To„ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.
O„N OLTINCHI HIKOYAT
77
Aldov yo„li bilan qoplonning maymunni o„ldirgani va yo„lbarsning inini
tortib olmoqchi bo„lib hiyla ishlatgani xususida
To„ti hikoya qila boshlabdi.
-
Bir o„rmonda bir yo„lbars yasharkan va uning maymun oshnasi bo„lgan
ekan. Bir kuni yo„lbars bir yoqqa otlana boshlabdi, inida esa maymunni qoldirib,
unga tayinlabdi:
-
To bu yerga qaytib kelmagunimcha, inimni qo„riqlab tur va hech kimning
unda yashashida ruxsat berma.
Bir necha kun o„tgandan keyin inga bir nar qoplon kirib qolibdi va shu yerda
qolishga ahd qilibdi, bu yer unga juda qulay ekan. Maymun unga debdi:
-
Menga qara Qoraquloq!_ Bu yo„lbarsning ini. Uning ruxsatisiz bu yerda
yashashga haqing yo„q. Bunaqasi ketmaydi.
-
Bu mening otamning ini, - e‟tiroz bildiribdi Qoraquloq. – U menga meros
bo„lib qolgan. Sening esa bunga tirnoqcha daxling yo„q. Men bilan nima ishing
bor, nega chiranayapsan? Aytadilar-ku, “Olov o„chib, temirchi ketadi, olovni
yoqqan odam esa og„ir mehnatdan dam oladi”.
Buni eshitib, maymun nafasini o„chiribdi. “Menga nima? – o„ylabdi u. – O„zi
biladi, nima eksa shuni o„radi”.
Mana shu suhbatdan keyin moda Qoraquloq eriga debdi:
-
Yaxshisi bu indan ketaylik, o„zing bilasan-ku “Jonidan to„ygan yo„lbars
bilan o„ynashar”.
-
Shoshmay tur xotin, - debdi unga nar Qoraquloq, - hali yo„lbars kelsin, bir
hiyla ishlataman-da, bu yerdan uning qorasini o„chiraman. Xotirjam bo„l.
Tashvishlanadigan hech gap yo„q bu yerda.
Oradan bir necha kun o„tibdi va yo„lbars qaytib kelganmish degan habar
tarqalibdi. Maymun uni kutib olgani chiqibdi va Qoraquloq borasidagi gaplarni
so„zlab beribdi, so„ng qo„shimcha qilib debdi:
-
Unga yuz martacha aytdim, “Bu inga kirma, bu yerda yo„lbars yashaydi, seni
bu yerda yashagani qo„ymaydi u”, - dedim. U bo„lsa menga nima dedi deng: “Bu
in menga otamdan meros qolgan. Hech qanaqa yo„lbars-po„lbarsniki emas. Uni
nega tashlab chiqib ketar ekanman? Keyin sarson-sargardon bo„lib, o„zimga
boshpana qidirib yuramanmi?” – dedi.
-
Gap bunday, maymun, - debdi yo„lbars, - sening gapingdan shu narsa kelib
chiqayaptiki, bu hech ham qoplon emas, balki qandaydir yirtqich hayvon bo„lsa
kerak. Mendan kuchliroqqa ham o„xshayapti. Gapirgan gaplarini ko„rayapsanmi,
hech narsadan tap tortmayapti. Bo„lmasa qoplon mendan inini tortib oladigan
darajada kuchli hayvonmi?
-
Yo„q hukmdor, – e‟tiroz bildiribdi maymun, - xudo ursin agar bu la‟nati
maxluq qoplondan boshqa narsa emas. Dunyoda sizdan kuchliroq hech kim yo„q.
78
Agar bu surbetga shunday bir qarab qo„ysangiz bormi, qo„rqqanidan joni “hiq” etib
chiqib ketadi. O„zingiz borib, uni bir ko„ring avval. Men shunchalik aqlimni yeb
qo„ymagandirmanki, sizga yolg„on gapirsam.
-
Eh maymun, - debdi yo„lbars, - qayoqlardagi ahmoqona gaplarni gapirasan-
da. Shunday hayvonlar yo„q emas. Ular kichkina, zaif bo„lib ko„ringanlari bilan
kuch va ayyorlikda men ularning oldida ip esholmayman, hoynahoy u ham
shunday bo„lsa kerak?
Biroq baribir ham yo„lbars qattiq qo„rqqaniga qaramay, o„z iniga boribdi. Nar
qoraquloq esa xotinini oldindan pishitib qo„ygan ekan.
-
Yo„lbars bu yerga kelganida bolalarimizni zo„r berib qichqirtir. Agar men
ular nega yig„layapti deb so„rasam, sen “Endi ular yo„lbars go„shti yegimiz
kelayapti deb xarxasha qilishayapti, yangisi bo„lsin ekan, eski hidlangani kerak
emas deyishayapti”, - deysan.
Shu orada yo„lbars o„z iniga yaqin kelibdi, qoplonvachchalar baravariga
qichqira boshlashibdi, otalari so„rabdi:
-
Nega shovqin ko„tarasizlar?
-
Ochqashgan-da, - javob beribdi unga moda qoplon.
-
Axir kechagina bir dunyo yo„lbars go„shti olib kelgan edim-ku, – debdi
qoraquloq. - Nahotki hammasini yeb tugatgan bo„lsalaring?
-
Bor, yo„q emas, - javob beribdi moda qoplon, – biroq ular hidlanib qolibdi,
ular esa yangi yo„lbars go„shti yeymiz deyishayapti.
Shunda ota qoplon bolalariga qarab debdi:
-
Birpas sabr qilinglar. Eshitishimcha, o„rmonga bir bahaybat yo„lbars kelgan
emish. Agar shu gap rost bo„lsa, xudo xohlasa o„shani nimtalayman-da, sizlar
to„yib yeb olasizlar.
Ularning bu suhbatini eshitib, yo„lbars o„ylabdi: “Bordi-yu, u rostdan ham
meni tutib, bolalariga yedirsa-chi?” Qo„rqqanidan es-hushi uchib, u yerdan
shataloq otib qochib qolibdi. Maymun duch kelganida esa unga debdi:
-
Aytmovdimmi senga? Ha bu qoplon emas, qandaydir boshqa bir hayvon
inimni egallab olibdi.
-
Menga ishonsang-chi, yo„lbars - debdi unga maymun, - qoraquloq seni rosa
aldab ilintiribdi-ku. Qo„rqma undan. Qoplon juda kichkina va kuchsiz hayvon.
Yo„lbars uning gapiga kiribdi va yana o„z ini tomon yo„l olibdi. Ona qoplon
esa bu gal ham bolalarini qichqirtira boshlabdi.
-
Nega bolalaring yana shovqin solayapti – so„rabdi ota qoplon. – Tinchit
ularni. Bugun yo„lbars go„shti albatta qo„limga tushadi. Bilasanmi, mening bir
maymun do„stim bor. U qasam ichib aytdi, bugun nima qilib bo„lsa ham yo„lbarsni
boshlab kelaman dedi. Birpas sabr qil. Anavi bolalaringni bir amallab tinchit avval,
79
bo„lmasa yo„lbars ularning qichqirig„ini eshitib qoladi-da, bu yoqlarga yaqin
yo„lamaydi.
Bu so„zlarni eshitib, yo„lbars maymunga tashlanibdi va uni nimta-nimta qilib
tashlabdi, keyin orqasiga qaramay qochibdi va boshqa bu yoqlarda qorasini
ko„rsatmaydigan bo„libdi.
To„ti hikoyasini shu yerda tugatibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |