Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Mahsulotning sifat ko’rsatkichlari



Download 2,77 Mb.
bet41/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

5.2. Mahsulotning sifat ko’rsatkichlari
Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir. Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga kvalimetriya deyiladi.
Mahsulot sifatini baholash bosqichlarining mazmuni va ularning har birida bajariladigan ishlarning hajmi, unda qo’yilgan maqsadga bog’liq bo’ladi.
Baholashdan maqsad-sifatning qaysi ko’rsatkichlarini tanlash, ularning qiymatini qanday aniqlikda o’lchash, buning uchun zarur vositalar, baholash natijalarini shaklini ifodalash va ko’rsatkichlarni qayta ishlash mumkinligini ko’rsatishdan iboratdir.
Mahsulotning xossa va xususiyatlari ham miqdoriy, ham sifat jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari - bular, mahsulotning zamonaviy moda yo’nalishiga, dizaynga, ranglarga mos kelishi va boshqalar bo’lishi mumkin.
Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat ko’rsatkichi deyiladi. Sifat ko’rsatkichlarini tanlash – mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi, uning sifat darajasini baholashga imkon beruvchi xususiyatlarini miqdoriy tavsifi nomlarini aniqlashdir.
Ishlatish sohasi ko’rsatkichi, mo’ljallangan vazifani bajarish va ishlatish sohasini ko’rsatish uchun, asosiy funktsiyalarini aniqlovchi, mahsulot xossalarini harakterlaydi. Ularga maxsuldorlik, manyovrlik, o’tuvchanlik, quvvat va boshqa ko’rsatkichlar kiradi.
Ishlatish sohasi ko’rsatkichlari loyixalash bosqichida o’rnatiladi va ishlab chiqarish bosqichida amalga oshiriladi. Ma’lum miqdorda ular texnologik tayyorgarlik bosqichiga ham bog’liq, masalan, tayyorlash va ishlov turida materialni ishlatish koeffitsienti, demak, material sig’imgai ham bog’liq.
Ishonchlilik ko’rsatkichlari puxtalik, uzoqmuddatlik, ta’mirlanish va saqlanish xossalarini harakterlaydi.
Puxtalik ko’rsatkichi ob’ektning ma’lum vaqt ichida yoki qandaydir ishdan so’ng ishlash qobiliyatini saqlash xossasini harakterlaydi. Ularga puxta ish, nosozlikka ishlov va boshqa extimol ko’rsatkichlari kiradi.
Uzoq muddatlik ko’rsatkichi o’rnatilgan texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda chegaraviy holatga yetguncha ob’ektni ishlash qobiliyatini saqlash xossalarini harakterlaydi. Ularga o’rta (kapital) ta’mirlar orasidagi resurslar, ishlash muddati, ruyxatdan chiqarishgacha resurs va boshqalar kiradi.
Ta’mirlanish ko’rsatkichlari buzilishni oldini olish va uning sabablarini aniqlash hamda ta’mirlash yo’li bilan ularni yo’qotishda buyum xossalarini harakterlaydi. Bu ko’rsatkichlarga joriy va kapital ta’mirlar hamda texnik xizmatning o’rtacha operativ davomiyligi kiradi.
Puxtalikning ko’rilgan ko’rsatkichlari loyixalash bosqichida ma’lum aniqlik bilan xisoblanadi. Ularning har xil qiymatlari buyumni ishlab chiqarish bosqichlarining ko’plab omillariga va ma’lum miqdorda ishlab chiqarishning texnik tayyorgarlik bosqichiga bog’liq.
Saqlanish ko’rsatkichlari ob’ektni ishlash qobiliyati holatini yoki mahsulot va materiallarni saqlash davomida, yoki tashishdan so’ng ishlatishga yaroqli holatini saqlash xossalarini harakterlaydi. Ularga o’rtacha saqlash muddati kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Ergonomik ko’rsatkichlar “inson-buyum” (inson-mashina) tizimini harakterlaydi va shu buyum bilan ishlashda ishlab chiqarish va ro’zg’or jarayonlarida ta’sir qiluvchi gigienik, antropometrik, fiziologik va psixologik kabi inson xossalarini kompleksini xisobga oladi. Ularga shovqin darajasi, titrashlar, xavoning maksimal harorati, changni maksimal miqdori va x.k. kiradi.
Sifatning gigienik ko’rsatkichlariga harorat, shovqin va titrash darajasi, changlanganlik va gazlanganlik, radiatsiya miqdori va boshqa shunga o’xshash ko’rsatkichlar kiradi.
Antropometrik ko’rsatkichlar inson tanasi va uning a’zolarini shaklini buyum va uning elementlariga mos kelishini harakterlaydi. Bunday ko’rsatkichlarga dastaklar, tugmacha va pedallar shakli, ularning joylashishi, o’tirgichlarning shakli va joylashuvi, kabina gabaritlari, eshik va lyuk o’lchamlari va x.k. kiradi.
Fiziologik va psixofiziologik ko’rsatkichlar buyum va uning qismlarini insonning kuch va tezlik imkoniyatlariga mos kelishini, uning sezgi a’zolarini, ko’rish, xidlash, sezish, eshitish, tam – o’ziga xosligi va imkoniyatlarini harakterlaydi.
Psixologik ko’rsatkichlar insonning psixologik o’ziga xosligi va imkoniyatlariga buyumni mos kelishini, “inson-buyum-muxit” tizimida axborot almashuvchanlikni harakterlaydi.
Sifatning ergonomik ko’rsatkichlari loyixalash bosqichida o’rnatiladi va ishlab chiqarish bosqichida amalga oshiriladi.
Estetik ko’rsatkichlar shaklni ratsionalligi, kompozitsiya butunligini va mahsulot ishlab chikarilishini bajarilganligini harakterlaydi. Bu guruxga quyidagi ko’rsatkichlarni kiritish mumkin: stilni mos kelishi, modaga mos kelishi, xajm-fazoviy tuzilishi, rang koloriti, qismlarni bajarish tozaligi, firma belgilarini aniq bajarish va x.k.
Texnologiklik ko’rsatkichlar ishlab chiqarishni tayyorlash va mahsulotni ishlatishga texnologik tayyorlashda material, mehnat vositasi va vaqt sarfini optimal taqsimlanishini, mahsulot xossalarini harakterlaydi. Texnologiklikni asosiy ko’rsatkichlari: mahsulotni tayyorlashning sermehnatliligi va tannarxi.
Texnologiklikni quyidagi ko’rsatkichlar harakterlaydi:

  • buyum va uning elementlarini zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelish darajasi;

  • konstruktsion materiallarning ratsional ishlatish;

  • ishlab chiqarishni progressiv texnologik usullarini, tipli texnologik jarayonlarni qo’llash imkoniyatlari va x.k.

  • texnologiklik ko’rsatkichlarini yaxshilashning yakuniy natijasi bo’lib, mehnat maxsuldorligini oshirish, tannarxni pastaytirish va ekspluatatsion harajatlarni kamaytirish xisoblanadi.

Transportabillik ko’rsatkichlari ishlatish va iste’molsiz, mahsulotni fazoda ko’chirish (transportirovkalash)ga moyillikni harakterlaydi. Bu ko’rsatkichlarga transportirovkalashga mahsulotni tayyorlashning o’rtacha davomiyligi, transport vositasiga mahsulotni yuklashning o’rtacha davomiyligi, transport vositasidan foydalanish koeffitsienti kiradi.
Patent-xuquqiy ko’rsatkichlar mahsulotda qo’llanilgan texnik yechimlarni yangilash darajasini, ularning patent sofligi va saqlanganligi, hamda mamlakat va chet elda mahsulotni qiyinchiliksiz harid qilish imkoniyatini harakterlaydi.
Ayniqsa mahsulotning patent qobiliyatliligi va patent sofligi muxim ko’rsatkich xisoblanadi.
Ekologik ko’rsatkichlar mahsulotni ekspluatatsiya va iste’mol qilishda xosil bo’luvchi tashqi muxitga zarar darajasini harakterlaydi. Bu ko’rsatkichlarga atrof muxitga zararli moddalarni tashlash extimoli va darajasi kiradi.
Xavfsizlik ko’rsatkichlari xizmat ko’rsatuvchi personalga mahsulotdan foydalanishda uning xavfsizligini harakterlaydi. Xavfsizlik ko’rsatkichlariga to’xtovsiz ishlash extimoli, qurilmalarning ishlash vaqti, buyumning elektr tokini o’tkazuvchi qismlarining mustaxkamligi, tormozlashda o’rtacha to’xtashi, statistik mustaxkamlik burchagi, obzorlik va boshqalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda mahsulotning (tovar) sifati, loyixalash bosqichida qabul qilingan, texnologik tayyorgarlik va ishlab chiqarish bosqichlarida amalga oshiriladigan har xil sifat ko’rsatkichlarining yig’indisi bilan harakterlanadi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish