Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

 
O„N BESHINCHI HIKOYAT 
O„z xalqiga zulm qilgan qurbaqa Shohpurni taxtdan ag„darilgani xususida 
To„ti hikoya qila boshlabdi. 
-
Arabistonda bir chuqur quduq bor ekan va unda ko„p qurbaqa yashar ekan. 
Ularga Shohpur degan qurbaqa hukmronlik qilarkan. Biroq Shohpur qurbaqalarga 
haddan tashqari ko„p zulm o„tkazib yuboribdi, qurbaqalar esa tashvishga tushib 
qolishibdi va buni nima qilamiz deb bir-birlari bilan maslahat qila boshlashibdi.


76 
-
Shohpur hammamizni xonavayron qildi, - debdi ular. – Uni taxtdan ag„darib, 
qabilamizga boshqa bir qurbaqani shoh etib qo„ymasak bo„lmaydi. 
 
Ular gapni bir joyga qo„yishibdi. Qurbaqalar Shohpurni taxtdan ag„darishibdi-
da, boshqa bir qurbaqani rahbar qilishibdi. 
Shohpur qiyin ahvolga tushib qolibdi. Shunda u sakrab-sakrab ilon inining 
og„ziga boribdi-da, asta vaqillay boshlabdi. Ilon inidan boshini chiqarib qarab, 
qurbaqaga ko„zi tushibdi va istehzoli kulib, vishillab debdi:
-
Odam degan ham shunchalik ahmoq bo„ladimi? Axir sen mening tayyor 
ovqatimsan-ku. O„z hayotingni ixtiyoring bilan menga qurbon qilishingga nima 
majbur etmish?
Men xalqimning rahnomasi edim va falon quduqda yashardim, - deb javob 
beribdi Shohpur. – Men qabilam ustidan senga shikoyat qilgani keldim. Toj-
taxtimni qaytarib olishim uchun sendan adolat so„rab keldim. 
O„ljani ko„rib ilon o„zida yo„q suyunibdi, Shohpurga tasalli berib debdi:
-
O„sha quduqni ko„rsat menga. Men u yerga boraman-da, sening o„chingni 
olaman. 
-
Shunday qilib ilon bilan qurbaqa birgalikda quduqqa kelibdi va uning ichiga 
tushibdi. Oradan bir necha kun o„tibdi va qurbaqalardan nom-nishon qolmabdi, 
ilon ularning hammasini yeb bitiribdi. Shunda u Shohpurga qarab debdi: 
 
Bugun juda qornim ochqab ketayapti. Qornimni yaxshilab to„ydirish g„amini 
yesang-chi. Shunda Shohpurning jon-poni chiqib ketibdi va ilon bilan ilakishib 
qolganiga qattiq pushaymon qila boshlabdi. “Nima qilib qo„ydim-a? - o„ylabdi u. – 
Men ilondan yordam so„rab borgandim, u bo„lsa barcha og„aynilarimning 
yostig„ini quritdi. Nachora, bo„lar ish bo„ldi, bo„yog„i sindi, endi hech narsa 
qo„limdan kelmaydi”.
O„ylabdi-o„ylabdi-da, oxiri ilonga debdi:
-
Siz menga muruvvat ko„rsatdingiz, men uchun qurbaqalardan o„ch oldingiz, 
endi esa marhamat qilib uyingizga boravering.
- Yo„q, men seni yolg„iz qoldirmayman, - debdi ilon e‟tiroz bildirib. 
Shunda Shohpur unga qarab debdi:
-
Shu yaqin orada yana bitta quduq bor, unda ham ko„p qurbaqa yashaydi. 
Agar yo„q demasangiz, men ularni aldab yoki hiyla ishlatib, bu yerga olib kelay.
Bu gap ilonga moyday yoqibdi va Shohpurni qo„yib yuboribdi, u esa o„z 
qudug„idan chiqibdi-da sakrab-sakrab birinchi hovuzgacha yetib olibdi va suvga 
sho„ng„ibdi. Ilon kutib-kutib toqati toq bo„libdi va oxiri quduqdan o„rmalab chiqib, 
uyiga yo„l olibdi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish