Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi



Download 2,77 Mb.
bet35/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

4.2. ISO 9000 seriyali standartlarning tarkibiy tuzilishi
ISO 9000 standarti, 9000 seriyali ISO standartlaridan qaysi birini tanlash va qanday qilib qo’llash bo’yicha yo’riqnomani o’z ichiga oladi. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari (“sifatni ta’minlash modellari” deb ham ataladi) mahsulot hayotiy tsiklining turli bosqichlari uchun mo’ljallangan, sifat tizimiga qo’yilgan me’yoriy talablardan iborat bo’lib, mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat tizimini baholashning, shu jumladan, bu tizimni sertifikatlashning me’yoriy bazasi xisoblanadi:
- ISO 9001. To’liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga texnik xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi;
- ISO 9002. Loyihalashtirishni o’z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni uchun, ya’ni, an’anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo’ljallangan sifat tizimi;
- ISO 9003. Faqat tayyor mahsulot nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (ishlab chiqarish jarayoni bunga kirmaydi) mo’ljallangan sifat tizimi, masalan: savdo tashkilotlari va vakolatxonalari;
ISO 9001 modeli eng umumiy bo’lib, boshqa ikki sifat modellarining ham talablarini o’z ichiga olgan. ISO 9004 standarti sifat tizimiga bo’lgan talablarni izohlovchi yo’riqnomalardan iborat bo’lib, korxonada sifat tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun mo’ljallangan.
SHuni ta’kidlash joizki, 9000 seriyali ISO standartlarini doimiy ravishda qayta ko’rib chiqilib yangilab borish talab etiladi. Birinchi marta ular 1994 yil iyul oyida qayta ko’rib chiqilgan. Standartlarga kiritilgan o’zgartirishlar 1987 yil standartlari tuzilishiga nisbatan asosiy yondoshuvlarga zid bo’lmagan va sifat tizimlari bo’yicha ilk standartlarni qo’llash borasidagi amaliy tajribani, hamda sifatni boshqarish sohasidagi taraqqiyotni aks ettirgan. Yanada kengaytirilgan 9004 (1,2,3,4) standartlarida esa, dasturiy mahsulotlar, ishlov beriladigan material va xizmatlarning sifatini ta’minlash masalalariga ko’proq e’tibor qaratilgan.
ISO 9000 seriyali standartlarining yangi tahriri 2000 yil 15 dekabrda rasman nashr etildi. Standartlar 4 ta asosiy to’plamdan iborat:

  1. ISO 9000:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug’at” – sifat menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi.

  2. ISO 9001:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” – sifat tizimlari uchun minimal zarur bo’lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida qo’llaniladi.

  3. ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar” - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimlarini yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalardan iborat.

  4. ISO 19011 “Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash bo’yicha yo’riqnomalar”.

Standartlarning avvalgilaridan farqi shundaki, endi SMTning talablari korxonalarning turi bo’yicha ajratilmaydi, avvalgi tahrirlardagi ISO 9001, 9002, 9003 standartlari yagona ISO 9001:2000 miqyosida jamlangan.
Standartlarning yangi tahriri sifatni tizimli boshqarishning TQM g’oyalariga yaqin bo’lgan 8 ta tamoyilga (Standartning avvalgi tahririni qo’llaganda, tizimda shu standartda nazarda tutilgan 20 ta element mavjudligini tekshirish zarur bo’lgan) asoslangan9. Ularni har birini qisqacha ko’rib chiqamiz:
Birinchi tamoyil: Iste’molchiga e’tiborni qaratish. Kompaniyaning muvaffaqiyatli ishlashi avvalo uning buyurtmachilariga bog’liqdir. SHu boisdan har qanday tadbirkorlik faoliyati bozorni tahlil qilish va mijozlarning ehtiyojini o’rganishdan boshlanishi kerak, ana shular asosida mahsulot loyihalashtiriladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi. SHu bilan birga, ideal variant - nafaqat buyurtmachilarning rasmiy talablarini bajarish, balki ularning istaklarini oldindan ko’ra bilishdir.
Iste’molchilarning talablari va tashkilot faoliyatidan manfaatdor bo’lgan boshqa tomonlar (aktsiyadorlar, ta’minotchilar, davlat organlari, butun jamiyat)ning ehtiyojlariga ham baravar yondoshuvni ta’minlash zarur.
Ikkinchi tamoyil: Yetakchilik. Bu tamoyilni shartli ravishda ikki tomonlama ko’rib chiqish mumkin. Bir tomondan, u bevosita tashkilot rahbarlariga qaratiladi, chunki ular kompaniyalarda sifatni yaxshilashga qaratilgan o’zgarishlarni amalga oshirishda juda muhim rolь o’ynaydilar.
Uchinchi tamoyil: Xodimlarni jalb qilish tamoyili; amalda har bir xodimning boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda muntazam ishtirok etishini bildiradi. Bunday imkoniyat kishilarda ijodiy mehnatga undaydigan mas’uliyat va ishtirokchilik hissini uyg’otadi, bu esa pirovard-natijada tashkilot samaradorligini oshiradi.
To’rtinchi tamoyil: Jarayonli yondoshuv. 2000 yil tahriridagi ISO 9000 standartlarining jami turkumlari uchun yangi muhim uslubiy o’zgarishlarning mohiyati shundan iboratki, har qanday ishlab chiqarish faoliyati bir jarayondir va bu jarayon turli resurslardan foydalanish va boshqaruv ta’siri orqali, kirish oqimlarini, chiqish oqimlariga aylantiradi. Korxona ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlashi va o’z mahsulotini yaratib, takomillashtirib, uning doimiy sifatini ta’minlab, bu jarayonlarni boshqarishi kerak.
O’zbekiston korxonalarida jarayonli yondashuvning qo’llanishi qator qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Bu sabablarning birinchisi – amaldagi boshqaruvning to’g’ri-funktsional tashkiliy tuzilmalarning jarayonli yondashuvga mos kelmasligi, avval aytilganidek, faoliyat differentsiyalashgan, yakuniy natijaga qaratilmagan. Ikkinchi sabab – yangi sharoitlarda ishlashga moslashtirilgan rahbariyat tarkibining to’la shakllanmaganligi.
Beshinchi tamoyil: Menejmentga tizimli yondoshuv. Bu tamoyil, tashkilotga o’zaro bog’liq jarayonlar yig’indisi sifatida qarashni talab etuvchi oldingi tamoyil bilan chambarchas bog’liq. Sifat masalalarining yalpi xususiyatini inobatga olib, qo’yilgan maqsadga erishishga qaratilgan jarayonlarni aniqlash, tushunish va boshqarish korxonaning samaradorligini oshiradi.
Oltinchi tamoyil: Doimiy takomillashuv tashkilotning asosiy maqsadi bo’lib qolishi kerak. Hozirgi sharoitda, bu tamoyilni amalga oshirmasdan, biznesda yetakchi o’rinlarga chiqish mumkin emas. Faoliyat muntazam takomillashib borsa, nafaqat raqobatdosh mavqe saqlab qolinadi, balki sekin-asta zararlarni kamaytirish va shunga mutanosib ravishda, daromadni ko’paytirish imkoni paydo bo’la boshlaydi.
Ettinchi tamoyil: Dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish. Haqiqiy ma’lumotlar va axborotga asoslanib qabul qilingan qarorlar samarali bo’ladi.
Sakkizinchi tamoyil: Ta’minotchilar bilan o’zaro manfaatli munosabatlar. Ta’minotchilar o’rtasida o’zaro manfaatli asosda yo’lga qo’yilgan munosabatlar har ikki tashkilotning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
ISO 9000 seriya standartlari mohiyatini ko’rsatuvchi uchta asosiy hususiyat mavjud:

  • kompaniya faoliyatining tayyor mahsulot sifatini ta’minlovchi asosiy yo’nalishlariga e’tibor berish;

  • faoliyatni tashkil etishga jiddiy yondoshish;

  • mahsulot hayotining barcha bosqichlarini qamrab olish.

Birinchi xususiyat sifat menejmentining yuqorida ko’rib chiqilgan sakkizta asosiy tamoyilida ifodalangan.
Ikkinchi xususiyat quyidagicha namoyon bo’ladi: standartlarda “klassik” olimlarning, mahsulotning sifati ishlarning muayyan ijrochilariga emas, balki ishlab chiqarishning umumiy tashkil etilishiga bog’liqligi to’g’risidagi fikrlari amalga oshgan. E.Deming taxminicha, sifat uchun kurashdagi muvaffaqiyatning 94% boshqaruvchilarga va faqatgina 6 % - ishchilarga bog’liq ekan. J.Juran o’zining mashhur 14 tamoyilida, mahsulot sifatidagi kamchiliklarning faqat 15% aynan ish jarayoniga bog’liqligini ko’rsatib o’tadi. Sifat nuqsonlarining qolgan 85% esa - ma’muriyat tomonidan ishlarning yomon tashkil etilishidan hosil bo’ladi deb ta’kidlagan.10
Uchinchi xususiya, ISO 9000 seriya standartlari negizidagi SMT, mahsulot hayotining bozor ehtiyojlarini aniqlashdan boshlab, to belgilangan talablarni to’liq qondirishgacha bo’lgan barcha bosqichlari hamda jarayonlariga ta’sir etadi. Bu mahsulotning oliy sifati va harajatlarning kamayishi garovidir. ISO 9000 standartlarining dastlabki tahrirlariga qiyoslaganda, mahsulot hayotining o’ziga xos bosqichlari (ilk nomi - “sifat halqasi”) 2000 yil tahririda to’ldirildi, aniqlashtirildi va kengaytirildi.
ISO 9000 seriya standartlar jahon iqtisodiyotida hamda bozor munosabatlarini joriy etish yo’nalishida rivojalanayotgan mamlakatlarda muhim rolь o’ynaydi. Ular ishbilarmonlar hamjamiyati uchun sifatning xalqaro umumqabul qilingan tilini shakllantiradi. Ya’ni, ISO 9000 standartlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va falsafasi, mamlakatlar o’rtasida mahsulot va xizmatlar ayirboshlashni osonlashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishni asosiy maqsad qilib olgan istalgan xalqaro standartlar falsafasiga mos keladi. ISO 9000 seriya standartlar muayyan mahsulotlar uchun belgilangan me’yoriy talablarning o’rnini bosa oladigan vosita sifatida, savdodagi texnik to’siqlarni bartaraf etishga yordam beradi.
ISO 9000 xalqaro standartlarida ko’pgina mamlakatlarning sifatni boshqarish borasidagi tajribasi to’planib, umumlashtirilgan. Bu hujjatlarning aniq va ravshanligi mazkur tajribani xalqaro miqyosda keng yoyilishiga olib keldi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish