Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Mahsulot sifatining shakllanish bosqichlari



Download 2,77 Mb.
bet45/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

5.5. Mahsulot sifatining shakllanish bosqichlari
Sifat boshqaruvida mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar alohida o’rganiladi. Sifat ko’pgina tasodifiy, mahalliy va sub’ektiv omillar ta’siriga bog’liq. Bu omillarni sifat darajasiga ko’rsatadigan ta’sirini oldini olish uchun sifatni boshqarish tizimi zarur. Bunda ayrim uyushmagan va tasodifiy harakatlar emas, balki sifatning tegishli darajasini saqlab turish maqsadida mahsulotni yaratish jarayoniga muntazam ta’sir qilish choralari majmuasi zarur bo’ladi.
Sifatga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar sifatni rejalashtirishda ko’zda tutilmagan, korxonada bir necha yillardan buyon sodir bo’lmagan voqea-hodisalarning rivoji natijasida mahsulot sifatini o’zgarishiga olib keladi. Ularga yong’inlar, ob-havoning o’zgarishi, tabiiy ofatlar, avariyalar yoki mol yetkazib beruvchilar bilan bog’liq tasodifiy hodisalar kiradi. Sifat boshqaruvida bunday hodisalarni oldindan boshqarishni imkoni yo’q. CHunki ular kutilmagan vaqtda vujudga keladi va sodir bo’ladi. Uni bartaraf etish uchun sifatni rejalashtirish jarayonida qo’shimcha variantlarni topib, bunday vaziyatga tayyor turishga yoki ular bilan bog’liq tavakkalchilikni diversifikatsiya orqali kamaytirishga harakat qilish kerak bo’ladi. Masalan, korxonada yong’in chiqishini oldini olish uchun barcha xodimlarni shu masalada qayta o’qitib, kerakli yong’inga qarshi vositalarni shay holatda saqlab turish zarur. Yoki binolar qurilayotganda ularning sifati zilzila oqibatida buzilishini e’tiborga olib, zilzilaga qarshi uskunalar yasab, binoning zilzilabardoshligi oshiriladi. Bu ham sifatni tasodifiy omillar ta’siri natijasida pasayib ketishini oldindan boshqarish bo’lib hisoblanadi.
Mahsulotning sifatiga ta’sir etuvchi mahalliy omillarga mahsulot ishlab chiqaruvchining geografik joylashuvi, ishlab chiqarish sharoitlari, jamiyatning korxonaga nisbatan munosabati, korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning milliy, diniy qadriyatlar asosida ishlab chiqarilishi kabilar kiradi. Masalan, go’sht mahsulotlaridan kolbasa mahsulotining sifati cho’chqa yog’idan foydalanganda mol yog’idan foydalanganga nisbatan yuqori bo’ladi. Ammo Respublikada cho’chqa yog’ini iste’mol qilish milliy va diniy qadriyatlarga to’g’ri kelmaganligi bois, mol yog’idan foydalaniladi. Agar sifatni oshirish maqsadida ishlab chiqaruvchi cho’chqa yog’idan foydalansa, uni hech kim sotib olmaydi. Bu ham mahalliy sharoitni sifatga ta’siri hisoblanadi.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi sub’ektiv omillar qatoriga inson faoliyati natijasida mahsulot sifatini o’zgarishi tushuniladi. Ushbu omil qolgan omillarga nisbatan eng muxim sanaladi. CHunki, mahsulot sifatiga boshqa ishlab chiqarish omillariga nisbatan inson ko’proq ta’sir qiladi. Agar ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etayotgan ishchining malaka darajasi past yoki niyati yomon bo’lsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini eng zo’r xomashyodan foydalanib ham yaxshilab bo’lmaydi. Aksincha, bu vaziyatda harajatlar ortadi. Masalan, malaka darajasi past ishchiga eng yaxshi xomashyoni berib mahsulot tayyorlash vazifasi yuklansa, u brak yoki deffektlar sonini ortiradi yoki mahsulotni noto’g’ri qadoqlaydi. Agar malakasi yuqori bo’lgan ishchiga eng sifati past xomashyodan mahsulot tayyorlash vazifasi yuklatilsa, u undan sifatli mahsulot ishlab chiqara oladi. Bu xuddi osh tayyorlashga kirishgan oshpaz va uning yordamchisiga o’xshaydi. Yaxshi oshpaz past navli guruchdan ham sifatli osh tayyorlay oladi. Uning yangi yordamchisiga eng zo’r guruchni bersangiz ham adashadi.
Korxonada ishlab chiqilayotgan mahsulot sifatini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni yana boshqa turlarga ham bo’lib o’rganish mumkin. Bu omillarni texnikaviy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy turlarga ajratish mumkin 5.5.1-rasm.

5.5.1-rasm. Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarning turkumlanishi
Texnikaviy omillar guruhi:

  • texnologik jihozlar, uskunalar, asbob va nazorat vositalari holati;

  • dastlabki materiallar, xomashyo va jamlovchi buyumlar sifati;

  • texnikaviy xujjatlar va boshqalar holati va sifatidan iborat.

Tashkiliy omillar guruhiga:

  • ishning muntazamligi va bir maromdaligi;

  • jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash;

  • material, butlovchi buyumlar, uskunalar, asboblar;

  • nazorat vositalari va texnikaviy xujjatlar bilan ta’minlanganlik;

  • mehnatni ilmiy tashkil qilish; ishda ovqatlanish, dam olish va boshqalar kiradi.

Iqtisodiy omillar guruhi:

  • mehnatga haq to’lash shakli;

  • ish haqining miqdori;

  • yuqori sifatli mahsulot va ish uchun mukofatlash;

  • yaroqsiz mahsulot uchun maoshdan chegirib qolish;

  • mahsulot tannarxi va narxi;

  • sifat darajasi va boshqalar kiradi.

Ijtimoiy omillar guruhi:

  • kadrlarni tanlash, joylash va ish joyini o’zgartirish;

  • malaka oshirishni tashkil qilish;

  • ilmiy-texnikaviy ijod va ixtirochilik;

  • turar-joy, maishiy sharoitlar, jamoadagi o’zaro munosabatlar, psixologik muhit va boshqalardan iborat.

SHu bilan birga, shartli ravishda sifatga ta’sir etuvchi omillarni 3 guruhga bo’lish mumkin:

  • material-texnik (ishlab chiqarish asbob-uskunalari, dastgohlar ishlab chiqarishni texnik va metrologik ta’minoti, sinov va nazoratning uslub va vositalari, ishlatiladigan materiallar, bino va qurilmalar);

  • inson omili (malakasi, professional bilimi, o’z ishiga bo’lgan qiziqishi);

  • ma’muriy (tashkilotning umumiy ishlab chiqarish faoliyatini va qisman sifat boshqaruvini tashkil etish);

Umuman olganda, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yuqori darajada ushlab turish va ta’minlash – kompleks muammodir.
Faqatgina ilmiy asoslangan holda tizim va kompleksli, bir vaqtda va o’zaro bog’liq bo’lgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy hamda ijtimoiy tadbirlar yordamida tez va aniq holda mahsulot sifatini mukammalashtirish mumkin.
SHu sababli, sifat boshqaruvini rejalashtirilayotganda, unga ta’sir qiluvchi har bir omilni diqqat bilan o’rganish va uni e’tibordan qochirmaslik lozim. Sifatni boshqarishda ko’plab korxonalar tizim va dasturlardan foydalanadi. SHu bilan birga, ushbu tizim aniq olingan maqsadga asoslanadi.
Sifatni boshqarish tizimi – bu sifatni rejalashtirish, tartibga solish va nazorat qilishning majmuasi hisoblanib, u o’z ichiga me’yoriy-huquqiy yo’riqnomalarni ham oladi.
Mahsulot sifatining zarur darajasini ta’minlash uchun mahsulotning “hayot tsikli”ni davom ettirmoq zarurdir.
Hayot tsikli – bu yaratish jarayonining o’zaro bog’liqligi va mahsulotni ishlatilishi yoki unga ehtiyojni tugaguncha dastlabki talablarni shakllanishidan uning holatini asta-sekinlik bilan o’zgarib borishidir.




Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish