MBO' = YAMJ - AKI +KTS;
116
12-MAVZU. TARMOQLARARO BALANS
Reja:
Tarmoqlararo balans mohiyati va ahamiyati.
Tarmoqlararo balans tuzilishi.
Tarmoqlararo balansko'rsatkichlari.
Tarmoqlararo balansko'rsatkichlarini baholash usullari.
Tarmoqlararo balansasosiy tenglamasi.
Tarmoqlararo balanstuzish yo'llari. 7.O'zbekiston statistika amaliyotidatarmoqlararo balansjoriy qilish muammolari.
Tarmoqlararo balans mohiyati va ahamiyati.
Mamlakat iqtisodiyotida minglab institutsion birliklar faoliyat ko'rsatadilar. Ularning faoliyat turlari ham xilma-xil. Ularning ma'lum bir davrdagi faoliyat natijalarini qog'ozga tushiradigan bo'lsak, bir necha tomdan iborat kitoblar hosil bo'ladi. Bu kitoblarni o'qib chiqish bilan mamlakat iqtisodiyoti to'g'risida tasavvurga ega bo'lish qiyin. Bundan tashqari, bozor munosabatlari shakllangan iqtisodiyotda har bir korxonaning iqtisodiyotini bilish va uni boshqarish zarurati ham, imkoniyati ham yo'q. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchi birliklarning soni, tarkibi va faoliyat turlari juda tez o'zgarib turadi. MHTning yuzaga kelishi tarixini eslasak, uning asosiy maqsadi mamlakatda (korxonalarda emas) kechayotgan iqtisodiy jarayonlarni holatini bilish va bu axborotlarga tayangan holda kelajakda bo'lishi mumkin bo'lgan iqtisodiy jarayonlardan boxabar qilishga imkon yaratadigan axborot bazasini qurishdir. Mamlakatning asosiy iqtisodiy bazasini tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish tashkil qiladi. Shu sababli, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularning qanchalik darajada mamlakatning iste'mol talablarini qondirayotganligini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarlar va xizmatlar turli institutsion birliklar tomonidan ishlab chiqiladi. Ma'lum bir sifatga ega bo'lgan tovarni qaerda ishlab chiqarishdan qat'iy nazar, hamma erda ham, uni ishlab chiqarish texnologiyasi, sarf xarajatlari, uni ishlab chiqarishdan olinadigan naf ham tahminan bir-biriga yaqin. Tovar va xizmat ma'lum bir iqtisodiy faoliyat turi mahsuli bo'lganligi uchun, iqtisodiyotda mavjud faoliyat turlarini o'rganish orqali mamlakatda bo'layotgan iqtisodiy jarayonlarni bilish mumkin.
Institutsion birliklar bir-birlariga, bir tomondan, o'zlarining faoliyat turlari bilan o'xshash bo'lsalar, ikkinchi tomondan, ular oldilariga qo'ygan maqsadlari, vazifalari va bu maqsadlarni qanday amalga oshirishlariga qarab ham bir-birlariga o'xshaydilar. SHu sababli, tarmoq va sektorlar tasniflaridan amaliyotda foydalanish iqtisodiyotni o'rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Tarmoq tasnifining qulayligi, shu tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalarni alohida-alohida o'rganish o'rniga, yirik-yirik faoliyat turlarini o'rganish bilan
117
kifoyalanish imkonini beradi. Bu bir tomondan, iqtisodiy tahlilni soddalashtirsa, ikkinchi tomondan, tarmoqlararo iqtisodiy munosabatlarni o'zgarish tendensiyalarini o'rganish orqali mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holatini bilish imkonini beradi. Tarmoqlararo hisobotlar kelajak uchun iqtisodiy rivojlanishning dasturlarini tuzishda va asoslashda axborot bazasi bo'lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning holatini tahlil qilishda sektor tasnifining ahamiyati juda katta. Bu tasnif orqali mamlakatda qanday jamiyat qurilganligini va kelajakka belgilangan iqtisodiy va sotsial siyosatning natijalarini bashorat qilish mumkin. Iqtisodiyot sektorlarining ishlab chiqarish, daromad, investitsiya ko'rsatkichlarini tahlil qilish va sektorlararo daromadlarni taqsimot jarayonlarini kuzatish orqali mamlakat iqtisodiyoti rivojiga salbiy yoki ijobiy ta'sir etuvchi holatlarni bilish mumkin.
Tarmoqlararo balans tuzilishi.
Institutsion birliklar ishlab chiqarish faoliyatining o'xshashligi yoki bir xilligiga qarab tarmoqlarga guruhlanadilar. Tarmoqlarga guruhlash natijasida iqtisodiy jarayonlarni ixcham va sodda holda ifodalash mumkin. Mamlakat miqyosida yagona tarmoq tasnifini tatbiq etilishi korxonadan to yirik tarmoqlar va milliy iqtisodiyot darajasigacha yagona axborot tizimini ishlab chiqishga, hamda iqtisodiyotni boshqarishda yoki yo'naltirishda tarmoqlarga xos umumiy jihatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siyosat yuritishga imkon yaratadi.
XX-asrning oxirlariga qadar dunyoda ikkita tarmoq tasnifi amaliyotda qo'llanib kelindi. Buning birinchisi, XXB tizimida ishlatib kelingan tarmoq tasnifi bo'lsa, ikkinchisi, MHT tizimida ishlatilayotgan Xalqaro tarmoq tasnifidir (XTT). Bu ikkala tarmoq tasniflari bir-biriga juda o'xshash. Bu tasniflarning bir-biridan farqi, ularning ikki iqtisodiy nazariyaga asoslangan tizimlarga xosligidan kelib chiqadi. Quyida, bu ikkala tarmoq tasniflarining eng yirik tarmoqlarini keltiramiz (5.1-jadval).
Dunyo miqyosida XTTni yuzaga kelishi nafaqat alohida olingan mamlakat, balki mamlakatlararo iqtisodiy va sotsial muammolarni bilishga va ularni bartaraf qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, shu tasnif asosida dunyo miqyosida oziq-ovqat, yoqilg'i va boshqa shu kabi mahsulotlarga talab va taklif o'rtasidagi munosabatni o'rganish, ular o'rtasidagi muvozanatni ta'minlashga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish, dunyo miqyosida bo'lishi mumkin bo'lgan inqirozlarni (don, neft' mahsulotlari etishmovchiligi) oldini olish mumkin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |