Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Mahsulotning sifat darajasini baholash



Download 2,77 Mb.
bet43/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

5.4. Mahsulotning sifat darajasini baholash
Sifatning maqbul darajasibu sifat, harajatlar, narx, tannarx va foyda o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi mahsulot sifati ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Sifatning maqbul darajasini aniqlashda ishlab chiqarish va sifatni oshirish bilan bog’liq omillar tahlili muxim o’rin tutadi. Sifatning maqbul darajasini quyidagi 5.4.1. va 5.4.2-rasmlar orqali yanada chuqurroq o’rganish mumkin.

5.4.1-rasm. Sifatning maqbul darajasini birinchi ko’rinishi
5.4.1-rasmda tannarx va narx o’rtasidagi bog’liqlikni mahsulot foydasiga ta’siri yordamida maqbul sifat darajasiga erishish yo’nalishi ko’rsatib o’tilgan. Unda Q1 va Q2 mahsulot sifatiga sarflanadigan harajatlarni o’zgarishi evaziga foyda miqdorini ham o’zgarishini anglatadi. Q0 esa mahsulot sifatini ma’lum bir darajasida foydani maksimal bo’lishini ko’rsatib beradi. Ya’ni sifatning maqbul darajasi bo’lib hisoblanadi.
harajatlar

3


2
1

past maqbul yuqori


5.4.2-rasm. Sifat va harajat o’rtasidagi bog’liqlik
Mazkur misolda mahsulot tannarxi va narxini o’sishi sifatni o’sishiga proportsional tarzda bog’langan. Lekin iste’molchilar yuqori narxli mahsulotlarni sotib olgandan ko’ra, o’z ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotni arzonroq sotib olishni istaydilar. SHuning uchun, mahsulot sifati, tannarxi va narxini maksimal oshirib borgan bilan, bozor talabini qondira olmaslik ham mumkin. Korxonaning marketing strategiyasida ushbu masalalar batafsil ko’rib chiqilishi zarur.
5.4.2-rasmda sifat va harajat o’rtasidagi bog’liqlik ikkinchi yondoshuv bilan ko’rilgan. Sifat darajasi oshib borganda mahsulotni ishlab chikarish uchun qilinayotgan harajatlar boshida sekin oshadi (1-egri chiziq), chunki ishlab chiqarish berilgan talablarni osonlik bilan bajaradi. Keyinchalik, sifat darajasi o’sishi bilan harajatlar keskin oshib ketadi. Oxiri shunday chegaraga yetib boradiki, harajatlar cheksizlikka intiladi. Bu holda na jihozlar, na ishchilar sifatni oshirish imkoniyatiga ega bo’lmaydilar.
SHu bilan bir vaqtda sifat darajasi oshganda mahsulotdan foydalanishdagi harajatlar kamayadi (2-egri chiziq). Boshida ular keskin, keyinchalik asta-sekin kamayib boradi. Bu yerda ham sifat darajasi oshishi bilan mahsulotdan foydalanishda harajatlar kamayishiga olib kelmaydigan chegaraga yetib kelamiz.
Yig’indi harajatlarga kelganda (3-egri chiziq), ular sifat darajasi oshishi bilan boshida kamayib boradi va sifatning maqbul darajasida minimal bo’ladi.
Undan keyin, sifat darajasi maqbuldan yuqorilaganda yig’indi harajatlar oshadi. Oxirida ular cheksizlikka intiladi.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulot tannarxini kamaytirishga intilib, ayrim xollarda mahsulot sifatini pasaytirib yuboradi. Bu holda mahsulotdan foydalanish jarayonida iste’molchining harajatlari oshib ketadi. SHuning uchun ishlab chiqaruvchining sifatli mahsulot ishlab chiqarishga qiziktirish maqsadida, chiqarilayotgan mahsulotdan foydalanish harajatlarini unga yuklab qo’yish kerak.
Mahsulot sifatini maqbul darajasiga erishish birinchi darajali muxim masaladir. Bu-sifatni boshqarish tizimining asosiy maqsadlaridan biridir.
Sifatni ta’minlashda harajatlar kalьkulyatsiyasining quyidagi usullari farqlanadi:

  1. Sifatga harajat kalьkulyatsiya usuli mahsulot sifatining o’ziga sarflangan harajatlarni aniqlashga asoslangan. Bu harajatlarni ichki va tashqi turlarga bo’lishga qaratiladi. Bunda mahsulotni deffekt va braklarini kamaytirishga ichki va tashqi harajatlar hisobga olinadi. Ya’ni harajatlar kalьkulyatsiya qilinayotganda profilaktika, baholash va deffektni hisobga oladi. Profilaktika va baholash uchun harajatlar foyda keltiradi, deffekt uchun harajatlar esa zarar hisoblanadi.

  2. Jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan harajatlar kalьkulyatsiyasi usuli har bir jarayonga muvofiq va nomuvofiq keluvchi qiymatlar tushunchasiga asoslangan.

  • Muvofiqlik qiymati – bu mavjud jarayonlarni to’xtamasdan ishlatish, iste’molchilarning barcha talablarini qondirish maqsadida qilingan harajatlar. Bu harajatlar deffekt va braklar bo’lmagan sharoitda sifatni yaxshilash uchun amalga oshiriladi.

  • Nomuvofiqlik qiymati – mavjud jarayondagi xatoliklar uchun harajatlar. Bu harajatlar sifatni yaxshilash uchun yoki deffektlarni kamaytirish uchun amalga oshiriladi.

  1. Sifatning pastligi sharoitida yo’qotishlarni aniqlash usuli. Mazkur yondoshuvda sifatning pasayishiga olib kelgan sabab sifatida ichki va tashqi hamda material va nomaterial yo’qotishlarga, ya’ni sifat nazoratiga, ishlab chiqarishning asosiy harajatlariga, deffekt natijasidagi yo’qotishlarga, ishlab chiqarishning jami harajatlariga asosiy e’tibor qaratiladi.

5.4.3-rasm. Mahsulot sifatida harajatlar hisobi


Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. (5.4.3-rasm)
O’lchash usuli texnik o’lchov asboblari yordamida olingan ma’lumotlarga asoslangan. O’lchash usuli yordamida mahsulotning og’irligi, bo’yi, e’ni, o’lchami kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog’lanishlar yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og’irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko’rsatkichlarni aniqlashda qo’llaniladi.
Organoleptik usul – sezgi organlari ko’rish, eshitish, sezish orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko’rinishi, ko’zga tashlanuvchanligini baholashda qo’llaniladi.

Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki harajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o’tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo’li bilan olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan.


An’anaviy usul – muassasalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo’limlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).
Ekspert usulida mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya’ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy usul mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste’molchilariga tayanadi. Iste’molchilarning fikri to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, so’rovlar o’tkazish yoki maxsus so’roq anketalari orqali, ko’rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot sifati darajasini aniqlash uchun differentsial, kompleks va aralash usullardan foydalaniladi.
Differentsial usul aniq buyumning sifat ko’rsatkichlarini, uning etalonining analitik ko’rsatkichlari bilan solishtirishdan iborat. Bu xolda sifatning nisbiy ko’rsatkichi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi
,
Agar sifat ko’rsatkichi Pi kamayishi bilan yaxshilansa, bu yerda PiB – etalonning i-chi birlik ko’rsatkichi. qi>1 da ko’rilayotgan mahsulotning i-chi xossasining sifat ko’rsatkichi etalonidan yuqori ekanligini ko’rsatadi.
Kompleks usul sifatning umumlashgan ko’rsatkichlaridan foydalanishni nazarda tutadi. U mahsulot sifati darajasining bir ma’noli raqamli baxolash imkonini beradi
,
Bu yerda: P va PB – tekshirilayotgan mahsulot va etalonning umumlashgan sifat ko’rsatkichlari.
Sifat darajasini aralash usulda baxolashda mahsulot xossalari yig’indisini aloxida guruxlarga bo’linadi va ular uchun sifatning kompleks darajasini aniqlanadi.
Umuman olganda baxolashni xossalar guruxini kompleks sifat darajalari bo’yicha va aloxida xossalarni birlik sifat darajalari bo’yicha bajariladi.
Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Sifatning birlik ko’rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo’yicha sifatning kompleks ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:

  • Mahsulotning sifati ko’rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.

  • Mahsulotning belgisi – uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy tavsifidir.

  • Mahsulotning parametri – uning belgisi bo’lib, barcha miqdoriy xususiyat va holatlarni ifodalaydi.

  • Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko’rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o’tkazuvchanligi, cho’ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.

  • Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks ko’rsatkichiga tortilgan o’rtacha qiymat ko’rinishida aniqlangan ko’rsatkichni misol qilib keltirishimiz mumkin:


bu yerda: K I - mahsulotning xususiyatining ko’rsatkichi.
Z I - K i ko’rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.
2. Guruhlar bo’yicha aniqlangan kompleks ko’rsatkichlar hamda alohida ajratib ko’rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan birlik ko’rsatkichlar, taqqoslash asos qilib qabul qilingan ko’rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Odatda, o’lchash yo’li bilan mahsulot sifatining birlik ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko’rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko’rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash, hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo’li bilan, yuqorida aytib o’tganimizdek, sifatning kompleks ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin.
Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko’rsatkichlarini taqqoslashda ko’rsatkichlar dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi.

Texnikaviy daraja – mahsulotni texnikaviy takomillashtirishning nisbiy tavsifi bo’lib, mana shu mahsulot turini takomillashtirishda fan-texnika yutuqlarini tavsiflovchi, mahsulot sifatini belgilovchi eng asosiy xossa-xususiyatlarining yig’indisiga aytiladi.
Texnikaviy darajani baholash - mahsulotning jahon, mintaqa, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o’rganishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko’rsatkichini bazis namuna ko’rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna – bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.
Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan biriga kiritiladi:

  • Jahon darajasidan yuqori;

  • Jahon darajasiga javob beradi;

  • Jahon darajasiga javob bermaydi.

Baholash natijalaridan:

  • yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda

  • Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;

  • Normativ xujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;

  • Mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish to’g’risidagi qarorni qabul qilishda;

  • Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;

  • Mahsulotni eksporti yoki importi bo’yicha muloxazalarning shakllanishida foydalaniladi.

Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
A
Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish