7.6. Sertifikatlashning tashqi savdoga ta’siri Xozirgi kunda xalqaro iqtisodiy aloqalar o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra har qanday davlat iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omilga aylanib qoldi. SHuning uchun xo’jalik aloqalarini xalqaro miqyosda integratsiyalashuvini kengaytirish va chuqurlashtirishga berilayotgan e’tibor tobora kuchayib bormoqda.
XX asrning so’nggi yillarida jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyotidagi tub sifat o’zgarishlarining kuchayib borishi, xalqaro munosabatlarning hozirgi bosqichida quyidagi xususiyatlarni belgilab berdi:
Birinchidan,xalqaro ayirboshlashning tarkibiy tuzilishi sezilarli darajada o’zgardi: mamlakatlar mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli xil xizmatlar, moliya kapitali, ishchi kuchi, fan-texnika axborotlari, yangi texnologiyalar, boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishga o’tdilar.
Ikkinchidan, kapitalni chetga chiqarilishining ko’payishi va mamlakatlar o’rtasida ayirboshlashning kengayishi zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni mamlakatlararo uyg’unlashuviga olib keldi. Bunday xususiyat o’z faoliyatini bir qancha davlatlar hududida amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar (TMK) va transmilliy banklar (TMB) sonining ko’payib borishida o’z aksini topdi.
Uchinchidan,xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi bosqichida yana bir muhim xususiyat namoyon bo’ldi, ya’ni ayirboshlashda mamlakatlar tutgan o’rnini qayta taqsimlash jarayoni sodir bo’lmoqda.
Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo’jaliklari o’rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo’lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
Sertifikatlashtirish davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdo munosabatlarini yengillashtiradi, mahsulotni import qilinayotgan davlatlarda qayta sinovdan o’tkazish, tashish harajatlari qisqaradi. Yagona xalqaro standartlar birliklariga amal qilishga asoslangan xalqaro sertifikatsiyalash tizimlarini joriy etilganda, ish yanada osonlashadi.
Ammo, ko’pchilik davlatlarda sertifikatlashtirish milliy chegaralari kiritilgan. Natijada sertifikatlashning milliy qoidalari, sinovlarni o’tkazish tartibi va natijalarni ifodalashda farq yuzaga keladi. SHuning uchun ham milliy sertifikatsiyalash bilan bog’liq bo’lgan xalqaro savdodagi nomuvofiqlikni yo’qotish ko’pchilik xalqaro tashkilotlarning diqqat markazidadir.
SHu bilan bir qatorda sertifikatlash va standartlashning milliy qoidalaridagi farqlar, shuningdek, ayrim mahsulot turlariga nisbatan qo’yilgan talablardagi ob’ektiv farqlardan ba’zi mamlakatlarda protektsionistik maqsadlarda, ya’ni chet ellik ishlab chiqaruvchilarga bu mamlakatlarning bozoriga kirib kelishlarining yo’lini yopish yo’lida ham foydalanmoqdalar.
Masalan, birorta mamlakat mahsulotning shunday tavsiflarini joriy qilgan standartni qabul qiladiki, boshqa mamlakatlardan uni import qilish juda qiyin bo’ladi, yoki umuman ilojisi bo’lmaydi. Agarda bu chora ta’sir qilmasa, import qilingan buyumlarning sinovini o’tkazish uchun murakkab ma’muriy protseduralar qo’llanadi. Ichki bozorga xorijiy buyumlar kirishini kamaytirish uchun standartni qo’llashning keng tarqalgan yo’llariga quyidagi misollarni keltirish mumkin:
standart orqali buyumlar ma’lum konstruktsiyali bo’lishi haqida ko’rsatma berish;
ma’lum materiallarni qo’llash;
buyumning birorta tavsifiy miqdorini boshqa mamlakatlarda joriy qilingan miqdordan oshirib yuborish (masalan kafolat muddatini) va hokazo.
Bunday protektsionizm xaqida GFRning ulgurji va tashqi savdo Birlashmasining Prezidenti Gans Xaytvich “O’z iqisodiyotini mavxum zararli raqobatdan saqlab qolish harakatida xokimlik milliy organlari o’zlarini juda ijodkor ko’rsatadilar. Umumiy bozor mamalakatlarida hozirni o’zida 900 dan ortiq savdo aloqalariga bevosita to’siq bo’ladigan davlat texnik reglamenti amalda mamlakat sanoatini og’ir raqobatdan saqlab qolish uchun standartlarni kundalik maqsadlar bilan bog’laydilar” deb ta’kidlagan edi.
Bir qator xollarda protektsionist qarorlar jamiyat bosimi ostida qabul qilinadi. Bunday xukmronlik qarorlari (ba’zan ularni texnik reglamentlar deb atashadi) mahsulotlarga aniq texnik talablarni o’z ichiga oladi hamda ishlatish uchun zarur hisoblanadi.
Xalqaro savdo diskriminatsiyasi sertifikatsiyaning milliy tizimi to’g’ridan to’g’ri chet el firmalarida tayyorlanadigan mahsulot sertifikatsiyasi imkoniyatini yo’q qilganda o’rinli bo’ladi. Sertifikatsiyadan yuz o’girish ko’proq importchi-mamlakatda mos keluvchi milliy standartning yo’qligi bilan izoxlanadi.
CHet el tovarlari diskriminatsiyasi uchun ularning sertifikatsiya sinovlariga narxni milliy ishlab chiqaruvchilar narxiga nisbatan ko’tariladi. Natijada sertifikat olish uchun yuqori narx ko’p xollarda mahsulot eksportini iqtisodiy jixatdan foydasiz qilib qo’yadi.