Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Milliy sertifikatlashtirish tizimlarini tushuntirib bering?



Download 2,77 Mb.
bet55/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

Milliy sertifikatlashtirish tizimlarini tushuntirib bering?



7.1. Sertifikatsiya – sifat kafolati
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng sertifikatlashtirish sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va hozirgi kunda ham bu sohaning rivojlanishi, xalqaro miqyosda tan olinishi ustida “O’zstandart” agentligi tomonidan e’tiborli ishlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, 1992 yil mustaqillikning ilk yillaridayoq Vazirlar Mahkamasi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlat markazi (“O’zdavstandart”) va keyinchalik, 2002 yilda, ushbu sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida mustaqil “O’zstandart” agentligiga aylantirilishi Hukumatimiz tomonidan bu sohaga berilayotgan ahamiyatning mahsuli sifatida qarash mumkin. Davlatimiz tomonidan sertifikatlashtirish ishlarini tashkillashtirish, uni tartibga solish va bu sohaning qonuniy asosini yaratish maqsadida 1993 yilda “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilinishi, uni amalga oshirish maqsadida qator chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi yuqoridagilarning yaqqol isbotidir.
Sertifikatlashtirish so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “tug’ri ishlab chiqarilgan” degan ma’noni bildiradi. Mahsulotning tug’ri ishlab chiqarilganligini bilish uchun, uning me’yoriy xujjatlardagi talablarga mosligini tekshirish zarur. Bunday vazifani sertifikatlash amalga oshiradi.
Sertifikatlash – bu mahsulotni muayyan talablarga, aniq standart yoki texnik shartlarga javob berishini tasdiqlovchi xujjatdir.
Mahsulotni belgilangan me’yorlarga mos kelishini tekshirish uchun sinovlar o’tkazish lozim. Sinovlar texnik operatsiyalar bo’lib, mahsulotning bir yoki bir necha tavsifnomalarini aniqlashdan iboratdir. Sinovlar sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Me’yorlarga moslik darajasini tizimli tekshirish - m’yorlarga mosligini baxolash deyiladi. Sertifikatsiya mahsulotning (jarayonning, xizmatning) berilgan talablariga mosligini isbotlovchi asosiy ishonchli usul xisoblanadi.
Sertifikatlash jarayonining tashkil etuvchilari, qoidalar, sinovlar va boshqalar qo’yidagi omillarga bog’liq bo’ladi. Bu omillarga standartlash, sifat va bevosita sertifikatsiyaga ta’luqli bo’lgan qonunchilik, sertifikatsiya ob’ektining o’ziga xos xususiyatlari kiradi.
Mahsulotni sertifikatlash mahsulotga muvofiqlik sertifikati berish orqali uning tegishli standartlar va texnik xujjatlarga javob berishini tasdiqlashdir.
Sertifikatlash (muvofiqlikni sertifikatlash) umumiy tushuncha bo’lib, mahsulotni, texnologik jarayonlarni va xizmatlarni sertifikatlashda uchinchi tomonning (bir tomon – ishlab chiqaruvchi, ikkinchi tomon – iste’molchi) ishtirok etishini nazarda tutadi. ISO da muvofiqlikning 3 ta ko’rinishi belgilanadi:

      • muvofiqlik xaqida ariza;

      • muvofiqlik attestatsiyasi;

      • muvofiqlik sertifikatsiyasi;

Muvofiqlik xaqida ariza – bu ishlab chiqaruvchining arizasi bo’lib, unda sertifikatlash tashkilotlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standartlarga yoki boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga javob berishini ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlovchi xujjatdir. Buni o’zini-o’zi sertifikatlash deb ham ataladi.
O’zini-o’zi sertifikatlash g’oyasi ilgaritdan aniq, masalan, qadimdan ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotni tamg’alash uni yuqori sifatliligiga tasdiq bo’lardi. Lekin tegishlilik to’g’risida ariza ta’minlovchini (ishlab chiqaruvchini) xech qanday yuridik, ma’muriy yoki iqtisodiy javobgarligini nazarda tutmaydi. Faqat aloxida davlatlarning o’zlari chiqarayotgan mahulot xaqidagi aniq ma’lumotni ko’rsatish vazifasi kabi holatlarni nazarda tutadi.
Muvofiqlik attestatsiyasi – bu ma’lum mahsulot namunasi ma’lum standartlar yoki me’yoriy-texnik xujjatlarga javob berishi to’risida uchinchi tomon, sinov laboratoriyasining arizasidir. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlar seriyasining muvofiqligiga baxo berilmaydi, balki sinov o’tkazish uchun yuborilgan mahsulot namunasining sifatigagina kafolat beriladi.
Muvofiqlik sertifikatsiyasi – ishlab chiqarilgan mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standart va me’yoriy texnik xujjatlarga javob berishiga uchinchi tomonning bergan kafolatidir.
SHunday qilib, muvofiqlik sertifikatsiyasi uchinchi tomon orqali kafolatlanadi va o’rnatilgan qonunlarga muvofiq tashkiliy tizim chegarasida amalga oshirilgandagina tan olinadi. Bunda uchinchi tomon seriyali ishlab chiqarilgan mahsulotlarning standartlar shartiga absolyut jixatdan emas, balki ma’lum ishonchlilik darajasi bilan javob bera olishini tasdiqlaydi. Ushbu ishonchlilik darajasi mahsulotning o’rnatilgan shartlarga muvofiqligini ta’minlovchi ishlar xajmiga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ishonchlilik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, mahsulot sifatini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar xajmi shunchalik katta bo’ladi.
Muvofiqlik sertifikatsiyasi sertifikatlash tizimi chegarasida amalga oshiriladi. Tizim chegarasida sertifikatsiyalash yagona qonunlar asosida amalga oshirilishi kerak. Sertifikatlash tizimlari 3 ta darajada: milliy, regional va xalqaro darajada yaratilishi mumkin.
Ayrim mahsulot turi, texnologik jarayon yoki xizmatlarga nisbatan sertifikatlash tizimini ifodalovchi sertifikatlash sxemalari mavjud.
Mahsulotning standart shartlariga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bilan tasdiqlanadi.
Muvofiqlik sertifikati - mahsulot texnologik jarayon yoki xizmatlar tegishli standart yoki me’yoriy xujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi, sertifikatsiyalash tizimi qoidalariga muvofiq berilgan xujjatdir.
Muvofiqlik belgisi – bu qonun tomonidan ximoyalanadigan belgi bo’lib, sertifikatsiyalash tizimi qoidalariga ko’ra foydalanilib, mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlar tegishli standartlarga javob bera olishini kafolatlaydi.
Muvofiqlik sertifikati va belgisi ham tuzilishiga ko’ra, ham mazmuniga ko’ra sertifikatlash tizimi tomonidan o’rnatilgan shartlarga javob berishi kerak. Ular amaldagi qonunlarga ko’ra beriladi.
SHuni aytib o’tish lozimki, sertifikatlash iste’molchiga faqat mahsulotni standartlarning talablariga to’la muvofiq tayyorlanganligiga kafolat beradi. Lekin u erishilgan dunyo darajasiga muvofiq mahsulotni yuqori texnik darajasiga kafolat bermaydi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish