Ilk yoshdagi bolalar shaxsi shakllanishining shart-sharoitlari.Uch yoshli bolalarga to‘g‘ri tarbiya berish, ta’sir o‘tkazish, ularningharakatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltirish orqaliulardamustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o‘zo‘rnini yig‘ishtirish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga, ayrimtopshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishgaerishish mumkin. Mazkur yosh xususiyatlarini tadqiqqilgan N.M. Shchelovanov,D.B. Elkonin va boshqalarningfikricha, bolaning uch yoshgacha o‘sishida erishgan yutuqlariuning xulq-atvorini, bilishjarayonlarini sifat jihatidan anchao‘zgartirib yuboradi. Shunga qaramay bolaning o‘sishiga kattalarningta’siri yetakchiligi qolaveradi.Bolaning mustaqilligifaqat uning jismoniy va aqliy imkoniyatida, kuchi yetadiganjarayonga nisbatan o‘z munosabatini kattalarningyordamisizamalga oshirishida emas, balki kuchi yetmaydigan ma’lum amaliy ko‘nikmalarni egallay olmagan muammolarni hal etishdaham ko‘rinadi. Bola «Menga bering», «Men ham qilaman»,«Meni ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarni o‘z istagiva ehtiyojini qondirishning manbasi deb hisoblaydi. Boladavujudga keladigan xohish, istakning qondirilishikattalar tomonidanboshqariladi. Mana shu davrda namoyonbo‘ladigantarbiya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichkibelgilari boladagi o‘jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik, kattalarningbolalar nazarida obro‘sizlanishi va qadrsizlanishi kabilarbilan bog‘liq. Bu yoshdagi bolalarning his-tuyg‘ulari vairodasida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va bularning hammasiboladagi xudbinlik, rashk, sharoit bilan bog‘liq bo‘lganqaysarlik kabilarda yaqqol ko‘rinadi. Bolaning shaxsiga nisbatane’tiborsiz, mensimay munosabatda bo‘lish bolalardagiinjiqliklarning bosh sababchisi hisoblanadi.Bolaning xulqida ma’lum sharoit ta’siri bilan paydo bo‘lgano‘jarlik va noma’qul qiliqlar mavjudligi uning psixikasida jiddiyo‘zgarish ro‘y berganini, endi bolaga uning hozirgi o‘sishdarajasinihisobga olib munosabatda bo‘lish zarurligini bildiradi.
Bolalar psixikasida vujudga keladigan inqiroz sabablari:
– kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini;
– xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini;
– ayrim ko‘zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini;
– o‘z holicha ish tutishni cheklashlaridir.Kattalar bolaning mustaqilligiga, istagiga qarshi turmasdan,mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uningshaxsinishakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o‘z-o‘zidanbarham topadi, nizolarning oldi olinadi. Oilada va MTMdashaxslararomunosabatlarning ilmiy asosda qurilishi, pedagogik odob doirasidan chetlashmaslik yuqoridagi ziddiyatlarning oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |