Informatsion-psixologik kurashlarning vijudga kelishi va ahamiyati
Reja:
1. Informatsion urushning mazmuni va mohiyati.
2. Informatsion-psixologik kurash elementi sifatidagi psixologik
operatsiyalar.
3. Informatsion tajovuzlardan yoshlarni himolashning ahamiyati
1. Informatsion urushning mazmuni va mohiyati.
Inson ruhiyatida va ommaviy axborot jarayonlariga oid ilm-fan sohasida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, ommaviy axborot kommunikatsiyasiga doir tizimlar (jumladan: sun’iy yo‘ldosh va kabellar vositasida barpo etilgan televidenie tarmoqlari, optik-tolali kabellar vositasida yaratilgan aloqa va kompyuter (muayyan korporatsiya, mintaqa va global miqyosda) tarmoqlari, ultra qisqa va qisqa to‘lqinlarda qo‘llaniladigan radiostansiyalar) amaliyotga keng tatbiq etilib, insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib qolayotganligi, nashriyotchilik texnikasi rivojining jadal sur’atlari, shu jumladan «halokat keltirmaydigan qurol» yaratish texnologiyasida erishib borilayotgan yutuqlar jahon armiyalarida faoliyat yuritayotgan ko‘plab mutaxassislar tomonidan qurolli kurashning tarkibiy qismi sanaladigan informatsion-psixologik kurashga nisbatan bildirilayotgan qiziqish darajasi keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Informatsion-psixologik qarshi kurash nazariyasining tahlili bunday kurashga nisbatan yagona yondashuv hali qaror topmaganligidan dalolat bermoqda. Jumladan:
ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra informatsion-psixologik kurash informatsion kurashning ajralmas qismi sanaladi, zero bunday kurash informatsion-psixologik va axborot-texnik operatsiyalar o‘tkazish orqali olib boriladi;
sohaning boshqa mutaxassislari tomonidan ta’kidlanayotgan fikr-mulohazalarga qaraganda esa «informatsion-psixologik kurash”ga ko‘zlanayotgan siyosiy va harbiy maqsadlarga erishish yo‘lida axborot uzatish va psixologik ta’sir o‘tkazish vositalarini qo‘llash orqali nizoli tomonlar bir-biriga qarshi olib borayotgan kurashning turli darajalarini aks ettiradi.
Shunday ekan, mutaxassislar talqinida sohaga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan ekan, harbiy maqsadlarda amalga oshirilayotgan informatsion-psixologik kurash tizimida ikkita favqulodda hodisa, u ham bo‘lsa:
«informatsion qarshi kurash»;
«psixologik qarshi kurash», deb tasniflanadigan tushunchalar e’tirof etiladi.
Informatsion qarshi kurash tomonlarning bir-biri ustidan ustuvorlikka erishish, zaruriy axborotni o‘z vaqtida, ishonchli va to‘la-to‘kis hosil qilish, uni tez va sifatli qayta ishlab, tegishli ijrochilarga o‘z vaqtida etkazish yo‘lida olib borayotgan kurashini (faoliyatlarini) belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |