Ko’rsatkichlar
|
Tovar hajmi, mln. so’m.
|
Rejadan farqi
(+;-)
|
Tovar aylanishi dinamikasiga tahsiri (+;-)
|
Reja
|
Haqiqatda
|
Yil boshiga tovar zahiralarining qoldig’i (Tyb)
|
104
|
130
|
+26
|
+26
|
Yil davomida tovarlarning kirimi (Tk)
|
1200
|
1298
|
+98
|
+98
|
Tovarlarning yil oxiriga qoldig’i (Tyo)
|
50
|
57
|
+2
|
-2
|
Tovar aylanishining hajmi (Ta)
|
1254
|
1371
|
+117
|
+117
|
Bahzan balans usul alohida omillarning natijaviy ko’rsatkichning o’sishiga tahsir kattaliklarini aniqlash uchun qo’llaniladi. Masalan, uch omillarning ikkitasining tahsiri mahlum bo’lsa, u holda uchinchisi tahsirini natijaviy ko’rsatkichning umumiy o’sishidan dastlabki ikki omillarning tahsiri natija chiqarib tashlab aniqlash mumkin.
9. Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish
Grafiklar ko’rsatkichlar va sonlarning geometrik belgilar (chiziqlar, to’g’ri burchaklar, aylanalar) yoki shartli-badiiy figuralar yordamida masshtabli tasvirini o’zida aks ettiradi. Ular katta illyustrativ ahamiyatga ega. Ularning vositasida o’rganilayotgan material yanada tushunarli bo’ladi.
Tahlilda grafiklarning analitik ahamiyati katta. Jadval materialidan farqli ravishda grafik o’rganilayotgan hodisaning holati yoki rivojlanishiga oid umumlashma tasvir beradi. Bu bilan raqamli axborot vositasida mavjud qonuniyatlarni ko’rib qayd qilish imkoniyati mavjud bo’ladi. Grafikda o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning tendentsiyalari va aloqa yanada ravshan kuzatiladi.
IT da axborotlarni grafik shakliga keltirishda asosan diagrammalar qo’llaniladi. O’z shakli bo’yicha ular ustunli, chiziqli, aylana, zanjirli, nuqtali, tsilindrik, konus, ‘iramida va boshqa shu kabilar bo’ladi. Mazmuniga ko’ra diagrammalar taqqoslash, strukturali (sektorli), dinamik, aloqa grafigi, nazorat grafigi tarzida farqlanadi
Taqqoslash diagrammalari turli obhektlarni qandaydir ko’rsatkich bo’yicha nisbatini ko’rsatadi. Ko’rsatkichlarning taqqoslash uchun yanada oddiy ko’rgazmali grafiklarlardan, ustunli va chiziqli diagrammalardan foydalaniladi. Ularni tuzish uchun to’g’ri burchakli koordinat tizimlari qo’llaniladi. Ustunli diagrammalarda abstsissa o’qlari barcha obhektlar uchun bir xil hajmda ustunlar asosiga joylashtiriladi. Konus, tsilindr yoki ‘iramida ko’rinishida mahlumotlar markerlari diagrammalarga yanada yaxshi shakl beradi.
Bahzan taqqoslash diagrammalari kvadrat yoki aylana ko’rinishida keltiriladi, ularning maydoni ko’rsatkichlarning kattaligiga mutanosib taqsimlanadi.
Strukturali (sektorli) diagrammalar ko’rsatkichning umumiy kattaligida tarkibiy qismlarning solishtirma salmog’ini ifodalashga imkon beradi. Ularda ko’rsatkichning tasviri sektorlarga ajratilgan geometrik figuralar (kvadrat, aylana, halqa) ko’rinishida beriladi, maydoni 100 yoki 1 deb olinadi. Kattalik sektori qismlar solishtirma og’irligi bilan aniqlanadi. Halqali diagramma aylanaga o’xshash, lekin undan farli o’laroq bitta emas, balki bir nechta mahlumotlar qatorini aks ettirishi mumkin.
Tahlilda bir vaqtda hodisalarning hajmi va ularning strukturasini aks ettirish uchun ustunli va chiziqli diagrammalar keng qo’llaniladi.
Dinamika diagrammalari mutanosib vaqt oralig’ida hodisalarning o’zgarishlarini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Ushbu maqsadda gistogrammalar, chiziqli, figurali va boshqa grafiklar qo’llaniladi. Amaliyotda chiziqli grafiklar ko’’roq qo’llaniladi. Dinamika ushbu grafikda jarayonning uzluksizligini tavsiflovchi chiziqlar ko’rinishida keltiriladi.
CHiziqli grafik tuzish uchun koordinat tizimlari qo’llaniladi: abstsissa o’qlariga davrlar, ordinata o’qlariga — qabul qilingan masshtabdan kelib chiqib mutanosib vaqt kesimida ko’rsatkichlarning darajasi joylanadi.
CHiziqli grafiklar (aloqa grafiklari) ham ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni o’rganishda juda keng qo’llaniladi.
Nazorat grafiklari IT da reja bajarilishi borishiga oid mahlumotlarni o’rganishda keng qo’llaniladi. Bu holatda grafikda ikki chiziq bo’ladi: har bir kun yoki boshqa vaqt kesimi uchun ko’rsatkichlarning rejaviy va haqiqatdagi darajasi. Ular o’zaro taqqoslandi.
Zamonaviy kom’g’yuter texnologiyalari mahlumotlarni qayta ishlash jarayonida grafik tuzishni ancha osonlashtiradi va kontrast, masshtab, estetik jihatlardan ularning sifati oshiradi. Hozirgi vaqtda analitika vazifasi — mahlumotlarni grafik taqdim etishning yanada qulay shakllarini tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |