Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisod kafedrasi milliy hisoblar tizimi


O'zbеkistоnning tаshqi dunyo tоvаrlаr vа хizmаtlаr schyoti



Download 271,55 Kb.
bet44/54
Sana25.02.2022
Hajmi271,55 Kb.
#464031
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
Курс иши

O'zbеkistоnning tаshqi dunyo tоvаrlаr vа хizmаtlаr schyoti

XII. Ishlatilishi

Resurslar

A. O'zbekistonning tashqi dunyoga eksporti, ja'mi shu jumladan:

  • tovarlareksporti

  • xizmatlareksporti

V.O'zbekistonning tashqi dunyodan importi, ja'mi shu jumladan:
-tovarlarimporti
-xizmatlarimporti

S. Tovarlar va xizmatlar saldosi (S=V-A)





Tovarlar eksporti va importi FOB (chegara) baholarida hisoblanadi (1 sharxga qarang). Bunday baholash usulini amalda qo'llash savdo balansini va xizmatlar balansini27 to'g'ri baholashga imkon beradi. Bu ko'rsatkichlar orqali, biz mamlakatdan chiqib ketayotgan (yoki kirib kelayotgan) tovarlarning va xizmatlarning haqiqiy miqdorini aniqlay olamiz.
Schyotning tоvаrlаr vа хizmаtlаr sаldоsi ko'rsatkichi schyotning resurs tomonida keltirilgan ko'rsatkichlar yig'indisidan ishlatilishi tomonidagisini ayirish orqali topiladi. Bu ko'rsatkich mazmuniga ko'ra, tovarlar va xizmatlar ayirboshlash operatsiyalari bo'yicha O'zbekiston rezident institutsion birliklarining norezidentlardan olgan yoki bergan sof iqtisodiy qiymatlari hajmini ifodalaydi. Tovarlar va xizmatlar saldosining musbat ishorali bo'lishi tashqi dunyoning O'zbekistondan (tovarlar va xizmatlar ko'rinishida) olgan sof resurslari miqdorini bildiradi, aks holda esa, tashqi dunyoning O'zbekistonga bergan resurslarning sof miqdorini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, saldoning musbat bo'lishi tashqi dunyo uchun aktiv (ijobiy) saldo hisoblanadi, rezident mamlakat (O'zbekiston) uchun esa passiv (salbiy) saldo hisoblanadi. Agarda saldo manfiy bo'lsa teskarisi bo'ladi.


27 MHTda savdo balansi deganda tovarlar eksporti va importi sal'dosi tushuniladi. Xizmatlar balansi deganda esa, xizmatlar eksporti va importi sal'dosi tushuniladi. Sal'doni topish uchun eksportdan import ayiriladi.


105




Schyotni tuzishda har bir mamlakat axborotga bo'lgan o'z ehtiyojidan kelib chiqqan holda eksport va import operatsiyalarini mamlakatda qabul qilingan tovarlar va xizmatlar tasnifi asosida qayd etadi. Schyot ko'rsatkichlari milliy valyuta birligi «so'm»da qayd etiladi.
O'zbekistonda amalda bo'lgan TIF statistikasi tizimi axborot bazasi «tashqi dunyo» tovarlar va xizmatlar schyotini amalda bo'lgan TIF tovarlar ro'yxati (TIFTR) va xizmatlar ro'yxati (TIFXR) bo'yicha tuzish imkonini yaratadi. Statistika amaliyotida bu tasniflarga asosan qayd etiladigan tovarlar va xizmatlar soni juda ko'p bo'lganligi uchun, tovar va xizmatlarni guruhlangan holda qayd etish tavsiya etiladi. Bu guruhlashda tovar yoki xizmatning turi eksport yoki import miqdoridagi salmog'iga qarab, katta ulushga ega bo'lgan tovar yoki xizmatlar (yoki ularning guruhlari) turlari tanlab olinishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'zbekistonning Tashqi dunyo tovarlar va xizmatlar schyotini tuzishda 2- sharhda keltirilgan tovarlar va xizmatlar tasnifidan foydalanish tavsiya etiladi. Bu tasnif O'zbekistonning oxirgi besh yildagi tovarlar eksporti va importi hajmlari tarkibini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan.
Bu tasniflarda keltirilgan alohida tovarlar va ularning guruhlari O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida muhim o'rin tutadi. Jumladan, eksport va import hajmlarida tasnifda keltirilgan tovarlarning ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, 2010 yilda umumiy eksportda paxta va undan tayyorlangan mahsulotlarning ulushi 14,7 foizni (shundan paxta tolasi 11,3%), energetika va yoqilg'i mahsulotlari 24,8 foizni, mashina va uskunalar 5,5 foizni, qora va rangli metal va ulardan tayyorlangan mahsulotlar ulushi 6,8 foizni, oziq-ovqatlar 9,72 foizni va ximiya mahsulotlari 5,1 foizni tashkil qilgan.
Tovarlar importida iqtisodiyotni yanada rivojlanishiga turtki bo'ladigan va asosiy vosita hamda butlovchi material sifatida mamlakatga kirib kelayotgan mashina va uskunalarning (44,1%), qora metal va undan tayyorlangan mahsulotlarning (8,4%) hamda ximiya mahsulotlarining (5,9%) ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakatimizda iste'mol tovarlarini ko'paytirishga qaratilgan tadbirlar natijasida oziq-ovqat tovarlarining ulushi (2010 yilda 10,9%, 1998 yilda 14.9% bo'lgan) yildan yilga kamayib bormoqda.
O'zbekistonda xizmatlar eksportida transport, kommunikasiya va turizm xizmatlarining ulushi katta miqdorni tashkil qiladi. Importda esa transport, kommunikasiya, moliya va sug'urta xizmatlari ulushi boshqa xizmat turlariga nisbatan yuqori bo'lgan. 2010 yilda umumiy eksportda xizmatlar ulushi 9.1 foizni, importda esa - 4.7 foizni tashkil qilgan.
Schyot ko'rsatkichlarining bu tasnif orqali berilishi tashqi iqtisodiy faoliyatda bo'layotgan jarayonlarni qanday kechayotganligini bilishga, ularning dinamikada rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilishga va bu sohada mavjud kamchiliklarni aniqlashga imkon yaratadi.


106





  1. Tashqi birlamchi daromadlar va joriy transfertlar hisoblamasi va uning ko'rsatkichlari.

Bu schyotda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish natijasida yaratilgan daromadlarning tashqi dunyo va ichki iqtisodiyot sektorlari o'rtasida birlamchi daromad sifatida taqsimlanishi jarayoni ko'rsatiladi. Birlamchi daromad deganda rezident va norezident institutsion birliklarning ishlab chiqarishda qatnashganliklari va ishlab chiqarishda o'z aktivlarini ishlatganliklari uchun olishlari lozim bo'lgan daromadlar tushuniladi. Birlamchi daromadlar bilan bog'liq ta'rif va tushunchalar 3- sharhda keltirilgan.
Mamlakatda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida rezident institutsion birliklar bilan bir qatorda norezident institutsion birliklar qatnashishi mumkin. Shu sababli, ichki iqtisodiyot sektorlari - rezidentlar bilan bir qatorda tashqi dunyo sektori - norezidentlar ham tegishli ravishda birlamchi daromadlarga ega bo'ladilar.
Tashqi dunyo sektori va mamlakat ichki iqtisodiyot sektorlari o'rtasida birlamchi daromad sifatida mehnat haqi, bevosita ishlab chiqarish uchun soliqlar va subsidiyalar hamda mulk uchun daromadlar ayirboshlanishi mumkin. Bu ayirboshlashuv operatsiyalari natijalari tashqi dunyo birlamchi daromadlar taqsimoti schyotida qayd etiladi.
Schyotning umumiy tuzilish sxemasi quyidagicha:



Download 271,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish