Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar



Download 2,77 Mb.
bet59/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

7.5. Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar
Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona sertifikatsiyalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun sertifikatsiyalash tashkilotiga ariza-deklaratsiya va unga qo’shimcha xujjatlarni taqdim etadi. Tegishli arizani qabul qilgan sertifikatsiyalashtirish tashkiloti xujjatlarni ko’rib chiqib, sertifikatsiyalashga oid talablarga mos kelishi to’g’risida qaror qabul qiladi, uni qaysi tartibda va kimlar tomonidan o’tkazilishi belgilaydi.
Tanlangan namunalar Milliy sertifikatsiyalash tizimining akkreditlangan sinov laboratoriyalarida sinovdan o’tkaziladi. Lozim bo’lsa sertifikatsiyalashtirish tashkiloti tajribalar o’tkazish uchun usulubiy ko’rsatmalar ishlab chiqishni tashkil eatadi.
Sertifikatsiyalash tartibi quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat:

  • Sertifikatsiya o’tkazish uchun qaror va ariza deklaratsiya berish;

  • Sertifikatsiyalashtiriladigan mahsulotlardan tajribalar o’tkazish uchun namunalar olish. Me’yoriy xujjatlar bo’yicha namunalar olish miqdorini belgilash.

  • Mahsulot yoki ishlab chiqarishni sertifikatsiyalashtirish turini tanlash;

  • Olingan natijalarni taxlil qilib, muvofiqlik sertifikatini berish to’g’risida qaror qabul qilish;

  • Davlat standarti ro’yxatidan mahsulotni o’tkazib, muvofiqlik sertifikatini berish;

  • Xalqaro sertifikatlash tashkilotlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish;

  • Sertifikatsiyadan o’tgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarining barqarorligini nazorat qilish;

  • Sertifikatsiya natijalarining axboroti;

  • Noroziliklarni ko’rib chiqish.

Sertifikatlangan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari barqarorligini tekshiruv nazorati, shu mahsulotni ishlab chiqarish jarayoniga sertifikat bergan tashkilot tomonidan maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Zarur xollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish mumkin. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisini quyidagi xollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin.

  • me’yoriy texnik xujjatlardagi talablar o’zgarsa;

  • mahsulotning tarkibi va tuzilishi o’zgarsa;

  • tashkilot yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarsa;

  • sifatni ta’minlovchi tizim, texnologiya, sinash uslublari o’zgarsa.

Tekshiruv nazorati tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilingunga qadar, muvofiqlik sertifikatini berish to’xtatib turiladi. SHu muddatda ham axvol o’zgarmasa, muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Bundan tashqari sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini qo’yish quyidagi xollarda ham bekor qilinadi:

  • mahsulotda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib bo’lmasa;

  • ishlab chiqaruvchi o’zining moliyaviy majburiyatlarini bajarmay qo’ysa;

  • ishlab chiqaruvchi sertifikatni vaqtincha to’xtatib qo’ygandan keyin muddatni uzaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa;

  • mahsulotni ishlab chiqarish to’xtatilgan bo’lsa.

Sertifikatsiyalashtirish tashkiloti bu xaqda rasmiy axborot beradi va mazkur mahsulot ishlab chiqarish sertifikatini davlat ro’yxatidan chiqaradi. Axborot bilan ta’minlash sertifikatsiyalash tashkiloti ishtirokchilari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Mahsulotlarni uzluksiz ishlab chiqarishda sertifikatlashtirish ishlarini o’tkazish tartibi quyidagilardan iborat:

  • Mijoz o’rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish tashkilotiga buyurtma-ariza taqdim qiladi;

  • Sertifikatlashtirish tashkiloti arizani ko’rib chiqib qaror qabul qiladi;

  • Sertifikatsiyalashtirish tashkiloti mutaxassisi topshirilgan xujjatlarni tahlilini o’tkazadi;

  • O’rnatilgan tartibda mutaxassis mijoz ishtrokida ishlab chiqarish, tayyor mahsulotni saqlash sharoitlarini o’rganib chiqadi;

  • Texnologik jarayonda qo’llaniladigan o’lchov vositalarining holati ko’zdan kechiriladi;

  • Tayyor mahsulotni to’pidan mijoz ishtrokida mutaxassis namunalar tanlaydi va namunalar tanlash va identifikatsiya dalolatnomasi tuziladi;

  • Tanlangan namunalar sinov laboratoriyasiga topshiriladi;

  • Mijoz bilan sertifikatsiyalash organi o’rtasida o’tkaziladigan sertifikatlashtirish ishlari bo’yicha shartnoma tuziladi;

  • Sinovdan o’tkazilgan va me’yoriy xujjatlar talablariga javob beradigan mahsulotga, ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi;

  • Sertifikatlashtirish ishlarini to’lovi o’tkazilgandan so’ng, muvofiqlik sertifikati mijozga beriladi.

Mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:

  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga normativ xujjat nusxasi (u mavjud bo’lganda);

  • Mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to’g’risida axborot);

  • O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan tovarning ilova xujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi.

CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish tartibi:

  • Mijoz o’rnatilgan tartibda deklaratsiya – ariza topshiradi;

  • Sertifikatlashtirish organi deklaratsiya arizani ko’rib chiqib qaror chiqaradi;

  • O’rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish organi mutaxassisi mijoz ishtrokida mahsulotni to’pini identifikatsiyasini o’tkazadi;

  • O’tkazilgan sertifikatlashtirish ishlari uchun mijozga to’lov shartnomasi rasmiylashtiriladi;

  • Olingan xujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikatsiyalash asosida sertifikatlashtirish organi chet el muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish (etmaslik) to’g’risida qaror qabul qiladi;

  • Sertifikatlashtirish ishlarini to’lovini o’tkazilgandan so’ng, muvofiqlik seritfikati mijozga beriladi.

CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish uchun taqdim etiladigan xujjatlar:

  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy xujjat nusxasi (u mavjud bo’lganda);

  • Mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to’g’risida axborot);

  • O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan tovarning ilova xujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi;

  • CHet el muvofiqlik sertifikati (chiqaruvchi, bergan sertifikatlashtirish organi yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi).

Mahsulotlarni uzluksiz ishlab chiqarishda sertifikatlashtirish uchun buyurtmachilar tomonidan taqdim etiladigan xujjatlar:

  • Buyurtma – ariza;

  • Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotga tegishli me’yoriy xujjat nusxasi;

  • Gigiena sertifikati va sinov bayonomalari nusxasi;

  • Mahsulot yorlig’idan nusxa.

Quyidagi ishlar davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi:

  • sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, uni o’tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;

  • sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;

  • xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o’tkazish;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlarni olib borish;

  • sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini olib borish ishlari.

Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini “O’zstandart” agentligining davlat inspektorlari qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda amalga oshiradi.
Sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarish, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlari ustidan nazorat yo’sinidagi tekshiruvni sifat bo’yicha ekspert-auditorlar “O’zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Har qanday mahsulot me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun, u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o’tkazilishi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni “O’zstandart” agentligi belgilab qo’ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish