Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Sifatni boshqarishda standartlashtirish



Download 2,77 Mb.
bet49/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

6.1. Sifatni boshqarishda standartlashtirish
Odatda biz “standart asosida” degan iborani ko’p ishlatamiz. Ko’pchilikda standart o’zi nima? degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Standart – bu ko’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo’naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga va natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror qo’llaniladigan qonun – qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan hamda tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatdir.
Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan hamda jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqarish va uni ishlab chiqarishga qo’yish bosqichida, yangi mahsulotlarni yuqori sifatli turlarini yaratish va ularni o’zlashtirishni tezlatishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yo’naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o’z vaqtida yuqori sifatli loyixa -konstruktorlik xujjatlarini berish, yangi mahsulotlarni berilgan sifat ko’rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo’lsa, mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashni ta’minlaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomilada bo’lganida, sotish bosqichida uni joylashtirishda yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga, joylashtirishga, to’g’ri saqlashga, buyumni transportda tashish, tarqatish talablarini sotuvchi tashkilotlarga belgilab beradi.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo’lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko’p marta tadbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yunaltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnik talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda hamda tadbiq etishda namoyon bo’ladi. Standartlashtirishning muxim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi to’siqlarni bartaraf etish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko’maklashishda namoyon bo’ladi.
“Standartlashtirish ob’ekti” tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun “mahsulot, jarayon, xizmat” iboralari qabul qilingan bo’lib, buni har qanday materialga, tarkibiy qismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga keng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish har qanday ob’ektning muayyan jixatlari bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyoq kiyimga nisbatan yondashiladigan bo’lsa, uning katta-kichikligi va pishiqligini aloxida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish ob’ekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni, korxona va tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o’z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa ob’ektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi “O’zstandart”, O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, O’zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan belgilanadi.
Odatda xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlashtirish idoralari mavjud. Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari erkin xolda ishtirok etishi mumkin.
Mintaqaviy standartlashtirish deganda Dunyo miqyosida birgina jug’rofiy yoki iqtisodiy mintaqaga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin xolda ishtirok etishlari mumkin bo’lgan standartlashtirish tushuniladi.
Milliy standartlashtirish – bu muayyan bir mamlakat doirasida o’tkaziladigan standartlashtirish faoliyatidir.
Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga tegishli qoidalar, umumiy qonun - qoidalar yoki tavsiflarni o’zida qamrab olgan me’yoriy xujjat xisoblanadi.
“Me’yoriy xujjat” atamasi standartlar, texnik shartlar, shuningdek umumiy ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o’z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko’p qirrali bo’lib, ular asosan quyidagilardan iborat: uyg’unlashtirish (har xillikni boshqarish), qo’llanishlik, maslashuvchanlik, o’zaro almashinuvchanlik, sog’liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, tashqi muxitni asrash, mahsulotni ximoyalash, o’zaro tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar.
Standartlashtirishda “mahsulotning o’z vazifasiga muvofiqligi” deganda mahsulot, jarayon yoki xizmatning belgilangan sharoitlarda muayyan vazifalarni bajarish qobiliyati tushuniladi.
Moslashuvchanlik deganda ma’lum sharoitlarda belgilangan talablarni bajarish uchun salbiy ta’sir ko’rsatmasdan mahsulotlarning birgalikda ko’llanishga yaroqliligi tushuniladi.
O’zaro almashinuvchanlik - bir xil talablarni bajarish maqsadida bir mahsulot (jarayon, xizmat)dan faydalanish o’rniga boshqa bir mahsulot (jarayon, xizmat)dan faoydalanishga yaroqliligidan iborat. Har xillikni boshqarish (unifikatsiyalashtirish) yoki birxillashtirish deb, muayyan extiyojni qondirish uchun zarur bo’lgan eng maqbul o’lchamlarni yoki mahsulot, jarayon va xizmat turlarini tanlashga aytiladi.
Standartlashtirishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- mahsulot, ish va xizmatlarning (keyingi o’rinlarda “mahsulotlar” deb yuritiladi) insonlarning xayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof - muxit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini ximoya qilish;
- mahsulotlarning o’zaro bir-birini o’rnini bosishini va bir-biriga monandligini ta’minlash;
- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, axoli va xalq xo’jaligining extiyojlariga muvofiq xolda, mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
- barcha turdagi resurslarni tejashga, ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ko’maklashish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyixalarni amalga oshirish;
- tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini xisobga olgan xolda, xalq xo’jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash;
- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namenklaturasi va sifati to’g’risidagi to’liq va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash;
- mudofa qobiliyatini va safarbarlikka tayyorgarlikni ta’minlash;
- o’lchashlarning yagonaligini ta’minlash;
- ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, bajaruvchi) mahsulot sifati to’g’risidagi ma’lum qilgan ko’rsatkichlarni tasdiqlash.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- iste’molchi va davlatning manfaatlari yo’lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo’yish;
- davlat, respublika fuqorolari va chet el extiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy xujjatlar tizimini va uni ishlab chiqarish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo’llash, shuningdek xujjatlarni nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan mamlakatlarning xalqaro, milliy va mintaqaviy standartlari talablari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash;
- bir-biriga moslikning barcha turlarini (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar), shuningdek mahsulotning o’zaro almashuvchanligini ta’minlash;
- parametrik va turlar o’lchovi qatorlarini, tayanch konstruktsiyalarni, buyumlarning konstruktiv jixatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo’llash asosida uyg’unlashtirish;
- mahsulot, uning tarkibiy qismlari, xom-ashyo va materiallar ko’rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog’lanishi;
- material va energiya sarfini kamaytirish, kam chiqimli texnologiyalarni qo’llash;
- mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning áelgilanishi;
- metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
- standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan keng foydalanish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
- xorijiy mamlakatlarning talablari O’zbekiston Respublikasining xalq xo’jaligi extiyojlarini qondirgan xolda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakatimiz standartlari va texnik shartlari tariqasida to’g’ridan-to’g’ri qo’llash tajribasini kengaytirish;
- texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
- mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish ishlarini tashkil etish;
- texnik-iqtisodiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish tizimini yaratish va joriy qilish;
- sinovlarni me’yoriy-texnik jixatdan ta’minlash, mahsulot sifatini sertifikatsiyalashtirish, baxolash va nazorat qilish.
Mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish tartibini ko’rib chiqayotganda korxonalar o’z oldilariga qo’ygan quyidagi maqsadlariga ega bo’lishi kerak:

  1. Mahsulot sifatining bozor talabi va aniq haridor talabiga muvofiq kelishi;

  2. Mahsulotning sotib olish, yetkazib berish va foydalanish harajatlari yig’indisini kamaytirish;

  3. Haridor istagan muddatga yetkazib berishni amalga oshirish;

  4. Korxonaning bozorda yuqori mavqeini yaratish va korxonaning mustahkam hamkor sifatida tasdiqlaydigan dalillarni keltira bilish.

Jahon tajribasi nafaqat amaldagi sifatni boshqarish tartibini umumiy belgilarini, balki har birida qo’llanishi mumkin bo’lgan tamoyil va usullarni vujudga keltirdi. Hozirgi vaqtda kontseptual farqlarni o’z ichiga olgan sifatni boshqarish tartibini uch darajasini ajratish mumkin:

  • 9000 seriyasidagi ISO standarti talablariga muvofiq tizimlar.

  • umumfirma sifatni boshqarish tizimi (TQM umum sifatni boshqarish-Total Quality Menejment).

  • Milliy me’zon va sifat bo’yicha halqaro (regional) mukofot va diplomlar tizimi.

Sifatni boshqarish tartibi – korxonada amal qilayotgan, foydali texnik, boshqarish usullarini o’z ichiga olgan, insonlar va mashinalarning o’zaro munosabatini eng yaxshi va eng qulay usullarni ta’minlagan sifat uchun qilingan harajatlarni tejash hamda ma’lumotlarni berishni o’zida namoyon qilgan kelishilgan ish ko’rilishidir.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish