Informatsion-psixologik kurashlarning vijudga kelishi va ahamiyati Reja


 INFORMATSION-PSIXOLOGIK KURASH ELEMENTI SIFATIDAGI PSIXOLOGIK OPERATSIYALAR



Download 447,16 Kb.
bet5/5
Sana25.04.2022
Hajmi447,16 Kb.
#581645
1   2   3   4   5
Bog'liq
Информацион-психологик курашларнинг вижудга келиши ва ахамияти

2. INFORMATSION-PSIXOLOGIK KURASH ELEMENTI SIFATIDAGI PSIXOLOGIK OPERATSIYALAR.
Raqibni dahshatga solish, intizomi va jangovar ruhiga putur etkazish, yolg‘on xabarlar (ma’lumotlar) tarqatib chalg‘itish maqsadida dushmanga psixologik ta’sir o‘tkazishga urinishlar qadimdan ma’lum. Muayyan insonning xulq-atvori va xatti-harakatlarini o‘zgartirish maqsadida bir inson tomonidan boshqa insonga psixologik jihatdan ta’sir o‘tkazish usullari odamlar o‘rtasida ilk munosabatlar o‘rnatilgan davrlardan e’tiboran qo‘llanilib kelinadi deb e’tirof etiladi. Jumladan:
Bibliyada keltirilgan afsonalardan birida ko‘p sonli dushmanga qarshi urush olib borgan Gedeon harbiy hiyla, yolg‘on xabarlar tarqatib raqibni chalg‘itish va dahshatga solish usullarini ko‘p qo‘llaganligi bayon etilgan. Kunlardan bir kun u dushmanni shu qadar dahshatga solishga erishibdi emish-ki, xatti-harakatlarini idora eta olmay qolgan raqib o‘z qo‘shinlariga qarshi zarba beribdi;
Plutarx asarlarida dushmanga psixologik tazyiq o‘tkazish usulidan samarali qo‘llanilgan qiziq bir holat tavsiflab o‘tilgan. Etrusklar shohi Rim erlariga hujum uyushtirmoqchi ekanligidan boxabar bo‘lgan rimliklar dushman qarorgohiga patritsiy Mutsiy Ssevolani yo‘llashibdi. Raqib lageriga etib kelgan Mutsiy etrusklar shohini Rimga hujum qilish niyatidan voz kechishini so‘rab, yuzaga kelgan ixtiloflarni tinch yo‘l bilan hal etishning ko‘plab variantlarini taklif qilibdi. Biroq, qat’iyatli bosh etrusk shaharning taslim bo‘lishini talab qilgancha, turib olibdi. Jamiki dalil va asoslarni bayon etib, ko‘zlangan maqsadga erisha olmagan Ssevola shartta qo‘lini suhbat davrasi o‘rtasida yonib turgan gulxan ustiga uzatib, toki olov kaftini teshib chiqqunga qadar tushirmay bardosh berib turibdi. Dushman matonati, jasorati, irodasining qudrati, ruhining qat’iyligini ko‘rgan etrusklar sardori shu qadar ta’sirlanib ketibdi-ki, u shu zahoti Rimga hujum qilish niyatidan qaytibdi.
Odamlarning tafakkuri, ruhiy holati va xatti-harakatlarini boshqarish san’ati SHumer, Bobil, Misr, Xitoy, Qadimiy Gretsiya va Rim kohinlari, davlat arboblari va sarkardalari tomonidan shakllantirilib, takomillashtirilib, maxfiy qurol sifatida sir saqlanib kelingan.
Gerodot, Ksenofont, Plutarx va Yuliy Sezar asarlarida dushmanni chalg‘itish, uning saflarida xoinlik va sarosimalik kayfiyatini qaror toptirish, qarshilik ko‘rsatishga intilishini barbod qilish maqsadlarida qo‘llanilgan ayrim usullar tavsiflab berilgan. Bunday usullar sirasiga o‘z qo‘shinlarining:
- soni ko‘pligi yoki aksincha, ozligi;
- yangi va nihoyatda qudratli qurolga ega ekanligi;
- engilmasligi;
- dushman engilishi muqarrar bo‘lgan qandaydir qo‘rqinchli manyovr ishlab chiqqanligi;
- qo‘mondonligi xoin ekanligi (taslim bo‘lganligi) yoki qo‘shinlarni tashlab qochib qolganligi;
- asirlar bilan yaxshi munosabat qilishi haqidagi mish-mish gaplar kiradi.
O‘rta asrlarda Chingizxon, Kiev knyazi Svyatoslav va kardinal Rishele dushman qo‘shinlariga psixologik ta’sir ko‘rsata oladigan mohir mutaxassislar sifatida shuhrat qozonishgan.
Jumladan, AQSH armiyasining FM33-1 «Psixologik operatsiyalar» dala nizomida mo‘g‘ul josuslarining tatar-mo‘g‘ul qo‘shinlarini, ularning bo‘lg‘usi qurbonlari bo‘lmish joylik aholi va hokimlariga qanday tavsiflab bergani keltirilgan:
«... mo‘g‘ul qo‘shinlarining pahlavonlarday ko‘rinadigan barcha jangchilari haqiqiy erkaklardir; ularning niyat-maqsadlari va fikr-u-xayollari faqat urush va qon to‘kishga qaratilgan; jang qilishga shunday oshiqadilar-ki, hatto sarkardalar ham ularni zo‘rg‘a to‘xtatib qoladilar; shafqat tushunchasidan mutlaqo bexabar bo‘lishlariga qaramay o‘z xatti-harakatlarini idora etib, qo‘mondonlikka so‘zsiz itoat qiladilar, negaki ular, o‘z hayotlarini mo‘g‘ul hukmdorlariga to‘la-to‘kis bag‘ishlaganlar; bunday jangchilar ovqat tanlamay, boriga qanoat qiladilar, yirtqich yoki xonaki bo‘lsin so‘yib eyiladigan hayvon bo‘lsa bo‘ldi, bu masalasida injiq emaslar, ular nafaqat cho‘chqa go‘shtini balki, bo‘ri, ayiq va hatto it go‘shtini ham iste’mol qiladilar; jangchilar soniga kelsak, Chingizxon qo‘shinlarini chigirtkalarning nihoyatda yirik galasiga o‘xshatsa bo‘ladi zero, ularni sanab oxiriga etishning iloji yo‘q».
Ta’kidlab o‘tish joizki, keltirilgan ushbu matn bitilgan kundan etti yuz yil o‘tib ketganiga qaramay, Chechenistonda jangovar harakatlar olib borgan Rossiya armiyasiga qarshi uyushtirilgan psixologik operatsiyalarda ham mazmunan o‘xshash matnlar qo‘llanilgan.
Raqibning ma’naviy ruhini barbod qilish amaliyotini o‘zlashtirishga urinishlar A. V. Suvorov, B. Napoleon kabi buyuk sarkardalar tomonidan ham zo‘r qobiliyat ila namoyon etilgan.
Bunga yaqqol misol tariqasida Napoleon Bonapartning «Atigi to‘rtta gazeta yuz mingli armiya keltiradigan zarardan ham ortiq zarar etkazishi mumkin» degan so‘zlarini keltirish mumkin.
Aynan shuning uchun ham Napoleon armiyasining tarkibida bir sutkada 10 ming varaqa chiqarish quvvatiga ega safar bosmaxonasi muntazam olib yurilgan.
19-20- asrlar oralig‘ida aksariyat mamlakatlarning harbiy-siyosiy rahbariyati tomonidan urush vaqtida ham, tinchlik davrida ham dushmanga psixologik ta’sir o‘tkazish borasida olib borilgan faoliyat yangicha mazmun va yanada keng miqyos kasb etib, tashkiliy jihatdan ravnaq topdi.
Dushmanga informatsion-psixologik ta’sir o‘tkazishning aksariyat vosita va usullari ilk bor muayyan maqsadga qaratilgan tarzda, keng ko‘lamda qo‘llanilgan harbiy to‘qnashuv – Birinchi jahon urushi bo‘ldi.
Ayni o‘sha urush davrida dushman aholisi va qo‘shinlari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlari va qo‘poruvchilik harakatlarini olib borish uchun mo‘ljallangan birinchi maxsus organlar tashkil topdi. Bunday organlar jumlasiga:
AQSHda – Ijtimoiy axborot qo‘mitasi;
Buyuk Britaniyada – Dushman qo‘shinlari va aholisi orasida olib boriladigan targ‘ibot boshqarmasi;
Fransiyada – Targ‘ibot xizmati;
Germaniyada – Bosh shtab qoshidagi maxsus bo‘lim kabilar kiradi.
Bundan tashqari, Birinchi jahon urushi davrida sohaga doir dastlabki ilmiy izlanishlar olib borilib, odamlarning ongi, irodasi, kayfiyati va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish vositalari ishlab chiqildi.
O‘sha davrda informatsion-psixologik harakatlar olib borish masalasida Angliya alohida faollik ko‘rsatdi. Inglizlar harbiy aviatsiya va havo sharlari vositasida dushman hududiga tashlanadigan millionlab varaqalar bosib chiqarishdi. Fransiyaning psixologik kurash idoralari tomonidan esa 30 milliondan ortiq varaqa va shu kabi boshqa bosma materiallari tayyorlanib, nemis qo‘shinlari orasida tarqatildi. Biroq, informatsion-psixologik kurashda Germaniya maxsus xizmatlarining ishtiroki ham sus kechmadi. Ular ikkita frontda kurash olib borar ekan, qattiq qobiqli dirijabllardan (seppilinlardan) rus, ingliz va fransuz qo‘shinlari ustiga varaqalar yog‘dirib tashlashdi. Nemis maxsus xizmatlari haqiqatga yaqin yolg‘on xabarlar, ochiqdan-ochiq bo‘hton va do‘q-po‘pisa qo‘llagan tarzda qarshi kurashayotgan ittifoqchi armiyalarning ma’naviy-ruhiy holatiga sezilarli ta’sir o‘tkazishga erisha oldi.


Adabiyotlar:
1. Xorijiy harbiy sharhi № . № 2017 y .
2. Armiyachilar to’plamasi . № 2017 y .
3. Harbiy bilim (Voenno’e znaniya) № 2017 y .
4. Texnika va qurollar) № 2,3,4,7 – 2016y. № 1,7 – 2017 y.
5. O’q otish tayyorgarlik. № 2017y
6. Taktik tayyorgarlik. № 2017y
7. Jurnallar, gazetalar va internet yangiliklari.
8. O’zR MV Informatsion byulleteni № 1 2016.
9. O’zR MV Informatsion byulleteni № 8 2016. .
10. O’zR MV Informatsion byulleteni № 10 2017.
Download 447,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish