Mahsulot sifatini nazorat qilishni qanaqa turlarini bilasiz?
5.1. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Sifat tushunchasini anglab yetish va undan iste’molchi yoki ishlab chiqaruvchi sifatida samarali foydalanish unga berilgan ta’riflarni diqqat bilan o’rganishni talab qiladi. CHunki, sifatga berilgan ta’riflar ko’p va xilma-xil bo’lib, vaqt o’tishi bilan ular o’zgarib boradi. Ayniqsa, sifatga bo’lgan iste’molchilarning dunyoqarashi mahsulotlar takomillashib borgan sari o’zgarishda davom etmoqda.
Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifat ko’plab tasodif, maxalliy va sub’ektiv omillar ta’sirida aniqlanadi. Bu omillarni sifat darajasiga ta’sirini yo’qotish uchun sifatni boshqarish tizimi kerak. Sifatni boshqarish quyidagi tushunchalar bilan bog’liq: tizim, muxit, maqsad, dastur va boshqalar.
Tizim boshqaruvchi va boshqariluvchiga farqlanadi. Boshqariluvchi tizim korxonalarni (firma va boshqalar) boshqarish har xil darajalari bilan ko’rsatilgan.
Boshqaruvchi tizim sifat menejmentini yaratadi va ta’minlaydi. Zamonaviy adabiyotlarda va amaliyotda quyidagi sifat menejmenti kontseptsiyalari qo’llaniladi:
sifat tizimi;
sifatni boshqarishga asoslangan menejment tizimi;
sifatni umumiy boshqarish;
sifatni ta’minlash;
sifatni boshqarish;
sifatni statistik nazorati;
sifatni ta’minlash tizimi;
mahsulot kafolati;
umumiy ishlab chiqarish menejmenti;
ilg’or ishlab chiqarish tajribasi;
ishlab chiqarish resurslarini boshqarish tizimi;
“biz uylamoqdamiz” tizimi;
“ma’lum shaxslarning uylanishi”;
tashqi muxitni saqlash sohasida sifatning umumiy menejmenti;
ishlab chiqarishni umumiy ta’minlash;
jarayonlarni integrallangan menejmenti;
sifat va ishlab chiqarishni to’la (umumiy, total) boshqarish;
sifatning integrallangan menejmenti;
to’xtovsiz yaxshilanishlarni kiritish tizimi;
sifatni to’la qayta shakllash;
sifat tizimining menejmenti.
Sifat menejmentining boshqa kontseptsiyalari ham bor. Biz ularning bir qismini, lekin sifatni boshqaruv ob’ekti sifatida tushunish uchun muximini keltirdik. Keltirilgan kontseptsiyalar, sifatning har xil muammolarini yechish uchun SMT (sifat menejmenti tizimi) metodologiyasida qo’llaniladigan, har xil usullar ma’nosini aks ettiradi.
Sifat uchun menejment ob’ekti sifatida menejmentning hamma tarkibiy qismlari xos (rejalashtirish, taxlil, nazorat).
Sifatni zamonaviy menejmenti sifatni boshqarish bo’yicha konsulьtantlar dasturlari bo’yicha, yirik chet el korporatsiyalar tomonidan bajarilgan tadqiqotlar natijalarida asoslanadi. Buni “Xьyulett-Pakard” kabi mashxur firmalar tajribasida ko’rishimiz mumkin. Yetakchi firmalar ishini yaxshilashda asosiy omil bo’lib quyidagi yo’nalishlar xisoblandi:
yuqori bo’g’in raxbariyatini qiziqtirilishi;
ish sifatini yaxshilash bo’yicha yig’ilishni tashkil qilish;
ishni yaxshilash jarayoniga butun raxbariyat tarkibini jalb qilish;
jamoa qatnashuvini ta’minlash;
individual qatnashuvni ta’minlash;
tizimlarni takomillashtirish bo’yicha guruxlarni tuzush (jarayonlarni moslashtirish guruxlari);
etkazuvchilarni chuqurroq qiziqtirish;
boshqarish tizimining ishlash sifatini ta’minlash;
ishni yaxshilashni qisqa muddatli rejalarini va uzoq muddatli strategiyasini loyixalash va amalga oshirish;
xizmatlarni rag’batlantirish tizimini tashkil qilish.
Ayniqsa, boshqarish tizimini ishlash sifatini ta’minlash kabi yo’nalishni belgilash lozim. Sifatni boshqarish bo’yicha konsulьtantlar sifat va puxtalik bo’yicha xizmatlar kuch va resurslarni, muammolarni aniqlash va xatolarni to’g’rilashga katta e’tibor qaratishadi. Bu tizim xatolarga qaraydi va profilaktik tadbirlar, hamda, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan bo’limlar o’rnini inobatga olmaydi.
Sifat bo’yicha yetakchi konsulьtantlardan biri F. Krosbi rag’batlantirish tizimini muximligiga e’tibor qaratadi. Xodimlar xizmatlarini tan olish va ularni yuqori natijalarga intilishlarini rag’batlantirish, zamonaviy sifat menejmentining tarkibiy qismidir.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagigi operatsiyalar (ta’sirlar) dan iborat:
sifatni boshqarish dasturini ishlab chiqish va uni ko’tarilishini rejalashtirish;
mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi ixtiyoriy boshqariluvchi jarayon holati to’g’risida axborotni olish va taxlil qilish;
sifatni boshqarish bo’yicha natijalarni qabul qilish va ob’ektga boshqaruvchi ta’sirni tayyorlash;
boshqaruvchi ta’sirlarini berish;
boshqaruvchi ta’sirlar tomonidan kelib chiqqan, mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini o’zgarishi to’g’risida axborotni olish va taxlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarishning printsipial sxemasi 5.1.1- rasmda keltirilgan.
Mahsulot sifati to’g’risidagi ma’lumot bir nechta kanallar bo’yicha keladi (teskari bog’lanish). Printsipial sxemada ikkita asosiy kanal ko’rsatilgan:
birinchi kanal mahsulotni yaratish va tayyorlash darajasida ishlaydi (korxona-tayyorlovchida sifat nazorati);
ikkinchi kanal iste’mol sohasida joylashgan, mahsulot sifati to’g’risida ma’lumotni uzatadi.
Belgilangan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko’rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos buluvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o’z ichiga oluvchi ishlarning yig’indisisi mahsulot sifati darajasini baxolash deb ataladi. Mahsulot sifatining darajasini baxolash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo’linadi:
- foydalanishda sarflanadigan mahsulot;
- o’z resursini sarflaydigan mahsulot;
Mahsulot sifatining ko’rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobatga olgan xolda amalga oshiriladi:
- mahsulotni ishlatilishidagi sharoitlarni va vazifasini;
- iste’molchilar talablarining taxlilini;
- mahsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilshini;
- sifat ko’rsatkichlariga bo’lgan asosiy talablarni.
5.1.1- Rasm. Sifatni boshqarishning printsipial sxemasi
Mahsulotning amaldagi sifati to’g’risidagi ma’lumot sifatning rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan solishtiriladi. Bu omillarni texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiyga bo’lish mumkin.
Texnik omillarga texnologik jixozlar, asboblar, uskunalar va nazorat vositalarining holati, boshlang’ich materiallar, xomashyo va tarkibiy qismlarning sifati, texnik xujjatlarning holati va sifati va boshqalar kiradi.
Tashkiliy omillar guruxiga:
ishni reja davomiyligi va ritmliligi;
jixozlarning xizmat ko’rsatishi va ta’miri;
material, tarkibiy qismlar, uskunalar, asboblar, nazorat vositalari va texnik xujjatlar bilan ta’minlanganlik;
mehnatni ilmiy tashkil etish, ishda ovqatlanish, dam olishni rejalashtirish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy omillarga: mehnatga xaq to’lash shakli; oylikni kattaligi; yuqori sifatli mahsulot va ishga rag’batlantirish, brak mahsulot ishlab chiqarganligi uchun maoshidan ushlab qolish; mahsulot tannarxi va baxo, mahsulotning sifat darajasi va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy omillar guruxiga: kadrlarni tanlash, taqsimlash va ko’chirish; malaka oshirishini tashkil etish; ilmiy-texnik yangiliklarni yaratish, yashash-xujalik sharoitlari, jamoadagi o’zaro munosabatlar va psixologik iqlim va boshqalar kiradi.
Boshqaruvni ixtiyoriy tizimi, uning ishlashi bo’yicha samaradorligi aniqlanuvchi, boshqaruv kriteriyalariga ega. Bizning xolda mahsulot sifati, yuqorida aytilgandek, qo’llanilishiga mos ravishda ma’lum extiyojlarni qondiruvchi xossalar yig’indisi bilan harakterlanadi. Mahsulot sifatini boshqarish masalasidan kelib chiqib bu xossalarni boshqarish kriteriyalari qilib qabul qilish mumkin.
Ko’rsatilgan kriteriyalar texnik kategoriyalarga qaraydi va ulardan keng foydalaniladi. Lekin ular xususiy kriteriyalardir. Ularda sifatni yaxshilanishiga erishiladigan harajatlar baxosi yo’q. Busiz mahsulot sifatini boshqarish tizimining ishlash samaradorligini baxolash mumkin emas. SHuning uchun sifatni boshqarishda mahsulotning texnik va iqtisodiy xossalarini jamlovchi, kriteriyalardan foydalanish kerak.
Sifatning integral ko’rsatkichi deganda ekspluatatsiya qilishda yoki iste’mol qilishdagi foydali samarani uni tayyorlashga (ishlab chiqish va tayyorlash) va ishlatishdagi harajatlarga nisbati tushuniladi
,
bu yerda: E – mahsulotni ishlatishdagi foydali samara;
ZS – mahsulotni yaratishga ketgan harajatlar;
ZE – mahsulotni ishlatishga ketgan harajatlar.
Sifatning integral ko’rsatkichi ham, foydali xossalar o’sishi (E ni oshishi) ham, foydali xossalarni ko’rsatilgan o’sishiga sarflanadigan harajatlar kattaligiga (ZS=ZE ni oshishi) ga ta’sir etadi.
Odatda sifatning integral ko’rsatkichi vaqt o’tishi bilan oshadi, chunki xossalar mahsulotni texnik takomillashtirish va uning modifikatsiyasi yo’li bilan yaxshilanadi, harajatlar esa mahsulotni yaratish va ishlatishda mehnat maxsuldorligini o’sishi xisobiga pasayadi.
5.1.2 rasm. Harajatlarni mahsulot sifati darajasiga bog’liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: |