Namangan muxandislik texnologiya instituti



Download 1,17 Mb.
bet22/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

O’rtacha xronologik



Voqeliklarni sodir bo’lish intervallari bir xil bo’lganligi inobatga olinib, muayyan davrdagi o’rtacha aniqlanadi. Misol uchun, ombordagi mahsulotlarning oy oxiriga yoki boshiga qoldiqlarini o’rtacha miqdorlari to’iladi.



O’rtacha geometrik



Voqeliklar o’zgarishi koeffitsientlarda aniqlanib, koeffitsientlar asosida o’rtacha miqdor to’iladi. Misol uchun, baho o’zgarishlarining o’rtacha o’zgarishi aniqlanadi.

O’rtacha kvadratik



Oddiy arfimetik o’rtachani yanada aniqlikda hisoblab to’ish uchun zarur.

ITda o’rtacha miqdordan foydalanishda ommaviy mahlumotlarga asoslangan holda hodisalarning umumlashma tavsifini berishini hisobga olish lozim. Ularning kuchi ham, nuqsoni ham shunda. Ko’’incha yomon bo’lmagan umumiy o’rtacha ko’rsatkichlar ichida yomon ishlovchi brigada, tsex va boshqa xo’jalik bo’linmalari natijalari yashirin bo’ladi. O’rtacha olingan mahlumotlarda korxonaning alohida segmentlari yutuqlari ham ko’rinmaydi. SHuning uchun tahlilda ularni o’rtacha guruh, ayrim hollarda esa individu­al ko’rsatkichlar bilan to’ldirib, o’rtacha miqdor mazmunini yoritish zarur.


7. Guruhlashtirish usuli

Iqtisodiy tahlil korxona faoliyatida ko’’ sonli voqeliklarni guruhlashtirish usuli bilan tartibga solib o’rganadi. Bunda voqeliklarni ijtimoiy-iqtisodiy tabiati chuqur tadqiq etilib, ularning bir turdagi xususiyatlari, jihatlari va miqdorlari aniqlanib, shu mezonlar bo’yicha guruhlar va kichik guruhlarga ajratiladi. Tahkidlash kerakki, voqeliklar tasodifiy belgilariga ko’ra guruhlarga bo’linmaydi. Bu holat tahlil natijalariga jiddiy tahsir etadi.


Voqeliklarning tashkil etuvchi tarkib, tuzilish hamda tartib, ularning o’zgarish sababi hamda o’zgartiruvchi asosiy omillarining birgalikda yuzaga chiqishi hamda o’zaro bog’liqligi asosida ko’rsatkichlarni guruhlashtirish uchun ilmiy asoslangan belgilar to’iladi. Xo’jalik jarayonlarini belgilar bo’yicha guruhlarga ajratish bilan har bir guruhga tegishli boshqa voqeliklarni aniqlash, o’rganish, ularning o’ziga xos tomonlarini to’ish hamda guruhdagi turli voqeliklarni o’zaro aloqalari, bog’liqliklari va tahsirini bilish, shu asosda guruh bo’yicha bir necha jarayonlarning birgalikdagi rivojlanishining yo’nalishi hamda qonuniyligi aniqlanadi.
Demak, korxona faoliyatidagi voqeliklarni tuzilishi va o’zaro bog’likliklarini o’rganish maqsadida barcha ko’rsatkichlarni ilmiy asoslangan belgilariga ko’ra ajratib, ajralgan muayyan bo’lakga tegishli voqeliklarni alohida tarzda o’rganish usuli guruhlashtirishning mazmunini tashkil etadi. SHu joyda tahkilab o’tish kerakki, alohida olingan guruhlarni o’rganish natijasida olingan xulosalar iqtisodiy tahlilda belgilab olingan umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib sintez qilinadi.
Iqtisodiy tahlilda guruhlashtirish maqsadi va vazifasiga ko’ra: ti’ologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi.
Ti’ologik guruhlashtirish – bir turdagi voqeliklarni umumiy belgi bo’yicha bo’laklarga ajratishdir. Misol uchun, korxonalarni mulkchilik shakli bo’yicha (davlat, qo’shma, AJ, xususiy va shu kabilar) yoki korxonadagi barcha xodimlarni (asosiy va yordamchi ishchilar, injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va shu kabilar) kategoriyalari bo’yicha guruhlashtirish.
Tuzilish bo’yicha guruhlashtirish - ko’rsatkichlarni ichki tuzilishi va ularning alohida qismlarini mutonosibligini o’rganishga qaratilgan. Umumiy ishchilar tarkibida - ishchilarning malakasi, mahlumoti, ish staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo’yicha o’rganish ushbu guruhlashtirishga misol bo’la oladi.
Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko’rsatkichga (oqibat) tahsir qiluvchi omil (sabab) bo’yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog’liqliklarini o’rganish maqsadida ko’rsatkichlar birinchisi ikinchisini keltirib chiqaruvchi taribda tuziladi. Yahni, birinchi ko’rsatkich ikkinchi ko’rsatkichga tahsir etuvchi omil, o’z navbatida ikkinchi ko’rsatkich birinchi ko’rsatkich tahsirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji, ularning oylik maoshini o’zgarishiga tahsir etadi yoki ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin tahsir etashi va shu kabilar.
Tahkidlash kerakki, har bir alohida olingan guruhdagi omil hamda natija ko’rsatkichlari, boshqa guruhdagi xuddi shunday ko’rsatkichlardan farq qilishi mumkin. Yahni, birinchi guruhdagi omil ko’rsatkichi ikkinchi guruhda natija ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Demak, omil va natijani ifodalovchi ko’rsatkichlar guruhlar bo’yicha o’zgaruvchan tavsif kasb etadi.

17-jadval


Texnik va texnologik yangilanish bo’yicha korxonalarni guruhlashtirish

Texnik va texnologik yangilanish bo’yicha korxonalarni guruhlari

Guruhdagi korxonalar soni, dona

Har bir ishchiga to’g’ri keladigan yangilanish xarajatlarining o’rtacha miqdori, ming so’m

Har bir ishchi ishlab chiqargan mahsulotlarning o’rtacha miqdori, mln. so’m

30 mln. so’mgacha

10

404

11

30 - 60

15

670

17

60 - 90

18

798

26

90 dan yuqori

20

934

37

17-jadvalda keltirilgan ‘arallel qatorlardan farqli ravishda -jadvalda guruhlangan material o’rganilayotgan hodisalar o’rtasida o’zaro aloqa yanada yaqqol aks ettiradi. Guruhlashda ko’rsatkichlarning indivi­dual kattaliklari o’rtacha guruhlarini almashtiradi. Buning natijasida boshqa omillarning noaniq tahsiri bilan kelib chiqqan turli tasodifiy og’ishlar o’zaro qo’lanadi, shuning uchun o’zaro aloqa yanada aniq hisoblanadi.


SHunday qilib, axborotlarni to’g’ri guruhlash ko’rsatkichlar o’rtasida bog’liqlikni, o’rganilayotgan hodisalarning mohiyatini yanada chuqur anglash, tahlilning ma­teriallarini tizimlashtirish, ularning asosiysi, xarakterli va ti’iklarini ajratishga imkon beradi .
Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uchun guruhlashtirish usulini qo’llashda muayyan talablar ehtiborga olinishi shart. Misol uchun, ti’ologik guruhlar tuzishda iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslangan guruhlar tuzishga intilish lozim.
Tuzilish bo’yicha va omilli guruhlashtirishda esa - guruhlar oralig’i imkon qadar bir-biriga mos bo’lishi zarur. SHuningdek, guruhlar kichik sondan, yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini tahminlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi, dastlabki va oxirgi guruh chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar chegarasi yo’iq, yahni boshlang’ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo’lishi, barcha o’rganiladigan obhektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi kerak.
Ushbu ko’rsatib o’tilgan talablarga amal qilinishi iktisodiy tahlil natijalarini to’g’ri va aniq bo’lishida muhim ahamiyatga ega.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish