Namangan muxandislik texnologiya instituti



Download 1,17 Mb.
bet16/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

2-jadval
-----oy uchun mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha rejaning bajarilishi



Mahsulot
turi

Ishlab chiqarish
hajmi, mln so’m.

Rejadan og’ishish (+;-)


reja

haqiqatda

mutlaq,
mln so’m.

nisbiy, %

A

300

327

+27

+9,0

B

250

225

-25

-10,0

va hokazo













Jami

550

552

+2

+0,4



O’tgan davr haqiqatdagi mahlumotlari reja ko’rsatkichlarining asoslanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. Buning uchun o’tgan 5-6 yil haqiqatdagi mahlumotlarining o’rtachasi joriy yilning reja mahlumotlari bilan qiyoslanadi.
2-jadvalda keltirilgan mahlumotlar shundan darak beradiki, reja bo’yicha A turdagi mahsulot ishlab chiqarish yetarlicha asoslangan hisoblanadi. B turdagi mahsulot esa to’rt davr o’rtachasidan oshiqcha bo’lib, bozor talabiga ham mos tushmagan. SHuning uchun mazkur ko’rsatkich +39 (250-211) mln.so’mga ko’’ belgilangan. Joriy yil rejaviy ko’rsatkichlarini bajarilish holatini 1-jadvaldan bilib olsa bo’ladi .
3-jadval
Mahsulot_ishlab_chiqarish_(taqqoslama_narxlarda),_mln_so’m.'>Mahsulot ishlab chiqarish (taqqoslama narxlarda), mln so’m.



Mahsulot
turi

O’tgan yillar

To’rt davr uchun o’rtachasi

Reja
(kelgusi davr)




1

2

3

4



A

280

300

300

320

300

300

B

200

205

218

221

211

250

va hokazo



















Jami

480

505

518

541

511

550



Ko’rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini rejadagi bilan qiyoslash korxona faoliyati samaradorligi oshirishda foydalanilmagan rezervlarni aniqlash uchun ham zarur. Agar reja bo’yicha qandaydir tadbir bajarilmagan bo’lsa, u holda buni mahsulot ishlab chiqarish o’sishida, uning tannarxini ‘asaytirish, foyda va rentabelligi o’sishini foydalanilmagan rezervlari sifatida ko’rib chiqish mumkin.
Analitik ishlar amaliyotida haqiqatdagi natijalarni tasdiqlangan norma va stan­dartlar bilan taqqoslashda keng foydalaniladi (5-jadval), u mahsulot ishlab chiqarish resurslarni tejalishi yoki sarfi oshganligini aniqlash, ulardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish samaradorligini baholash va mahsulot chiqarish o’sishi va uning tannarxini ‘asaytirishda foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash uchun zarur.
5-jadval
Korxonaning material resurslaridan foydalanilishiga oid mahlumotlar



Resurslar
turi

Resurs xarajatlari, t

Mehyordan og’ishish (+;-)

mehyor bo’yicha

haqiqatda

mutlaq

foizda

Neft mahsulotlari

600

615

+15

+2,5

Xom ashyo

1200

1176

-24

-2,0

Yonilg’i

2500

2750

+250

10,0

Va hokazo













IT da ham haqiqatda erishilgan natijalarni o’tgan davr mahlumotlari bilan taqqoslash juda ko’’ qo’llaniladi. Bu o’rganilayotgan ko’rsatkichlar o’zgarishlariga oid surhatlarni baholashga va iqtisodiy jarayonlar rivojlanishi tendentsiyalari va qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi.


6-jadval
Asosiy ko’rsatkichlar dinamikasi





Yil-lar

Mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi

Ishchilar soni

Bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot

mln. so’m

bazis yilga nisbatan
% da

kishi

bazis
yilga nisbatan
% da

ming so’m.

bazis
yilga nisbatan
% da

2003

830

-

1094

-

758,7

-

2004

910

9.6

1087

-0.7

837,2

+10,3

2005

930

2.2

1075

-1.2

865,1

+3,3

2006

1150

1.2

1064

-1.1

1080,8

+24,9

2007

1200

4.3

1000

-6.1

1200,0

+11,0



6-jadvaldan ko’rinib turibdiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’sish, ishchilar soni esa kamayish tendentsiyasiga ega. Bu o’sish va kamayish mehnat unumdorligini bazis yilga nisbatan ortishiga sabab bo’lgan.
Korxonada tegishli ko’rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida erishilgan eng yaxshi natijalar bilan taqqoslash biznes samaradorligini oshirish rezervlarini izlashga yo’naltirilgan bo’ladi. Bunda ichki korxona va korxonalararo taqqoslash bo’lishi mumkin. Korxonaning ichida ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini uning alohida segmentlari yutuqlari bilan taqqoslash olib boriladi va ularning muvaffaqiyati sabablari o’rganiladi. Korxonalararo qiyosiy tahlil jarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko’rsatkichlari mavjud eng yaxshi natijalarga, xo’jalik yuritishning bir xil boshlang’ich sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko’rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Tahlil qilinayotgan korxonaning faoliyat natijalarini raqobatdosh korxonalar mahlumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyat ega.
Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi:

  • korxona va o’xshash korxonalardagi faoliyat natijalari qanday nisbatlanishini rahbariyatga ko’rsatish;

  • biznesning kuchli va kuchsiz tomonlariga rahbariyat ehtiborini jalb qilish;

  • korxonaning faoliyat samaradorligini baholash va uning strategik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun rahbariyatga obhektiv baho berish.

Korxonalararo qiyosiy tahlil sohasida eng so’nggi yutuq bu — benchmarking. Bu nafaqat xususiy sohaning, balki boshqa sohalardagi fan va amaliyot yutuqlariga asoslangan yetilib kelayotgan muammolar haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimdir. U raqobatda ustunlikka erishish va uni saqlash uchun talab qilingan axborotlarni olish instrumenti sifatida foydalaniladi. Benchmarking korxona va yetakchilar o’rtasida erishilgan natijalardagi tafovut mohiyatini tushunishga ko’maklashadi. Menejerlarni yangiliklarni izlashga yanada undaydi, innovatsion faoliyat uchun baza hosil qiladi. Yuqori rahbariyatga xususiy biznesda strategik va taktik boshqaruv qarorlarini bo’yicha ortda qolishni bartaraf etishga maqbullashtirishga, mahsulot va xizmatlar bozorida yetakchi o’rin egallashga ko’maklashadi.
Korxonalarni taqqoslash bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Raqobat va tijorat siri tufayli raqobatdosh korxonalar kamdan kam axborot ayirboshlashadi. SHuning uchun bir korxonaning holati bilan boshqasiniki o’rtasida bevosita taqqoslash o’tkazish doimo ham mumkin bo’lmaydi – odatda, muayyan soha bo’yicha ehlon qilingan o’rtacha statisti­k mahlumotlarga yoki aktsionerlik jamiyati va mashuliyati cheklangan jamiyat hisobotiga asoslangan bilvosita taqqoslash bilan cheklanishga to’g’ri keladi.
Tahlil qilinayotgan korxona ko’rsatkichlarining haqiqatdagi darajasini soha bo’yicha (vazirlik, birlashma, kontsern) o’rtacha ko’rsatkichlar bilan qiyoslash ham IT da katta ahamiyat ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan korxonaning ushbu sohaning boshqa xo’jalik subhektlari o’rtasida reytingini aniqlash, korxonaning rivojlanishi darajasini yanada to’liq va obhektiv baholash, uning xo’jalik faoliyati natijalar belgilovchi umumiy va o’ziga xos omillarni o’rganish, o’eratsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur.
‘arallel va dinamik qatorlarni qiyoslash turli ko’rsatkichlar o’rtasida aloqa shakllari va yo’nalishlarini aniqlash va asoslash uchun foydalaniladi. SHu maqsadda ko’rsatkichlardan birini tavsiflovchi raqamni o’suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog’liq ravishda boshqa tadqiq etilayotgan ko’rsatkichlarni qay tarzda o’zgarishini ko’rib chiqish zarur.
Omillarning tahsirini hisoblash, rezer­vlar miqdorlarini aniqlashda ham muayyan omilni ishlab chiqarish vaziyati o’zgarishlaridan oldin va keyin faoliyat natijalari qiyoslashda keng qo’llaniladi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish