Kompleks tahlil Korxona faoliyatidagi yo‘nalishlarga ko‘ra bugungi kunda opera-
tsion tahlil, investitsiya tahlili, innovatsiya tahlili, moliyaviy tahlil kabi
tahlil turlari yuzaga chiqib, tabora rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir
alohida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilni batafsil o‘tka-
zishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda korxona faoliyatining barcha
yo‘nalishlari, obyektlari va mablag‘ aylanish bosqichlarini bir-birlari bi-
lan uzviy bog‘liqlikda o‘rganish boshqaruv ehtiyojlari uchun zarur. Kor-
xona faoliyatini batafsil va har tomonlama o‘rganish bilan taktika va
strategiyani olib borishda eng muhim hamda asosiy bo‘lgan ko‘r-
satkichlar (omillar) tizimi ishlab chiqiladi.
Boshqaruv maqsadidagi xo‘jalik faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlil
etishning metodik jihatdan tashkiliy bosqichlari quyidagilardan iborat:
– kompleks iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarini aniqlash;
– qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkichlar yig‘indisi-
ning asosliligini har tomonlama tahlil etish;
– kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish bosqichlarini belgilash;
– kompleks iqtisodiy tahlil o‘tkazish muddatlarini belgilash;
– tahlilni tashkil etish bosqichlarini ishlab chiqish va xizmat bo‘lim-
lari bo‘yicha vazifalarning taqsimlanishi;
– tahlil natijalarini rasmiylashtirish va ularni baholash;
– analitik ishning mehnat sig‘imini baholash, tahlil natijasining sa-
marasini jamlash.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning maqsad va va-
zifasi avvalo korxonani ichki xo‘jalik muommolarini yechishga, ya’ni
faoliyat natijaviyligi hamda uning iqtisodiy potensialini tashkil etuvchi
resurslar, kapitaldan foydalanishga daromad, foyda kompaniya qiymatini,
aksionerlarning aksiyadan oladigan daromadlarini oshirishga qaratilgan.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning ayrim o‘ziga
xos xususiyatlari:
– tahlil natijalari korxonaning o‘z maqsadlari va manfaatlariga xiz-
mat qiladi;
– tahlil o‘tkazishda barcha turdagi manbalardan, shu jumladan, ish-
lab chiqarish hisobi ma’lumotlaridan ham keng foydalaniladi;
– tahlil o‘tkazishni davlat boshqaruv organlari tomonidan cheklan-
maganligi;
– tahlil kompleks tarzda korxona faoliyatining barcha tomonlari bir-
biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi;
– tahlil natijalari sir saqlanadi.
Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari:
1) ko‘rsatkichlarni bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy
ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
2) xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash;
3) biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajarilishini na-
zorat qilish;
4) mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha
foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan sinov
natijalarini atroflicha o‘rganish va ularni umumlashtirish.