Nasafiylarining pedagogik qarashlari


Aziziddin Nasafiyning hayoti va faoliyati



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

 Aziziddin Nasafiyning hayoti va faoliyati.
Aziziddin Nasafiy hijriy 700 
yillarning (milodiy 1200-1300 yillar) yirik faylasuf shoiri va buyuk 
tasavvufchilaridan biri bo„lgan. U mazkur davrning yirik so„fiysi Sa‟diddin 
Hamaviyning muridi yoki boshqacha aytadigan bo„lsak, shogirdi hisoblangan. 
Aziziddin Nasafiy o„zining ko„plab asarlarida u kishini hurmat va ehtirom ila 
“keksa (pir)”, “murod”, “bizning shayx” va boshqa nomlar bilan atagan. Aziziddin 
Nasafiy qoraxoniylar, saljuqiylar, g„aznaviylar va mo„g„ul xonlarining 
bosqinchilik, talon-tarojlik davrida yashagan. 
Aziziddin Nasafiy taxminan 1240 yilda Nasaf shahrida (hozirgi Qarshi 
shahrida) dunyoga kelgan. U kishining otasi ma‟lumotga ega, o„qimishli kishi 
bo„lgan bo„lsa kerak. Yoshlik chog„larini tug„ilgan qadrdon shahrida o„tkazadi va 
dastlabki savodini shu yerda chiqargan. Shundan keyin, ilm olishni davom ettirish 
maqsadida Buxoroga keladi va tahsil olishni o„sha yerda davom ettiradi. Aziziddin 
Nasafiy Buxoroni tark etib, Xurosonga yo„l oladi, bir necha vaqt Baxrabodda 
ustozi Shayx Sa‟diddin Hamaviyning uyida yashaydi, keyinchalik esa Isfaxon va 


36 
SHerozga yo„l oladi. O„zining chuqur bilimi va qobiliyati tufayli shayxlik 
martabasiga erishgan. 
Aziziddin Nasafiy tasavvuf va falsafaning xilma-xil masalalariga oid ko„plab 
kitoblar yozgan. “Maqsad ul-akso” (“So„nggi maqsad”), “Kashf ul-haqoyiq;” 
(“Haqiqatlar kashfi”), “Zubdat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar qaymog„i”), “Kitob ul-
inson al-komil fi ma‟rifat al-vofir” (“Komil inson haqida kitob”), "Manozil us-
soirin” (“Yo„lovchilar qo„nalg„asi”), “Usul va furu‟” (“Ildizlar va shoxlar”) nomli 
asarlari shular jumlasidan. U o„z asarlarida tasavvuf axloqi tamoyillarini targ„ib 
qilgan. 
Aziziddin Nasafiyning ilmiy merosi
. Aziziddin Nasafiyning “Zubdat ul-
haqoyiq” asari o„zbek tiliga Najmiddin Komilov tomonidan tarjima qilingan. Bu 
asar 2 ta bob, 6 ta asl va 38 ta faslga bo„lingan.
Olim asarlarining XVI-XX asrlarda ko„chirilgan qo„lyozma nusxalari bugungi 
kunda Toshkent, London, Leyden, Vena, Tehron, Kalkutta, Istanbul, Sankt-
Peterburg, Dushanbe shaharlaridagi kutubxonalarda, O„zbekiston Fanlar 
akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo„lyozmalar jamg„armasida saqlanmoqda. 
Bu nusxalar faylasuf olimning faqatgina musulmon dunyosida emas, balki jahonda 
ham katta shuhrat qozonganidan dalolatdir. Aziziddin Nasafiy Eronning Abrkuh 
shahrida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda butun bashariyat globallashuv zamonida, g„oyalar kurashi o„ta 
faollashgan, ba‟zi ekstremistik kuchlar islom dinini o„zlariga niqob qilib olib, 
g„arazli maqsadlarda foydalanayotgan davrda yashamoqda. Bu qaltis va murakkab 
vaziyatda birinchi navbatdagi vazifa shuki, ayrim musulmonlarning o„zlari 
aqidaparastlikdan xalos bo„lmoqliklari shart. Aks holda, dunyo miqyosida tinchlik 
va barqarorlikka erishish nihoyatda mushkuldir. Globallashuv asrida jahonda 
tinchlik o„rnatishning eng muhim tamoyillaridan biri diniy bag„rikenglik 
hisoblanadi. Bu o„z navbatida har bir insondan e‟tiqodi mustahkam bo„lgan holda 
boshqa dinlar, boshqa e‟tiqod va an‟analarni ham ma‟lum darajada o„rganishni 


37 
taqozo etadi. Aslida aqidaparastlik deyarli barcha diniy e‟tiqodlarda mavjud ekani 
sir emas. Shu nuqtai nazardan, inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus 
olayotgan bir paytda dindan g„arazli maqsadlarda foydalanayotgan turli oqimlar 
faoliyatiga munosib baho berish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. 
Prezidentimizning Parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida hozirgi kunda 
O„zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo„lyozma asarlar 
saqlanayotganini aytib o„tildi. Ammo bu nodir kitoblar hali to„liq o„rganilmagan, 
ular olimlar va o„z o„quvchilarini kutib turibdi. Davlatimiz rahbari juda asosli 
ravishda uqtirganidek, ushbu noyob asarlarda bugungi davr o„rtaga qo„yayotgan 
juda ko„p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Zero, ulug„ ajdodlarimiz 
asarlaridagi islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, 
barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo„lida birlashishga da‟vat 
etadigan teran ma‟noli fikr va g„oyalar bugun ham o„z qimmati va ahamiyatini 
yo„qotgan emas. Afsuski, biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik 
egalari bo„laturib, ularni har tomonlama o„qish-o„rganish, xalqimiz, avvalo, unib-
o„sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo„yicha haliga 
qadar yetarli ish qilayapmiz deya olmaymiz. Holbuki, diniy jaholatga, zararli 
oqimlarga qarshi ma‟rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko„p gapiriladi. Shuni 
unutmaslik kerakki ma‟rifat, ma‟rifiy bilimlar, islom huquqi bo„yicha keng 
tushunchalar, avvalo, ota-bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday 
mo„tabar kitoblaridadir. Ushbu muammoning negiziga nazar tashlaydigan 
bo„lsak, O„zbekiston kitob fondlarida mavjud qo„lyozma asarlarning atigi 15 
mingtasi kataloglashtirilgani, ammo shu ozgina qism qo„lyozmalar ham hatto 
raqamlashtirilmagani, ya‟ni elektron shakllari yaratilmagani bu borada qilinadigan 
yumushlar hali ko„p ekanligini aniq-tiniq ko„rsatib turibdi. Shu nuqtai nazardan, 
O„zbekiston hududida islom sivilizatsiyasi erishgan yutuqlar va bu boradagi boy 
ma‟naviy merosimizni tizimli asosda chuqur o„rganish va har tomonlama ilmiy-
amaliy tahlil qilishni ta‟minlash maqsadida ushbu yo„nalishdagi ilmiy va diniy 
asarlarning yagona katalogini tuzish maqbul 
ish 
bo„lar edi. 


38 
Bo„lajak katalogdan milliy va xorijiy kutubxonalarda saqlanayotgan turli 
to„plamlar, jumladan, litografik va qo„lyozma manbalar, tarixiy hujjatlar, 
arxeologik topilmalar, yodgorliklar va osori atiqalar kabi ma‟rifiy islom g„oyalarini 
targ„ib etishga qaratilgan barcha tarixiy manbalar joy olishi maqsadga muvofiq 
bo„lardi. Davlatimiz rahbari muntazam e‟tiborimizni qaratib kelayotganidek, unib 
o„sayotgan farzandlarimiz tafakkurini aqoid masalasida Imom Abu Muin Nasafiy 
kabi ulug„ allomalarimiz ma‟naviy merosi negizida to„g„ri shakllantirish yoshlar, 
ta‟bir joiz bo„lsa, butun jamiyatning hayoti va kelajagini mafkuraviy tahdid 
ta‟siridan saqlab qolishda eng oqilona ma‟rifiy yo„ldir. Tabiiyki, bularning 
barchasi xalqimiz, ayniqsa, voyaga yetayotgan barkamol avlodimiz ongu shuuriga 
sof e‟tiqodni singdirish, yoshlarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda bevosita 
ko„mak beradi.
1

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish