Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

 BESHINCHI HIKOYAT 
 Zargar va duradgor xususida 
To„ti hikoyasini boshlabdi:
 
- Bir shaharda zargar bilan duradgor yashar ekan. Ular shunchalik do„stlashib 
qolishgan ekanki, ko„rganlar “Ha, xuddi oshiq-mashuqlarning o„zginasi” yo 
“Egizak bolalarning o„zginasi”, - der ekan. 
Kunlardan bir kun ikki do„st sayohatga yo„l olishibdi. Bir shaharga borib 
joylashishibdi, talay vaqt yashashibdi, xarjlari tugab, qashshoqlashib bir-biriga 
qarab bunday debdi: 
-
Shu shaharda bir butxona bor, oltin sanamlar to„lib-toshib yotibdi. Brahman 
kiyimini kiyib olamizda, ikkovimiz shu butxonaga boramiz. O„zimizni duo 
o„qiyotganga solamiz, zimdan to„r-beshta butni o„marib, qaytib kelamiz. Keyin 
ularni sotib pul qilamiz va tushgan pullarga qandimizni urib yashaymiz. 
Shunday qilishibdi ham. Ular butxonaga borishibdi va ibodat qila boshlashibdi. 
U yerdagi brahmanlar qarashsaki, xudojo„ylik va taqvodorlikda mana bu ikkala 
brahmanga yetib bo„lmaydi. Rosa xijolatda qolishibdi. Keyin bitta-bitta, ikkita-
ikkita bo„lib, butxonadan chiqib keta boshlashibdi va qaytib kirishmabdi.
Butxonani tashlab chiqib ketayotganlardan odamlar:
-
Nega bu ibodatxonadan ketib qolayapsizlar? – deb so„rashsa, brahmanlar 
bunday deb javob berishar ekan: 


66 
Bir necha kun burun bu yerga ikkita brahman kelgan edi, ular shu qadar 
yetilgan alloma, shu qadar taqvodor ekanki, bunaqasini yorug„ olam ko„rmagan 
ham. Ibodat qilayotganda shu qadar qattiq berilib ketishadiki, xudodan boshqa 
ularning xayoliga hech narsa kelmaydi, ko„zlarini ko„tarib birovga qarashmaydi. U 
yerni tashlab chiqib ketayotganimizning boisi shunda, riyozat chekishu xudolarga 
sig„inishda ular bilan tenglashib bo„larkanmi?
Oxiri butxonada brahmancha kiyinib olgan ikkala do„stdan boshqa hech kim 
qolmabdi. Shunda ular payt poylab turib bir nechta oltin butni o„marishibdi-da, 
uyga qarab juftakni urib qolishibdi. Shaharga yaqinlashganda daraxt tagida 
chuqurcha qazib, butlarni ko„mib qo„yishibdi va uy-uylariga tarqalishibdi.
Tun yarmidan oqqanda zargar bir o„zi daraxt oldiga kelibdi, butlarni kovlab 
olibdi va uyiga olib ketibdi, ertalab esa duradgornikiga kelibdi-da, shovqin solib 
baqira boshlabdi.
Odam degan ham shunaqa g„irrom, yolg„onchi, muttaham bo„ladimi? Bundan 
chiqdi eski do„stligimizning qadri yo„q ekan-da? Oramizdagi oltin butlarni 
o„zingga olib, do„stligimizga tupuribsanda. Obbo surbet-yey, bu oltinlarga ko„p 
yillar qandimni urib yashayman, yeganim oldimda, yemaganim ortimda bo„ladi 
deb o„yladingmi? Bu dunyoda nimalar bo„layapti o„zi? Bundan chiqdi, zamona 
ozib, do„stlik degan narsalar bir chaqaga arzimay qolibdi-da.
Bu gaplarni eshitib, duradgor taxta bo„lib qolibdi. “Bu o„zicha nimalar deb 
aljirayapti?” – deb o„ylabdi u. Nima qilishini, nima deyishini bilmay oxiri tilga 
kiribdi. 
- Menga qara zargar do„stim. Aytishadi-ku, o„tgan ishga salovat deb. Mayli 
bo„lar ish bo„libdi, bo„yog„i sinibdi. Meni tinch qo„y, hammasini tushunaman. 
Xudo haqi faqat menga tuhmat qilma, og„aynijon. 
Duradgor aqlli odam ekan, zargar bilan aytishib o„tirish befoyda ekanini 
anglabdi-da, ortiq hech narsa demabdi. 


67 
Biroq bir necha kun o„tgandan keyin duradgor yog„ochdan odam bo„yi baravar 
qo„g„irchoq yasabdi. Yuzini quyib qo„ygandek zargarning yuziga o„xshatibdi va 
xuddi zargar kiyadigan kiyimlar kiydiribdi. Keyin allaqayerdan bir juft ayiq 
bolasini topib kelibdi, ularni qo„g„irchoqqa kiydirilgan choponning yengi va 
qo„ltig„iga joylangan ovqatlar bilan ovqatlantira boshlabdi. Ayiqchalar qorni 
ochiqti deguncha qo„g„irchoqning oldiga yugurib borisharkan-da, choponning goh 
yenglaridan, goh qo„ltiqlaridan ovqat chiqarib yeyishar ekan va “Bu bizning 
otamiz yo onamiz bo„lsa kerak”, - deb o„ylashar ekan. Ular yog„och qo„g„irchoqqa 
shunchalik o„rganib qolishibdiki, dam-badam uning oldiga chopib borishar, 
erkalanishar, choponning etagiga yotib olishar ekan.
Ayiqvachchalar qo„g„irchoqqa qattiq o„rganib qolgandan keyin duradgor 
zargarni xotini va bola-chaqasi bilan o„zinikiga mehmonga chaqiribdi. Qo„shni 
xotinlarni ham taklif qilibdi. Zargarning xotini duradgornikiga ikki o„g„ilchasi 
bilan birga kelibdi. Duradgorga aynan shunisi kerak ekan. Aytadilar-ku kasal 
tuzalgisi kelsa, tabib o„z ayog„i bilan keladi deb. Ikki soatcha o„tiribdi duradgor 
qarasa, zargarning bolalari bilan ko„pda ishi yo„q, shunda u ikkala o„g„ilchani 
qo„yibdi-da, ayiqvachchalarni katak ichidan chiqara turib, qayg„urib debdi: 
- Voy-dod! Zargarning bolalari ayiqqa aylanib qoldi! Endi nima qildim? Endi 
nima bo„ladi?..
Zargar qichqiriqqa otilib chiqibdi, ko„zyoshi shashqator oqib, duradgorni 
belbog„idan ushlab, o„shqira boshlabdi. 
-
Nimalar deyapsan o„zi? Odamning hayvonga aylanganini kim ko„rgan? Ular 
bahslashishibdi-bahslashishibdi, oxiri janjalni bir yoqli qilib berishni so„rab qoziga 
borishibdi. 
-
Xo„sh duradgor, - debdi qozi, - qani, ayt-chi, qanday qilib bolalar 
ayiqvachchalarga aylanib qolishdi?


68 
-
Men qayoqdan bilay taqsir, – deb javob beribdi duradgor. – Bolalar oldimda 
o„ynab o„tirishuvdi. Birdan he yo„q, be yo„q yerga yiqilishdi-da, ayiqvachchalarga 
aylanishdi - qolishdi. 
-
Ha, bu masalani hal etishga mening ham tishim o„tmaydigan ko„rinadi, - 
debdi qozi. 
-
Taqsir, - debdi duradgor, - bir kitobda o„qigan edimki, bir vaqtlar butun bir 
olomon xudoning g„azabiga uchrab, hayvonga aylanib qolgan ekan. Ammo 
ularning aqli o„zgarmagan ekan, ulardagi mehr-muhabbat tuyg„ulari ham 
shundayicha qolibdi. Ayiqvachchalarni mahkamaga keltirishni amr eting va 
hammaning ko„z oldida ularni zargarning yaqiniga olib boring. Agar bular uning 
bolalari bo„lsa, ayiqvachchalar unga suykala boshlaydi, bo„lmasa, meni nima 
qilsangiz qiling. 
Bu maslahat qoziga ma‟qul bo„libdi va u ayiqvachchalarni qozixonaga olib 
kelishni va ularni zargarga yaqin olib borishni buyuribdi. Ayiqvachchalar esa uni 
ko„rishi bilan boshqa hech narsaga qaramay yugurib o„zlarini unga tashlashibdi. 
Tumshuqlari bilan dam oyoqlariga, dam biqiniga turtib suykala boshlashibdi. 
Zargarni yog„och qo„g„irchoq odam deb o„ylashibdi-da. 
Shunda qozi zargarga qarab debdi: 
-
Xah yolg„onchi! Ayiqvachchalar sening bolalaring ekan-ku. Bunga zarracha 
shubha qilmasa bo„ladi. Kel buyoqqa, ularni olgin-da, uyingga olib ket. Qayoqdagi 
bo„lmag„ur ishlarni qilganing yetmay, mana bu bechora duradgorga tuhmat 
qilganing ortiqcha. 
Shunda zargar duradgorning oyoqlari ostiga yiqilibdi va yolvora boshlabdi 
- Menga qara do„stim, agar tilladan o„z ulishingni olish uchun bu hiylani o„ylab 
topgan bo„lsang, mayli, o„z ulushingni ol-da, menga bolalarimni qaytarib ber. 
Yaxshi ish qilmading, zargar do„stim, - debdi duradgor, - kishi ishonchini 
oqlamading, aldading. Nima ham derdim, agar endi yolg„on gapirishni tashlasang 


69 
va o„z riyokorligingdan pushaymon bo„lgan bo„lsang, bolalaring yana asliga 
qaytishi mumkin. 
Shunda zargar duradgorga uning ulushini beribdi va undan o„z bolalarini 
olibdi. 
To„ti hikoyasini shu yerda tugatibdi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish