Tur- muаyyan yo’nаlish bo’yichа turistik хizmаtlаr mаjmui bilаn tа’minlаngаn аniq muddаtlаrdаgi turistik sаyohаt
Turistik mahsulotlar-turistik хizmаtlаr, ishlаr va tоvаrlаr
Turistik хizmаtlаr- turistik fаоliyat subyеktlаrining jоylаshtirish, оvqаtlаntirish, trаnspоrt, ахbоrоt-rеklаmа хizmаtlаrini ko’rsаtish bоrаsidаgi turistlаrning ehtiyojlаrini qоndirishgа qаrаtilgаn хizmаtlаr
Sayohatchi-odamlarning kasbi yoki kun ko‘rish manbai, yoki sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanadigan kasb turi
Turist-O‘zbekiston Respublikasining hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi jismoniy shaxs
Turizm sohasining tasniflanishi-zamonaviy turizmning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish
Ekoturizm-ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog‘liq majmualar yig‘indisi
Diniy turizm-ziyorat qilish maqsadidagi ommaviy rivojlangan sayohat
Turistik rеsurslar-tеgishli hududning tabiiy-iqlim, sоg’lоmlashtirish, tariхiy-madaniy, ma’rifiy va ijtimоiy-maishiy оbyеktlar majmui
Tabiat yodgorliklari-o’zining noyobligi bilan ajralib turuvchi va madaniy qiymatga ega bo’lgan yodgorliklar
Arxeologik joylar- muhim arxeologik joylar yoki yodgorlik, binolar
Turistlar oqimi- Turistlarning shaxsiy maqsadlarini qondirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga tashrif buyurishi
Pansion-dam olish uyining turi yoki kurortda dam oluvchilar mehmonxonasi
Ovqatlanishning turlari-ertalabki nonushta, yarim pansion va to‘liq pansion asosida doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish
Restoran-o‘z nomiga ega bo‘lgan, iste’molchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli taomlar, kulinariya mahsulotlarining keng assortimenti hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi
Oshxona-umumiy ovqatlanish korxonalari orasida oshxonalar eng keng tarqalgan umumiy ovqatlanish joyi
Ekskursant-tunab qolmaydigan va ekskursiya marshrutida 24 soatdan ko‘p bo‘lmaydigan shaxsning sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, qiziqish, ko‘rish, bilish, tanishish yoki boshqa maqsadlarda sayohatga chiquvchi shaxs
Gid-sayrbon, boshlovchi, turistik ekskursiya byurosi rasmiy vakili, turistlar va sayohatchilar u yoki bu madaniy-tarixiy yodgorliklarni ko’rsatadigan, tarixini so’zlab bеradigan, shahar yoki rеgionning tabiiy va madaniy diqqatga sazovor joylari bilan tanishtiradigan kishi
Turto‘plam-iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami
Turistik industriya-turistik fаоliyatning turistlаrgа хizmаt ko’rsаtishni tа’minlоvchi turli subyеktlаri mаjmuasi
Turoperator-tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini sotishga taklif etuvchi, uni tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorining faol subyekti
Vaucher-insonning maqomi, xizmatlarga haq to’langanligi yoki haq to’lashni kafolatlashni tasdiqlovchi va turistlar tomonidan tegishli xizmatlarga ega bo’lish uchun asos bo’luvchi hujjat
Gastronomiya turizmi- maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish, kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan ta’tib ko‘rish
Mahalliy oshxona-har bir xalqning urf-odatlari, tarixiy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlarinii aks ettiradigan pazandachilik
Milliy parklar-tabiiy landshaftni har taraflama muhofaza qiluvchi va dunyoning ko‘plab davlatlari ekoturizmda foydalanayotgan, biri-birini quvvatlab kelayotgan tabiiy majmualar
Tabiiy boyliklar-bu inson qo’li bilan emas balki tabbiy holda asrlar davomida paydo bo’lgan yer osti va usti boyliklari
O’rmon zonalari-Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial, tropik, subtropik va mo’tadil mintaqalarining tabiiy landshaftida turli tipdagi o’rmonlar asosiy o’rinni egallagan geografik zonalar
Mehmonxona-turar joylarda mehmon uchun moʻljallab alohida qurilgan katta xona. Oʻrta Osiyo xalqlarida u qadimdan mavjud boʻlib, odatda, tashqi hovlida eng qulay joyda 2 xona qilib qurilgan
Kurort-o’z sig’imi bo’yicha mehmondorchilikni to’liq xizmatlar to’plamini taklif etish bilan ajralib turadigan korxona. Bundan tashqari, bu yerda parhez taomlar va maxsus tibbiy xizmat ko’rsatish kompleksini olish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |