Moliya tashkilotlari sektori. Bu sektorga moliyaviy vositachilik yoki unga bog'liq bo'lgan yordamchi moliyaviy faoliyat bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar kiradi. Ularning asosiy vazifasi institutsion birliklardagi bo'sh moliya resurslarini yig'ib, boshqa institutsion birliklarga kreditlar berish, turli xil fondlarni tashkil qilish hamda sug'urta faoliyatidan iborat. Bu sektorga markaziy bank, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va har xil fondlar kiradi.
Moliyaviy vositachilik deganda - institutsion birlikning o'ziga moliyaviy majburiyatlar olish evaziga moliya bozorida aktivlarga ega bo'lish maqsadidagi faoliyati tushuniladi. Moliya vositachilarining asosiy vazifasi qarz beruvchilardan mablag'larini kelishilgan majburiyat evaziga olib, boshqa institutsion birliklar (qarz oluvchilar)ni moliya resurslariga bo'lgan talabini qondirishdan iborat. Vositachi qarz oluvchidan xizmati evaziga ustama foizlar oladi. Vositachilar o'z faoliyatlarida aholi, korxona va tashkilotlarning bo'sh mablag'larini jamlaydilar, ularni moliya bozorida taqsimlaydilar va qayta taqsimlaydilar. Bundan tashqari, ular o'z hisobidan (o'zlariga majburiyat olgan holda) veksellar, obligasiya va qimmatbaho qog'ozlar chiqarish va sotish natijasida moliya resurslariga ega bo'ladilar. Bu resurslardan moliya bozorida yangi aktivlarga ega bo'lishda foydalanadilar.
39Bozor bahosi deganda har doim ham dunyo bozoridagi narxlarni tushunish kerak emas. Bozor bahosi tovarning operasiya bo'layotgan joydagi talab va taklifdan kelib chiqqan narxi bo'ladi. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida meva narxi 30-50 sent, Evropada 1-1,5 AQSH dollari bo'lishi mumkin. Ikkala baho ham bozor bahosi hisoblanadi.
123
Bu sektorga kiruvchi banklar, sug'urta va boshqa moliya tashkilotlari tashkiliy strukturasiga ko'ra korporativ yoki nokorporativ bo'lishi mumkin. Ular davlat va nodavlat tashkilotlari hamda xususiy shaxslar tomonidan tashkil qilingan bo'lishi mumkin. Ularni kichik sektorlarga bo'lish har bir kichik sektorning rivojlanish tendensiyalarini o'rganishga imkon beradi. Odatda Markaziy bank, oldiga qo'yilgan vazifalarga ko'ra boshqa moliya tashkilotlaridan tubdan farq qiladi. Uning asosiy vazifasi iqtisodiyotni pul bilan ta'minlash, pul massasini muqobilligini ta'minlagan holda inflyatsiyani oldini olishdan iborat. Bundan tashqari, Markaziy bank mamlakatning oltin va valyuta zaxiralarini saqlaydi va boshqaradi, xalqaro moliya tashkilotlari bilan mamlakat nomidan hamkorlik qiladi. Mamlakatda pul-kredit siyosatini yuritadi.
Tijorat banklari o'z mablag'lari va boshqa sektorlarning bo'sh mablag'larini yig'ib, institutsion birliklar talabiga muvofiq ularga kreditlar beradi. Bu banklar moliya mablag'larini olayotgan va berayotganda olinadigan va beriladigan foizlardan hosil bo'ladigan mablag'lar evaziga faoliyat yuritadilar.
Sug'urta tashkilotlari iqtisodiyotning turli sohalarida iqtisodiyot bilan bog'liq ko'zda tutilmagan yo'qotishlarni sug'urta qiladilar. Ular faoliyatlarini sug'urta badallari va bo'sh mablag'larini investitsiya qilishdan tushgan mablag' evaziga yuritadilar.
Bu sektorga, yuqorida keltirilganlardan tashqari, investitsiya, nafaqa va turli xil jamg'arish fodlari ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |