Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

OLTINCHI HIKOYAT 
Jangchining xotini saroy amaldorining o„g„lini sharmisor qilgani xususida 
To„ti hikoya qila boshlabdi. 
- Bir shaharda bir jangchi yashar ekan. Uning xotini ertaklardagidek suluv 
ekan. Jangchining o„y-fikri faqat xotinida bo„lar ekan, tag„in birov yo„ldan ozdirib, 
gunoh qilib qo„ymasin deb bir zum ham undan ayrilmas ekan. Ittifoqo, mana shu 
jangchi qashshoqlashib qolibdi. Kunlarning birida xotini undan so„rabdi:
-
Begim, nega kasbingni tashlab, bizni shunday kunlarga solding? 
- Men senga ishonmayman, xotin, - deb javob beribdi er. – Hamma ishimni 
tashlab butkul xonavayron bo„lganim sababi shunda. Men hech qayoqqa 
borolmayman va hech yerda uzoq ishlay olmayman.
Shunda xotini debdi: 
-
Begim, yuragingdagi bunday ahmoqona o„ylarni chiqarib tashla. To„g„ri 
xotinni hech bir erkak alday olmaydi, yomon xotinni esa hech bir erkak uzoq 
ushlab turolmaydi. Qadimdan qolgan bir rivoyat bor, shuni eshitmaganmisan? Bir 
jo„ji filga aylanibdi, yelkasiga xotinini mindirib, u bilan o„rmon kezgani ketibdi. 
Besharm xotini esa baribir uning yelkasida o„tirib ham unga xiyonat qilgan ekan. 
-
Xo„sh, sen menga nima deysan? Sen nima desang, men shuni qilaman.
-
Eng yaxshi maslaxat shuki, - deb javob beribdi ayol, Hayallamay yo„lga 
otlan va biron joyga ishga kirib ol. Men senga bir dasta gul beraman. Toki gular 
barq urib ochilib turar ekan, bilginki, xotining nomusini yo„qotmagan bo„ladi va 
vafodorligicha qoladi. Xudo ko„rsatmasin, gular so„liy boshlasa, bilginki, xotining 
xiyonat qilgan bo„ladi. 
Bu gaplar jangchiga ma‟qul kelibdi va garchi u xotinini tashlab ketishga ko„zi 
qiymasa-da, pul ishlab topgani musofir yurtlarga yo„l olibdi. Xotini esa o„zi 
aytganiday yo„l boshida unga bir dasta gul beribdi. 


70 
Shu tariqa jangchi qandaydir shaharga kelibdi va bir davlat amaldorining 
o„g„liga xizmat qila boshlabdi, dasta gulni esa doim o„zi bilan olib yuribdi, ko„zini 
sira gullardan olmasmish. 
Bu orada kuz kelibdi, bog„larda daraxtlar bargini to„kib, gular birin-ketin so„liy 
boshlabdi. Oxiri gullardan nom-nishon qolmabdi. Faqat jangchining qo„lidagi 
gullar avval qanday bo„lsa, hozir ham o„shanday qiyg„och ochilib turganmish. 
Bir kuni amaldorning o„g„li o„z yaqinlariga debdi. 
-
Hozir yuz ming rupiya sarf qilib ham bironta gul topolmaysan. Na podsho, 
na vazir hech kim bir dona gulni topishga qodir emas. Qiziq, allaqanday kambag„al 
bir jangchi doim qayerdandir yangi ochilgan gullarni terib keladi. 
- Amirzodamizning umrlari uzun bo„lsin, - debdi mulozimlar. – Bizlar ham 
hayronmiz. 
Shunda amirzoda jangchidan so„rabdi: 
-
Ayt-chi jangchi, bu qanaqa gullar va ularni sen qayerdan olding? 
Menga ularni xotinim vafodorligi evaziga berdi, - javob beribdi jangchi. – U 
bunday degandi: “Toki bu gullar ochilib turar ekan, bilginki, domanim gunohdan 
pokdir”.
Amirzoda kulib yuboribdi va debdi: 
- Obbo jangchi-yey, xotining yo jodugar, yo yolg„onchi bo„lsa kerak. U sening 
boshingni aylantiribdi. 
Birozdan keyin u oshpazlaridan biriga buyuribdi. 
Jangchi yashagan falon shaharga bor, qabihlik qilasanmi, ayyorlik ishlatasanmi, 
ammo jangchining xotinini yo„ldan ozdir. Keyin uyga qaytib kel, bildingmi? Faqat 
tezroq. Qaytib kelgach, nima bo„lganini menga so„zlab berasan. Ko„ramiz 
o„shanda, bu gullar ochilib turaverarmikan yoki yo„q. 
Xo„jayinning buyrug„i bilan oshpaz o„sha shaharga boribdi va nimalar aytish 
kerakligini o„rgatib, jangchining xotiniga bir kampirni jo„natibdi. Kampir 
xotinnikiga kelibdi va oshpaz nimani o„rgatgan bo„lsa, hammasini aytibdi, tag„in 
o„zi ham ustiga ancha-muncha gaplarni qo„shib-chatibdi.
Jangchining xotini bu xotin bilan pachakilashib o„tirmabdi-da, bunday debdi: 
- O„sha erkakni huzurimga olib kel. Qaray-chi, menga yoqadimi yoki yo„qmi? 
Kampir oshpazni ayolning oldiga boshlab kelibdi, vafodor xotin esa egilib, 
uning qulog„iga shivirlab debdi: 
-
Bo„pti, men roziman. Faqat hozir sen borib, anovi xotinga ayt, bu ayol va 
uning axloqi menga yoqmadi de. El yotar mahalida bir o„zing qo„rqmay oldimga 
kelaver. Ammo kampirga churq etib og„iz ocha ko„rma, bu ifloslarga sirni ishonib 
bo„lmaydi. 
Oshpazga ayolning gapi ma‟qul bo„libdi va u kampirga bu ayol yoqmaganini 
aytibdi. Biroq el yotar mahalda oshpaz jangchi xotinining uyiga kelibdi va eshikni 


71 
chertibdi. Xotin esa ip to„rli karavotni yerto„la ustiga joylashtirib, uning ustiga 
choyshab tashlab qo„yibdi. Keyin oshpazni chaqirib debdi: 
-
Mana bu yerga o„tir.
Oshpaz suyunib ketibdi. Biroq karavotga o„tirgani hamon yerto„laga ag„anab 
tushibdi. Shunda jangchining xotini bunday debdi: 
-
Xo„sh mehmon, endi menga to„g„risini ayt, kimsan? Kim yubordi? Qayerdan 
kelding? Agar to„g„risini aytsang, seni tirik qo„yib yuboraman, bo„lmasa shu 
chuqurda chirib ketasan.
Shunda oshpaz o„zi va amirzoda haqida hamma narsani oqizmay-tomizmay 
aytib beribdi, biroq ayol uni qo„yib yubormabdi va oshpaz yerto„la ichida ancha 
vaqtgacha hibsda qolib ketibdi. 
Amirzoda esa oshpazni kuta-kuta toqati toq bo„libdi va ikkinchi oshpaziga 
debdi: 
-
Sen ham bor-chi o„sha yoqqa. O„zing bilan ko„proq mol olib ol va o„sha 
shaharda sotib pul qil. Ayolni yo„ldan ozdirgandan keyin tezda qaytib kel. Anoviga 
o„xshab sen ham dom-daraksiz yo„qolib ketma. 
Shunday qilib ikkinchi oshpaz ham jangchi ilgari yashagan o„sha mamlakatga 
yo„l olibdi, oldingi kampir bilan jangchining xotininikiga boribdi va u ham 
chuqurlikka qulab tushibdi.
Oxiri amirzoda modomiki shu paytgacha qaytib kelishmadimi, ikkala 
oshpazning boshiga biron musibat tushgan bo„lishi kerak degan to„xtamga kelibdi. 
Nachora, shikorni bahona qilibdi-da, uning o„zi haligi mamlakatga yo„l olibdi. 
Hamrohlari orasida jangchining o„zi ham bor ekan. 
Oradan bir necha kun o„tibdi, ular haligi shaharga yetay deb qolishibdi va bir 
bog„da qo„nishibdi, jangchi esa to„g„ri uyiga boribdi-da, xotinining oldiga qiyg„os 
ochilib turgan yap-yangi gullar dastasini qo„yibdi. Shunda xotini bo„lib o„tgan 
voqealarni ipidan-ignasigacha hikoya qilib beribdi. 
Ikki kun o„tgandan keyin jangchi boshlig„ini o„zinikiga mehmonga chaqiribdi 
va dasturxonni to„kis qilib tuzabdi, ikkala oshpazni esa tutqunlikdan chiqaribdi-da, 
ularga cho„rilar ko„ylagini kiydirib, bunday debdi: 
-
Biznikiga bugun mehmon keladi. Shirin va tansiq taomlar pishirib, ularning 
oldiga qo„yinglar, yaxshilab xizmat qilinglar, ertaga esa biz sizlarni ozod qilamiz. 
Shunday qilib ayollar ko„ylagini kiyib olgan ikkala oshpaz amirzodaning 
oldiga taom tortibdi. Shunisi ham borki, ular yerto„lada dam olib yotishganida 
o„lgudek och qolishgan ekan. Shundan ularning sochlari to„kilib tushgan, mo„ylov 
va soqollari tullaklab, yuzlarining rangi ham o„chib ketgan ekan. Tabiiyki, 
amirzoda o„z oshpazlarini tanimabdi va jangchidan so„rabdi: 
-
Cho„rilaring nima gunoh qilib qo„yishdi? Sochlarini taqir qilib oldirib, chala 
o„lik holatga keltirib tashlabsan-ku. 


72 
-
Ular og„ir gunohga yo„l qo„yishgan, - javob beribdi jangchi. – Sizlarga nima 
ham derdim. Marhamat, ularning o„zlaridan so„rab qo„ya qolsinlar, qilgan 
gunohlari to„g„risida ularning o„zlari gapirib berishadi. 
Shunda amirzoda tikilib qarabdi-da oshpazlarini tanib qolibdi, oshpazlar ham 
uni tanib, o„zlarini xo„jayinlarining oyog„iga tashlashibdi, keyin ko„zlaridan 
mildir-mildir yosh to„kib, jangchining xotini eriga qanchalik vafodor ekanligini 
hikoya qilib berishibdi. 
Jangchining xotini esa pardaning nariyog„idan turib debdi: 
-
Xah amirzoda-yey! Sen meni jodugar deb ayblading, erimni ahmoqqa 
chiqarding, uni kalaka qilib, meni sinamoqchi bo„lib odamlaringni yubording. 
Mana, endi o„zing ko„rib turibsan mening qandayligimni-yu nomusimning 
pokligini. 
Uyalganidan amirzoda yer yorilib, yerga kirib ketay debdi va jangchidan 
kechirim so„rabdi. 
To„ti hikoyasini shu yerda tugatibdi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish