6.3. Sifatni boshqarish tizimida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar
Sifatni boshqarish bo’yicha milliy standartlar qator davlatlarda XX asrning 70-yillaridan boshlab qo’llanib kelinmoqda. Ular birinchi navbatda aviatsiya, kosmonavtika, harbiy texnikalarni ishlab chiqarish kabi muhim tarmoqlarda loyihalashtirish va ishlab chiqarish bosqichlarida sifatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi va qo’llanilmoqda.
Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot International Organization for Standardization ISO ( ISO Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) - Xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi tashkilot xisoblanib, u 25 ta mamlakatning milliy standartlash tashkilotlari tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning 1946 yildagi qaroriga asosan tashkil topgan. U xozirgi kunda 160 dan ortiq davlatlar a’zoligi asosidagi nodavlat tashkiloti (har bir davlatdan bir tashkilot) xisoblanadi. Uning markaziy kotibiyati Jeneva shahrida joylashgan. U o’z faoliyatini 1947 yilda boshlagan. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tarkibida foliyat ko’rsatib, rivojlanib kelmoqda.
ISO 9000 - ISO xalqaro standartlar seriyasi bo’lib, korxonalarda sifatni boshqarish tizimini tartibga soladi. (Sababi: u jahon standartlari darajasidagi mahsulot ishlab chiqarish uchun yagona sifatni ta’minlash tizimi).
“ISO” – atamasi brend hisoblanib, yunon tushunchasida “teng” degan ma’noni bildiradi va u tarjima qilinmaydi.
ISO ning maqsadi: Xalqaro tovar ayirboshlashni jahon miqyosida yengillashtirish, shuningdek, intellektual, ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy faoliyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
6.3.1-rasm. ISO 9000 seriyasidagi standartlar kompleksining tuzilishi
Standartlashtirish va sifatni ta’minlash tizimini qo’llash sohasidagi milliy tajribaga asoslanib, 1987 yilda ISO 9000 seriyasidagi birinchi 5 ta standart ishlab chiqildi, hamda sifatni ta’minlash sohasi MS ISO 8402 dagi tushunchalar va ularni ta’rifi bo’yicha lug’at tayyorlandi.
ISO 9000 seriyasidagi standartlar quyidagi standartlardan tashkil topgan:
ISO 9000 “Sifatni umumiy boshqarish va sifatni ta’minlashda standart tanlash va qo’llash bo’yicha boshqaruv ko’rsatmalari”;
ISO 9001 “Sifat sistemasi. Loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, montaj va xizmat ko’rsatishda sifatni ta’minlash modeli”;
ISO 9002 “Sifat sistemasi. Ishlab chiqarish va montaj qilishda sifatni ta’minlash modeli”;
ISO 9003 “Sifat sistemasi. Yakuniy nazorat va sinov jarayonlarida sifatni ta’minlash modeli”;
ISO 9004 “Sifatni umumiy boshqarish va sifat sistemasining elementlari. Boshqaruv ko’rsatmalari”.
1994 yilda ISO/TK 176 ISO 9000 seriyasidagi standartlarni qayta ko’rib chiqishni yakunlandi.
Standartlarni qayta ko’rib chiqishda ishchi guruhlar bozor talablariga muvofiq holda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’ydilar:
Standartlarda ularni qo’llashning ilg’or amaliy tajribalarini aks ettirishni ta’minlash;
Standartlarning muvofiqligi va stabilligini ta’minlash;
Ularning katta-kichikligi, qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, qanday mahsulot ishlab chiqarilishidan qat’iy nazar, kompaniyalar tomonidan standartlarning qo’llanishiga imkon berish.
Keyinchalik ISO 9000 seriyasidagi standartlarga o’zgarishlar kiritildi va ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari qayta ko’rib chiqildi. ISO 9004 standartlariga kamroq o’zgarishlar kiritildi. Masalan, “Sifat halqasi” tushunchasi “Mahsulot hayot tsiklining tipik bosqichlari” tushunchasi bilan almashtirilib, “Texnikaviy yordam va xizmat ko’rsatish” bosqichidan keyin qo’shimcha “sotilgandan keyingi faoliyat” qo’shildi. Hozirgi kunda oltinchi bo’lim “Sifat sistemasining moliyaviy aspektlari” deb ataladi va moliyaviy ma’lumotlar elementlarini namoyon va tahlil qilish uchun ma’lumotlar to’plashning turli usullarining qisqacha tavsifi bilan to’ldirilgan.
6.3.2-rasm. Sifatni boshqarish tizimi
Rivojlangan davlatlarda sifat tizimi bo’lmagan korxona yoki firma bilan ishlab bo’lmaydi. CHunki birinchidan xech qanday kafolat yo’q, ikkinchidan esa siz shartnoma tuzganigizda ham, siz bilan ishlovchi boshqa sub’ektlar bundan boxabar bo’lganlarida ularning sizga nisbatan ishonchlari kamayishi mumkin. SHu sababdai sifat tizimlariga nixoyatda jiddiy ahamiyat berishimiz kerak.
ISO 9000 seriyasidagi to’ldirilgan standartlar 1994 yil iyulida nashr qilindi. Hozirgi kunda bu standartlar rus tiliga tarjima qilingan.
Sifatni boshqarish tizimi (CBT)ning maqsadi – mahsulotlar yoki xizmatlar sifatini ta’minlash va iste’molchilar tomonidan kutilayotgan sifatga moslashtirish, ya’ni iste’molchilarning talablarini aniqlash va qondirish, sifatga bilvosita va bevosita ta’sir qiluvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarni boshqarish, mahsulot hajmini oshirishga erishish.
6.3.3-rasm. Sifatni boshqarish tizimini joriy etish orqali erishiladigan natijalar
Sifatni boshqarish tizimi (CBT)ning asosiy vazifasi – har bir mahsulotni nazorat qilish emas, balki shunday qilish kerakki ishlab chiqarishda xatolar yuzaga kelmasligi (sifatsiz mahsulot) va nuqson kelib chiqmasligini ta’minlash zarur.
• Jarayonlarni aniqlash va ularga bo’lgan talablarni belgilash;
• barcha xodimlarni malaka oshirishga jalb qilish;
• mas’uliyat, vazifa va vakolatlarni belgilash).
• Ma’muriy bo’linmalar ishi samaradorligini oshirish, infratuzilmani optimallashtirish va mahsulot/xizmatlar tannarxini pasaytirish;
• Xodimlarni korxonaning maqsad va vazifalari haqidagi tushunchasini oshirish;
• Xodimlar intizomi va saviyasini oshirish, ularni ishdagi natijalari bo’yicha javobgarlik hissi va shaxsiy natijalari evaziga mehnat unumdorligini oshirish;
• Davlat buyurtmasini olish uchun raqobatchilarga nisbatan manfaatli holatda bo’lish;
Sifatni boshqarish tizimini tadbiq etish korxona va muassasalarning iqtisodiy holatini mustaxkamlash, ularni eksport soloxiyatini kengaytirishda muxim ahamiyatga ega. Tobora kuchayib borayotgan raqobat sharoitida iste’molchilarning, ayniqsa haridorlarning mahsulotlar va xizmatlarga qo’ygan talablari ortib boradi.
6.3.4-rasm. ISO 9001standarti bo’yicha SMT tomoyillari
Respublikamizda ISO 9000 xalqaro standartlari asosidagi sifat menejmenti tizimini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. CHunki, xalqaro standartlar talabi asosida sertifikatlangan korxonalar jaxon bozorida unumli faoliyat ko’rsata oladilar.
Xozirgi kunda respublikamizda 10598 ta sanoat korxonalarida, jumladan 1653 ta yengil sanoatda, 3586 ta oziq ovqat sanoatida, 756 ta neft va kimyo sanoatida, 1376 ta qurilish materiallari sanoatida, 506 ta metal va mashinasozlikda va boshqa sohalardagi korxonalarda 2691ta menejment tizimlari joriy etilgan (6.3.5-rasm).
Respublikamiz sanoat korxonalarida ISO seriyalari bo’yicha joriy etilgan 10878 ta menejment tizimlaridan, 10072 tasi ISO 9001 Sifat menejmenti tizimi, 108 tasi ISO 14001 Ekologik menejment tizimi, 267 tasi ISO 22000 Oziq ovqat xavfsizligi menejment tizimi, 74 tasi ISO 50001 Energiya menejment tizimi va 154 tasi 18001 OHSAS Sog’liq va sanoat xavfsizligi menejment tizimini tashkil qiladi.
6.3.5-rasm. Respublikamiz sanoat korxonalarida ISO standartlariga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini joriy etilishi15
2020 yilning 5 oyi davomida (1 iyun xolatiga) respublikamizda yengil sanoatda 8 ta, oziq ovqat sanoatida 11 ta, neft va kimyo sanoatida 3 ta, qurilish mollari 7 ta, metal va mashinasozlikda 2 ta va boshqa sohalarda 33 ta, jami 64 ta sifat menejmenti tizimlari joriy etildi.
Ulardan ISO seriyalari bo’yicha joriy etilgan 68 ta menejment tizimlaridan, ISO 9001 Sifat menejmenti tizimi 59 ta, ISO 14001 Ekologik menejment tizimi 2 ta, ISO 22000 Oziq ovqat xavfsizligi menejment tizimi 6 ta va ISO 50001 Energiya menejment tizimi 1 tani tashkil qiladi (6.3.6-rasm).
6.3.6-rasm. Respublikamiz sanoat korxonalarida 2020 yil 5 oyi davomida (1 iyun) xolatiga sifat menejmenti tizimlarini joriy etilishi
Xozirgi vaqtda mamlakatimiz iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, milliy iqtisodiyotimiz tarmoqlari jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu jarayonlarning jaxon iqtisodiyotiga integratsiyasi davridagi va kelgusidagi rivoji uchun xalqaro tajribani, xususan, sifat boshqaruvi sohasidagi tajribani inobatga olish zarur, bu esa ISO 9001:2000 asosidagi SMTdan foydalanishni kengaytirishga ko’mak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |