IJTIMOIY IQTISODIY, TEXNIK IQTISODIY,EKOLGIK IQTISODIY TAHLIL.
Reja:
1.Iqtisodiy tahlil shakllari. Iqtisodiy tahlil va uni turlarga ajratish.
Iqtisodiy tahlilda axborot turlari va ularning manbalari .
1. Iqtisodiy tahlil shakllari.
Jahonda 2008-yildan so‘ng ro‘y bergan global moliyaviy-iqtisodiy
inqirozni ilmiy tadqiq qilish asosida uning boshlanishiga sabab bo‘lgan
voqeliklar birma-bir topilib, ularning shakli hamda mazmuni aniqlanib,
salbiy hodisaga ko‘rsatgan ta’sirlar o‘rganilmoqda.
Agar moliyaviy iqtisodiy inqirozning keltirib chiqargan sabablariga
e’tibor qilsak, ularni shartli ikki makroiqtisodiy hamda mikroiqtisodiy
darajadagi yirik guruhga bo‘lish mumkin. Bular to‘g‘risida ommaviy,
ilmiy matbuotlarda ko‘p yozilmoqda.
Mikroiqtisodiy darajadagi sabablarga ko‘plab xo‘jalik subyektlari
tomonidan biznes-rejalarning ilmiy asosda tuzilmaganligi, moliyaviy
hisobotlardagi ko‘rsatkichlarining iqtisodiy asossiz oshirib ko‘rsatilishi,
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqarilgan aksiyalarning qiymati
uning haqiqatdagi aktivlariga muvofiq kelmasligi, mazkur holatlarga
auditorlik firmalari jiddiy munosabatlar bildirmagani, hamkorlar salo-
hiyatini yetarlicha o‘rganmay ular bilan iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish kabilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Bunday voqeliklarni ommaviy tarzda sodir bo‘la boshlagani iqti-
sodiy subyektlardagi xo‘jalik mexanizmida, shu bilan birga uning mu-
him elementi bo‘lgan hisob tizimida ham bir qator jiddiy kamchiliklar
mavjudligini ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, bu kamchiliklar xo‘jalik faoliya-
tini iqtisodiy tahlil qilish ishlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agarda
xo‘jalik subyektlari har bir iqtisodiy voqelikni ilmiy asosda chuqur tahlil
qilib boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilganlarida edi, jahon
miqyosida inqiroz tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan, bankrot bo‘lgan
korxonalar soni bu darajada ko‘p bo‘lmas edi.
Chunki xo‘jalik subyekti faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uni har
tomonlama bilish, resurslarni samarali boshqarish, investitsiyalar jalb
qilish, boshqa korxonalar bilan iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish hamda
turli maqsadlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Jahonda ro‘y bergan inqirozga qaramasdan respublikamiz hisob ti-
zimida, xususan xo‘jalik subyektlari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish
borasida va uni rivojlantirishda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi
hamda bu jarayon hozirda ham davom ettirilmoqda. Mazkur ijobiy
ishlar, ko‘plab turdagi shu kabi tadbirlar bilan birgalikda respublikamiz
iqtisodiga, jumladan, xo‘jalik subyektlari faoliyatiga global inqirozning
salbiy ta’sirlarini yumshatish va uni talofatlarsiz yengib o‘tishga qara-
tilgan omillar bo‘lib hisoblandi. Hatto, jahonda inqirozning davom
etishiga qaramasdan 2008–2011-yillar bo‘yicha respublikamizda yalpi
ichki mahsulotning o‘sishi o‘rtacha 8 foizdan yuqori bo‘lishiga erishildi.
Xalqaro xo‘jalik tizimidagi jiddiy o‘zgarishlar, respublikamizda esa
iqtisodiy islohotlar ko‘lamining, ham kengayib, ham chuqurlashib bori-
shi, shuningdek, inqirozning milliy iqtisodiyotlarga ko‘rsatayotgan ta’-
sirlari xo‘jalik subyektlari faoliyatini yanada obyektiv iqtisodiy tahlil
qilish zarurligini talab qilmoqda. Bu esa iqtisodiy tahlil borasidagi ish-
larni davr ehtiyojlari asosida takomillashtirish vazifasini yuzaga chiqar-
moqda. Aynan shu paytning o‘zida raqobatdosh iqtisodiyotni shakllan-
tirishga erishish mazkur masalaning dolzarbligi va uning ahamiyatini
yanada oshirmoqda.
Iqtisodiy tahlil maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, makon va zamon-
ga ko‘ra, foydalaniladigan manbalar, kim tomonidan o‘tkazilishidagi uy-
g‘unlik va yaxlitlik bo‘yicha turlarga ajratilsa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Shu jihatdan:
– moliyaviy tahlil;
– boshqaruv tahlili;
– tezkor tahlil;
– joriy tahlil;
– istiqbolli tahlil;
– kompleks tahlil;
– tizimli tahlil;
– funksional qiymatli tahlil;
– mavzuga oid tahlil;
– stoxastik tahlil;
– determinallashgan tahlil;
– marjinal tahlil;
– solishtirma tahlil;
– xo‘jalik faoliyati tahlili;
– texnik-iqtisodiy;
– ijtimoiy-iqtisodiy;
– iqtisodiy-ekologik;
– diagnostik tahlil;
– ichki tahlil;
– tashqi tahlil va boshqalar farqlanadi.
Qayd etib o‘tilgan tahlil turlari korxona faoliyatini o‘rganish va
boshqarishda o‘z ahamiyatiga ega.