va tarixiy shaxslar tasvirlariga 
tayanganlar. Bu avvalo, ertaklarning inson hayotidan ayro emasligini, balki 
mushtarakligini ifoda etsa, ikkinchidan, asarning tarixan ma‟lum asrlarda dunyoga 
kelganini isbotlovchi dalolat bo„lib xizmat qilgan. Mazkur asar asli hind madaniy 
osori-atiqalari sirasiga kirgani bilan unda biz bepoyon Sharq sarhadlarida 
joylashgan ko„plab tarixiy va jug„rofiy joylar, mamlakatlar, shaharlar, dengizu 
daryolarni uchratamiz. Mutolaa mobaynida o„ziga xos tarzda xayolan olam bo„ylab 
“sayohat” qilamiz, turfa millatlar, xalqlar va mamlakatlar vakillari bilan 
uchrashamiz, ertak bahona ming yillar oldin o„tgan ajdodlarning o„y-xayollari, 
orzu-istaklari, ichki va tashqi dunyolari, hayot tarzi bilan ozmi-ko„pmi darajada 
tanishamiz. Ulardagi ezgu tuyg„ular bilan oshnolashib, g„oyibdan o„rtoqlashamiz, 
bir-birimizga yaqinlik, hamdardlik his etamiz. Shu bois o„nlab asarlar kabi 
“To„tinoma” ham o„z zimmasiga yuklangan baynalminal vazifani sharaf bilan ado 
etib kelmoqda.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish