Uy xo'jaliklari sektori. MHTda uy xo'jaligi alohida hisobot birligi sifatida institutsion birlik hisoblanadi. Uy xo'jaligi - o'z daromadlarini birgalikda tasarruf etuvchi alohida oila, yoki oilalar guruhi, yoki yakka xususiy shaxs bo'lishi mumkin. YA'ni, alohida institutsion birlik bo'lishning muhim sharti ularning topgan-tutgan moddiy yoki moliyaviy mablag'lariga birgalikda egalik qilishdadir.
O'zbekiston sharoitida, aksariyat hollarda bir uy(xonadon)da bir necha avlod birgalikda istiqomat qiladilar. Ular, bir necha oiladan iborat bo'lishi mumkin. Bu oilalar topgan-tutganlarini o'rtada birgalikda baham ko'rib, yagona ro'zg'or yuritsalar yoki xonadonda bir qozon qaynasa, ular bir uy xo'jaligi hisoblanadilar. Ular birgalikda tursalaru, lekin ro'zg'orlarini alohida-alohida yuritsalar yagona uy xo'jaligi hisoblanmaydilar.
Uy xo'jaligi sektori boshqa sektorlar orasida alohida mavqega ega. Bu sektor birliklari boshqa hamma iqtisodiyot sektorlariga ishchi kuchini yetkazib beradilar, ular ishlab chiqargan tovar va xizmatlarni iste'mol qiladilar. Bundan tashqari, bu sektor birliklari bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug'ullanadilar.
Uy xo'jaligini quyidagi kichik sektorlarga guruhlash mumkin:
-ish beruvchi uy xo'jaliklari;
-mustaqil faoliyat yurituvchi uy xo'jaliklari;
125
-yollanma ishchi-xodimlar uy xo'jaliklari;
-mulkdan daromad oluvchi uy xo'jaliklari;
-boshqalar.
Ish beruvchi uy xo'jaliklari quyi sektoriga uy xo'jaligi qoshida nokorporativ korxonalari bor va bu korxonalarda uy xo'jaligi a'zolaridan tashqari boshqa yollanma ishchi-xizmatchilarga ish beruvchi uy xo'jaliklarini kiritish mumkin.
Mustaqil faoliyat yurituvchi uy xo'jaliklari quyi sektoriga boshqa institutsion birliklarda yollanma mehnat bilan shug'ullanmaydigan uy xo'jaliklari kiradi.
Yollanma ishchi-xodimlar uy xo'jaliklari quyi sektoriga yashash uchun asosiy daromadlarini yollanma mehnat evaziga topadigan uy xo'jaliklarini kiritish mumkin.
Mulkdan daromad oluvchi uy xo'jaliklari quyi sektoriga yashash uchun asosiy mablag'larni o'zlariga tegishli aksiya, obligasiya, qimmatli qog'ozlardan va boshqa aktivlaridan daromad(dividend, foiz)lar oladigan uy xo'jaliklarini kiritish mumkin.
Har bir mamlakat uy xo'jaliklarining amaliyotdagi tarkibidan kelib chiqqan holda quyi sektorlar tasnifini ixtiyoriy ravishda qo'llash mumkin.
Tashqi dunyo. Biz yuqorida mamlakat iqtisodiyotida faoliyat yurituvchi institutsion birliklarni 5ta sektorga ajratdik. Bu institutsion birliklar o'z faoliyatlarida bu beshta sektorga kiruvchi birliklardan tashqari chet el rezident birliklari bilan ham operatsiyalar qiladilar. Chet el rezidentlari mamlakat rezidentlari uchun norezident birlik hisoblanadi. Rezident va norezident birliklar munosabatlarini yoritish va qulaylik uchun MHTda tashqi dunyo sektori kiritilgan.
Bu sektorga mamlakat rezident birliklari bilan operatsiyalar qiladigan barcha norezidentlar kiradi. Bu operatsiyalar tovar va xizmatlar, aktiv va passivlar, investitsiyalar va kreditlar, daromadlar va trasfertlar ayirboshlash ko'rinishida bo'lishi mumkin. Norezident birliklar mamlakat ichkarisida bo'lishi mumkin. Masalan, mamlakat xudida joylashgan chet el elchixonalari, harbiy bazalar, chet ellik turistlar, studentlar, artistlar, sportchilar, davolanishga kelganlar va h.k.
O'zbekiston statistika amaliyotida tarmoqlararo balans joriy qilish muammolari.
Institutsion birliklarni tarmoqlar va sektorlarga guruhlashdaayrim chegaralash muammolariga duch kelish mumkin. Ularning ayrimlari to'g'risida mulohazalar bildirib o'tamiz.
Ish joylarini, binolarni boshqa birliklarga vaqtinchalik berib turish, tashqaridan qaraganda, o'z mulkini berib undan daromad olinayotganday ko'rinadi. Aslida, bu mulkka egalik huquqi egasida qoladi. Uni oluvchi vaqtinchalik foydalanish huquqiga egaxolos. Mulk egasi mulkini ijaraga berayapti xolos. Shu sababli, bu faoliyat ishlab chiqarish sifatida ijaraxizmati hisoblanadi. Bu o'rinda, uyni ijaraga berish bilan mehmonxonaxizmati o'rtasida farq yo'qligini eslash kifoya.
126
Korxonalar turlicha nomlanishi mumkin. Ularning nomlariga qarab, ularning qaysi sektorga tegishli ekanliklarini bilish oson emas. Masalan, davlat korxonalari, qo'shma korxonalar, birlashmalar, ma'suliyati cheklangan korxonalar, xususiy korxonalar vah.k. Sektorlarga guruhlashda korxonalarning nomlariga qarab emas, avvalo ularning oldilariga qo'ygan maqsadlariga, bu maqsadlarga qanday erishayotganliklariga va o'z faoliyatlarini yuritish uchun mablag'larni qaysi manbalardan olayotganliklariga e'tiborni qaratish zarur. Ayrim hollarda, korxona bir vaqtning o'zida bajarayotgan vazifalariga, o'zini tutishiga ko'ra turli sektorlarga tegishli belgilarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, davlat tasarrufidagi va nazoratidagi diagnostika markazi bir vaqtning o'zida bozor va nobozor xizmati ko'rsatadi. Bu markaz aholining ma'lum bir guruhlariga bepul va qolganlarga pulli xizmat ko'rsatadi. Mos ravishda davlat byudjetidan va pulli xizmatdan tushgan mablag' evaziga faoliyatini yuritadi. Bu markaz qaysi sektorga taalluqli? - degan savol tug'iladi. Bunday muammo davlatga, uy xo'jaliklariga va chet el rezidentlariga qarashli korxonalarda ham ko'plab uchraydi. Shu sababli, ikki sektorga moyil bunday korxonalarni shartli ravishda ikki institutsional birlikkaajratiladi. Shartli ravishda hosil bo'lgan korxona - kvazikorxona(kvazikorporatsiya) deb ataladi. Hosil bo'lgan bu ikki korxona mos ravishda sektorlarga kiritiladi. Keltirilgan misoldagi diagnostika markazini ikkiga bo'linadi. Birinchisi, davlat boshqaruv idoralari sektoriga kiruvchi korxona, korxonaning nobozor xizmati ko'rsatadigan qismi. Ikkinchisi, - pulli xizmat ko'rsatuvchi qismi shartli ravishda hosil bo'lgan kvazikorxona nomoliya korxonalar sektoriga kiritiladi.
Chet el korxonalarining bizning mamlakatdagi bo'linmalari, filiallari, vakolatxonalari mustaqil korxona hisoblanmasada, ularning faoliyatlari mustaqil korxonalarnikiga o'xshash va iqtisodiy faoliyatlari chegarasida mustaqil bo'lishlari mumkin. Ular mamlakatda uzoq vaqt iqtisodiy faoliyat yuritish maqsadini ko'zlab tashkil qilingan va ularning milliy iqtisodiyotga qo'shayotgan hissalari katta bo'lishi mumkin. Shu sababli, ularni rezident birlik sifatida kvazikorxona hisoblab, ichki iqtisodiyot sektorlari tarkibiga kiritish mumkin. Bunday kvazikorxonalarga mamlakatda uzoq muddat davomida faoliyat ko'rsatayotgan chet el korxonalarining qurilish brigadalarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Uy xo'jaliklari tasarrufida va nazoratida bo'lgan nokorporativ korxonalarning ayrimlari faoliyat yuritishlari va o'zlarini tutishlariga ko'ra ko'proq nomoliya korxonalar sektoriga qarashli xususiy korxonalarga o'xshaydi. Shu sababli, ularni ham kvazikorxona sifatida nomoliya sektoriga kiritish mumkin. Bunga, uy xo'jaligi tomonidan litsenziya asosida tashkil qilingan va tashqaridan yollanma ishchi-xizmatchilar jalb etilgan nonvoyxona, oshxona, qurilish brigadalarini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |