Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

 
O„N SAKKIZINCHI HIKOYAT 
To„rt do„stdan biri ochko„zligidan hech vaqosiz qolgani xususida 
 
To„ti hikoya qila boshlabdi. 
-
Bir shaharda to„rt nafar badavlat do„st yashar ekan. Ittifoqo to„rttalasi ham 
kambag„allashib qolibdi. Shunda ular bir donishmandning huzuriga borishibdi va 
o„zlarining qanday xonavayron bo„lgani haqida so„zlashibdi. Donishmandning 
ularga ichi achibdi, bittadan hikmatli zo„ldir beribdi va shunday debdi: 
-
Zo„ldirlarni boshlaringga qo„yinglar va to„g„riga qarab yuringlar 
birortangizning boshingizdan zo„ldir yerga tushib ketsa, zo„ldirini tushirib 
yuborgan odam shu joyni kovlasin. Yer tagidan nima topilsa, u o„sha odamniki 
bo„lishi kerak. 
To„rttala do„st zo„ldirlarni boshlariga qo„yib olg„a odimlab ketibdi. Bir necha 
kun yurgandan keyin, do„stlardan birining boshidagi zo„ldir yerga tushib ketibdi. 
Shu odam zo„ldir tushgan joyni kovlagan ekan, u yerdan mis chiqibdi. Shunda u 
qolgan sheriklariga debdi: 
-
Menga qolsa, oltindan shu mis afzal. Agar xohlasangiz, men bilan shu yerda 
qolinglar. 
Ammo ular quloq solmabdi va yo„lda davom etibdi. Sal o„tib, ikkinchi 
do„stning boshidagi zo„ldir dumalab tushibdi. Zo„ldiri tushgan odam o„sha joyni 
kovlagan ekan, kumush chiqibdi. Shunda u qolgan ikkalasiga debdi:


81 
-
Shu yerda men bilan qola qolinglar. Kumush ko„p ekan, hammamizga 
umrbod yetadi. Uni o„zingizniki deb bilaveringlar. 
Ammo ular ham quloq solishmabdi va yo„lda davom etishibdi. Bir vaqt 
uchinchi kishi boshidagi zo„ldir yerga tushibdi va u zo„ldir tushgan joyni kavlagan 
ekan, oltin chiqibdi. Uchinchi kishi o„zida yo„q suyunib, to„rtinchi kishiga debdi: 
-
Dunyoda bundan ortiq yaxshi narsa bo„lishi mumkinmi? Kel, shu yerda 
qolaylik. 
-
Yo„q – deb javob beribdi sherigi, - men yo„lda davom etaman va hovuch-
hovuch javohirot topaman. Bu yerda qolishimga hojat yo„q. 
Shunday deb u yo„lga tushibdi. Bir ko„cha yuribdi va uning zo„ldiri ham yerga 
tushibdi. Kishi o„sha yerni kovlay boshlabdi, Biroq yerdan temirdan boshqa hech 
narsa chiqmabdi. Uning tarvuzi qo„ltig„idan tushibdi va o„ziga-o„zi debdi: ”Eh, 
oltin topgan bilan qolaversam bo„lar ekan, nega do„stimning gapiga kirmadim-a? 
Bir she‟rda to„g„ri aytilgan ekan”.
Yaxshi maslahatga kim solmas quloq, 
Yuragiga to„lar alam ila dog„. 
Shunda u temirni tashlabdi-da, oltin yombilarini topgan do„stining oldiga 
qaytibdi, biroq na do„stidan va na oltindan nom-nishon bormish. Keyin u kumush 
topgan do„stining oldiga boribdi, uni ham topolmabdi. Keyin mis kovlab topgan 
do„stining oldiga boribdi, ammo uni ham ko„rmabdi. Shunda u taqdirdan nolib, 
peshonasiga uribdi va tinmay dermish: 
- Taqdir nasib etganidan boshqa hech kim hech narsa ololmaydi. 
U donishmandning oldiga boribdi, ammo u ham uyida yo„q ekan. Shunda 
bechora do„stining gapiga kirmagani uchun qattiq pushaymon qilibdi va quydagi 
she‟rni o„qibdi: 
Kimki o„zin nodon deb qilsa e‟lon, 
Dunyoda shu odam nodondan nodon. 
To„ti shu yerda hikoyasini tugatibdi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish